OV O’YUNLARI
(“Devoni lug’ati(t) turk”dagi tizmalardan)
Ko’klar1 qamug’ tuzuldi
Ivriq2 izish3 tizildi
Sansiz o’zim4 uzaldi5
Kalgil amul6 o’ynalim
O’zbekchasi: Cholg’ilarning barchasi tuzuldi (mizrob etildi)
Surahlar, qadahlar (ichkilik idishlari) tizildi
Jonim sensiz kutush qiynog’ig’a tutulgan
Kel, tinchgina o’ynab olayliq.
Ayrim so’zlari: 1. Ko’k - kuy, nag’ma, cholg’i. 2. Ivriq — may idishi. Arabchada oftobag’a “ibriq” deyiladir. 3. Izish - idish 4. Uz — jon. 5. Uzalmak - qiynalmoq. 6. Amul - tinch.
2.Ivriq1 bashi qazlayu
Sag’raq2 to’lu ko’zlayu3
Soqinch4 quzi5 gazlayu
Tun-kun bila savnalim
O’zbekchasi: Ichki idishiningboshi siz bo’yinig’a,
Tubi yosh to’la ko’ziga o’xshaydir
Kelingiz, qayg’ularni quyida yoshirib
Kechasi-kunduzi bilan sevinaylik, shodliq qilayliq.
Ayrim so’zlari: 1. Ivriq - oftoba, qumg’on, arabcha “ibriq”ning o’zgarganidir. 2. Sag’raq - idish tubi. 3. Ko’zlamak - ko’zlashmak, ko’zga aylanmak. 4. Soqinch – qayg’u. 5. Kuzi - kuyi.
O’ttuz ijib1 qiqralim2
Yo’qar qo’yub sakrali
Arslonlayu ko’kralim
Qochti soqinch – savnalim
O’zbekchasi: Uchar piyoladan ichaylik
Yuqori ko’tarilib sakraylik
Arslonlanib na’ralar tortayliq
Qayg’ular qochti, sevinaylik.
Ayrim so’zlari: 1. O’ttuz ij(ch)mak - Mahmud Koshg’ariy ba’zi turk qabilalari orasida yashaganda ularning “o’ttuz ichaylik” deb uchar piyolalardan ichkanlarin ko’rgan. 2. Qiyqirmoq — qichqirmoq.
Yigitlarik ishlatu
Yig’och, yamish irg’atu1
Qulan kayik ovlatu
Bozram2 qilib ovnalim3
O’zbekchasi: Yigitlarni ishga solayliq
Yog’ochlardan mevalar qoqtirayliq
Kulonlar, kiyiklar ovlatayliq
Qisqasi, bayram qilib o’zimizni ovutayliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |