Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet7/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Ayrim so’zlari: 1.Irg’itmoq — qoqtirmoq. 2.Bozram - bayram. 3.Ovnalim - ?


5.Jog’ri1 berib qushlatu2
Tayg’on”3 izib4 tishlatu
Tilki to’ngg’uz toshlatu
Ardam bila uklalim5


O’zbekchasi: U yigitlarga ov qushlarini berib qush oviga yuborayliq,
Tulkilar, to’ng’izlarni tosh bilan urub ketlaridan
ov ko’ppaklarimizni yuborib tishlataylik.
O’zimizning yaxshi ishlarimiz bilan maxtanaylik


Ayrim so’zlari: 1. Jog’ri - bir ov qushi. 2. Qushlatmoq - qush ovlatmoq. 3. Tayg’on - ov ko’ppagi. 4. Izmak – bo’shatmoq, jo’natmoq. 5. She’rning ma’nosi ham qofiyasi buning “uknalim” bo’lishini talab qiladirkim: maxtanaylik demakdir.


6.Tusun1 munub2 sakratsun
Asizligin amratsun3
Itka kayik qaytaritsun
Yatmish4 sani umnalim5


O’zbekchasi: Sho’x, sarkash otlarni yigitlarimiz sakratib
Ulardaki sho’xliq, yomonliqlarni kamaytirsunlar.
Itlarga kiyiklarni qaytartib tuta bersunlar,
Biz ov sonining yetmishka borishini umidlab turayliq


Ayrim so’zlari: 1. Tusun - sho’x, o’ynoq, yosh ot. 2. Munmak - minmak. Amratmak - sekinlatmak, yavoshlatmoq. 4. Bosma nusxada bu so’z juda chatoq yozilgan, “tutmish”da, “yetmish”da o’qimoq mumkindir. Tas’hihchi tomonidan qo’yulg’an shubha alomati buning qo’lyozmada ham shunday yozilganin ko’rsatadir. Mahmud Koshg’ariyning arabcha tarjimasidan buning ’’tutmish” ekani anglashiladir. Shu holda “soni” so’zi sonmoqdan hol fe’li bo’ladir-da, bu misraga “itlar kiyiklarni tutmish sanab (farz qilib) umidlana turayliq” deb ma’ni berish kerak bo’ladir. Biroq yuqorilarda necha yo’la ko’rulg’an ishlatu, irg’atu, qushlatu kabi hol fe’llari buning ham “sonu” bo’lishini talab qiladir. Bunda esa “soni” yozilgani uchun buni “son” ma’nosida olib “yetmish soni” deb o’qimoq ehtimoli kuchaygan bo’ladir. 5. Umnalim - ?



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling