Xyemogyen oxaktoshlar dengiz suvlaridagi eritmalardan kaltsit mineralining cho`kishidan hosil bo`ladi. Bularga asosan oxaktoshli tuf va oolitli oxaktoshlar kiradi. Oxaktoshli tuflar kaltsiy karbonatga boy bo`lgan yer osti suvlarining yon bag`irliklardan yer yuzasiga oqib chiqadigan joylaridan to`planadigan serg`ovak jinslardir. Quruq xoldagi mustaxkamligi 80MPa. Oolitli oxaktoshlar kaltsit minerali mayda zarachalarining kaltsiyli tsement bilan mustaxkamlanishidan tarkib topadi. Bunday oxaktoshlar dengiz tublarida hosil bo`lib, qat-qat yotadi. Mustaxkamligi 16 -20 MPa. haqiq ohaktoshlar turli tarkibli ohaktosh bo`laklarining kaltsiyli tsement bilan mustahkamlanishidan hosil bo`lib, hosil bulishiga ko`ra ikkilamchi jins hisoblanadi. Aralash ohaktoshlar dengiz va ko`l to`blarida keng tarkalgan bo`lib, organogen, hemeogen va chakik ohaktoshlardan hosil bo`ladi. bularga mergel misol bo`la oladi. Mergel tarkibi doimiy bo`lmagan ohak va gildan iborat jinsdir. Temirli jinslar yoki ferrolitlar. Tarkibida temir moddasi ko`p bo`lgan bu jinslar loyqa-ko`lchalardan hosil bo`ladi. bu guruhga turli temir rudalari, jumladan, temir tufi, botqoqlik rudalari, siderit konkretsiyalari kabi cho`kindi jinslar kiradi. Temir tufi limonit, fosfor marganets tuzi birikmasidan iborat, rangi sari-qo`ngir, teksturasi asosan govak bo`lib, dengiz hamda ko`llarga temir gidroksidlarining cho`kishidan hosil bo`ladi. - Temirli jinslar yoki ferrolitlar. Tarkibida temir moddasi ko`p bo`lgan bu jinslar loyqa-ko`lchalardan hosil bo`ladi. bu guruhga turli temir rudalari, jumladan, temir tufi, botqoqlik rudalari, siderit konkretsiyalari kabi cho`kindi jinslar kiradi. Temir tufi limonit, fosfor marganets tuzi birikmasidan iborat, rangi sari-qo`ngir, teksturasi asosan govak bo`lib, dengiz hamda ko`llarga temir gidroksidlarining cho`kishidan hosil bo`ladi.
- Fosfatli jinslar yoki fosforitlar. Bunday jinslar dengizlarning sayoz joylarida biohimik jarayonlar natijasida paydo bo`ladi. Ayniqsa, qumtosh, gil, karbonatlar ichida R2O5 ning miqdori 20 - 45% ga yetsa, ular fosforitlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |