Cho`kindi tog` jinslar yer po`stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun yerdagi tog` jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini ishg`ol qilib yotadi. Cho`kindi tog` jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo`lib asosan, gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va xossalari bilan farq qiladi. Cho`kindi jinslar segovak bo`ladi va ularning tarkibida toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin. Cho`kindi tog` jinslari paydo bo`lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qilib, uchta asosiy guruxga bo`linadi: Cho`kindi tog` jinslari paydo bo`lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qilib, uchta asosiy guruxga bo`linadi: - 1. Mexanik
- 2. Kimyoviy.
- 3. Organik
Mexanik cho`kindi tog` jinslari. Mexanik cho`kindi tog` jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o`z joyida to`planishi yoki suv, muzlik, shamol ta`sirida boshqa joylarga ko`chirilib yotqizilishidan hosil bo`ladi. Mexanik cho`kindilar tarkibidagi qattiq zarachalarning katta-kichikligi xamda shakliga ko`ra yirik (dag`al), qum, chang va gil zarralarga bo`linadi. Ular oxak, kremniy oksidi (SiO2 ), gil singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan) xolatda xam uchraydi. Dag`al bo`laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega. Changsimon va gilli jinslar. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq, kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi… - Changsimon va gilli jinslar. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq, kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi…
- Lyoss va lyossimon jinslar tuzilishi jixatidan o`ziga xos fizik va mexanik, kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma`lum sharoitdagi ulkalarida hosil bo`lgan cho`kindi tog` jinsidir. “Lyoss” so`zi nemischa yumshoq uvalanadigan ma`noni bildiradi.
- Lyoss sergovak, sariq yoki bo`z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda tez uvalanadigan jins bo`lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan.
- Lyosslar quyidagi xususiyatlariga qarab ajratiladi: 1. Rangi sarg`ish, och malla sarg`ish. 2. Serg`ovak. G`ovaklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin, diametri 3mm gacha. G`ovaklik jins xajmining 45-50% ni tashkil etadi 3. Kaltsiy va magniy karbonat tuzlari jins massasining 5% dan ko`prog`ini tashkil etadi. 4. Lyoss qatlamida qum va shag`al linzalari bo`lmasligi kerak. 5. Jinsni tashkil qiluvchi zarrachalarning 50% dan ko`pi 0,05mm dan 0,001mm gacha bo`lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar 10% gacha bo`lishi va 0,25mm li zarrachalarning bo`lmasligi. 6. Jarliklarda vertikal tarzda ajralish xususiyatiga ega. 7. Uzoq vaqt suv ta`sir etganda o`z massasi ta`sirida cho`kishi. 8. uqori darajada suv o`tkazuvchanligi. 9. Quruq xolda qattiq, namlanganda tez ivib loy xoliga kelishi. 10. Tarkibida tez eriydigan tuzlarning ko`p miqdorda bo`lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |