Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda 3-kurs Milliy g‘oya, ma’naviyat


Download 1.7 Mb.
Sana16.03.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1278406
Bog'liq
5-Zakovat


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda 3-kurs Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi Mirzailyosov Tohirning shaxsiy tashabbusi bilan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” 3-kurs talabalari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini
BAYONNOMASI

O‘tkazilgan sana: 20-dekabr 2022-yil
O‘tkazilgan joyi : O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Qatnashdilar: J.Mirzavaliyev - “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafederasi o‘qituvchisi
S.Jumayev - Ijtimoiy fanlar fakulteti “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafederasi o‘qituvchisi
A.Obbosxonobv - Fakultet Yoshlar ittifoqi kengashi yetakchisi
T.Mirzailyosov, G.Abduganiyeva, A.Mirmaxmudova, J.Baxtiyorov, M.Abdukarimova, H.Eshonqulov, U.Matnazarov Ijtimoiy fanlar fakulteti faol talabalari.


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi fakultet kengashi bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida zakovat o‘yini tashkillashtirildi. Zakovatni Ijtimoiy fanlar fakulteti “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafederasi o‘qituvchisi S.Jumayev ochib berdilar. Ushbu intellektual o‘yin talaba-yoshlarni aqliy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda muhim sanaladi. Avvalo har bir yo‘nalishdan jamoalar shakllantirildi va jamoalarga zakovat haqida umumiy tushunchalar, tartib qoidalar hamda savollarga oid yo‘riqnomalar berildi. Jamoalar o‘zlariga sardorlar tanlab olishdi va jamoalar musoboqaga tayyorlanishdi. Musoboqada to‘rtta jamoa ishtirok etdi. “Liderlar”, “Senatorlar, “Yosh g‘oyachilar” va “Aysberg” jamoalari o‘zaro bellashishdi. Savollar o‘rtaga tashlandi va 60 soniya savolni javobini topish uchun vaqt berilidi.12 ta savol berildi vaqt tugaganidan so‘ng javoblar yig‘ishtirib olindi har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan berildi. Aqliy bellashuvda bobokalonlarimiz hayoti va ijodidan tuzilgan bir biridan qiziqarli savollar o‘rtaga tashlandi. Zakovat oxirida “Liderlar” jamoasi g‘olib bo‘ldi va jamoalar sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.


Fakultet Yoshlar ittifoqi
kengashi yetakchisi: A.Obbosxonov

Talaba: T.Mirzailyosov
Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling