Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi
Download 0.73 Mb.
|
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta
Chjou sulolalari davrida Xitoy. Mil.av 1027 yili Chjou knyazi U van, SHan podshosi Di Singa qarshi isyon ko‘tarib, Mu-e yonidagi jangda shanliklar ustidan g‘alabaga erishadi. SHan podshosi Di Sin poytaxti Chaoge shahriga qochib, o‘z saroyi “Kiyik minora”da joniga qasd qilgan. Dushman qo‘shini shaharga kirib kelib, U vanni podsho deb elon qiladi. Shu tariqa Xitoyni 300 yil birlashtirib turgan Chjou davlatiga asos solinadi. Chjou Sharqiy va G‘arbiy Xitoyni nazorat qilib turishga erishdi. SHimoliy Xitoydagi bir-necha yirik qabilalar birlashtirildi. Bosib olingan erlarni U van qarindosh urug‘lari va tarafdorlariga
bo‘lib beradi. So‘ngra taxtga U vanning o‘g‘li yosh Chen-van keladi. Hukmronligining dastlabki etti yilligi davrida davlatni amakisi Chjou-gun boshqaradi. SHanliklar isyoni bostiriladi va ular o‘z erlaridan ko‘chirib yuboriladi. SHuningdek, ko‘chmanchi I qabilariga qarshi yurish qilinadi. Mil. avv. 996 yili taxtga Chen-vanning o‘g‘li Kan-van keladi. Uning davrida qaram viloyatlar boshqaruvi isloh qilinib, ularning soni 55 dan 36 taga kamaytiriladi va ixchamlashtiriladi. Yozma manbalarning ta’kidlashicha (“Bambuk kitoblar”va ”Shisszi”) o‘sha vaqtda Chjou davlatida tinchlik hukm surgan. Mil. avv. 977 yili imperator vafot etadi. Keyingi imperator Chjao-van janubdagi isyonlarni bostirishga urinadi va yangi tuzilgan Chu podsholigi bilan urushda halok bo‘ladi. Chjou podsholari “shanfu” (yuz boshi) va “szay” (boshliq yoki to‘g‘rilovchi) unvonlariga ega bo‘lgan saroy a’yonlariga tayanib davlatni idora qilganlar. Podsho saroyi davlat boshqaruvining markazi hisoblangan. Davlat erlarini nazorat qilish uchun podsho alohida mansabdor shaxsni tayinlar edi. Mil. avv. VIII asr boshlarida Chjou davlatidan shimoli g‘arbda yashagan “jun” qabilalari talonchilik yurishlarini amalga oshiradilar. Chjou podshosi YU- Van (mil. avv. 781-771 yy) ularni to‘xtatish uchun urush olib boradi. Chjouning o‘troq aholisi junlarni var-var qabila sifatida ko‘rar edi. Chjou (ayrim manbalarda G‘arbiy Chjou) davlatining poytaxti Xao shahridan Loi shahriga (zamonaviy Loyan) ko‘chirilishi bilan (mil. avv. 771 yil) Sharqiy Chjou sulolasining davri boshlanadi. O‘z tarixining boshlanishidan G‘arbiy Chjou davlati uni o‘rab turgan qabilalar bosqinlaridan o‘zini himoya qilishga majbur bo‘lgan, ayniqsa, shimoli- g‘arbda va janubi-sharqda, va bu vazifani unumli bajarayotgan edi. Chjouxouning separatistik harakatlari kuchayishi bilan vanlarning harbiy salohiyati sustlashgan, podsho xokimiyatining martabasi tushgan. Chjou hukmdorlari uchun qo‘shni qabilalarning, ayniqsa shimoli-g‘arbda va janubi-sharqda kuchaygan qabilalarning hujumlarini qaytarish borgan sari qiyinlashgan. Miloddan avvalgi VIII asrda Markaziy Osiyodan g‘arbiy ko‘chmanchi qabilalarning tuganmas bosqinlari bosimi ostida Chjouliklar o‘z ona erlari bo‘lmish Veyxe daryosi havzasini tark eta boshladilar. 771-yilda Yu-vanning askarlari ko‘chmanchilar tomonidan mag‘lub qilindi, uning o‘zi asirga tushdi va shundan so‘ng uning o‘g‘li Pin-van poytaxtni sharqqa ko‘chirdi. Bu voqeadan so‘ng an’anaviy xitoy tarixshunosligida “Sharqiy Chjou”(mil. avv. 770-256 yillar) davri boshlanadi. Uning boshlang‘ich bosqichi bo‘lmish davr, ya’ni mil. avv. VII asrdan mil. avv. V asrgacha bo‘lgan davr yilnomalar an’anasiga binoan “Chunsyu” (Vyosen va Oseney) davri deb nomlanadi2. Mamlakatning sharqida o‘rnashib olgan Pin-van bu erda Loi shaxri poytaxti bo‘lgan kichik davlatga asos soldi. Bu vaqtgacha, an’anaviy tarixshunoslikka binoan, Xitoy hududida 200 ta podsholik mavjud bo‘lgan deb hisoblab, ko‘pgina tadqiqotchilar ularni shahar-davlatlar guruhiga kirgizishadi. Umuman, qadimgi Xitoydagi ilk davlatlar shakli haqidagi sharqiy despotiya kabi tasavvur allaqachon qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda va asosli tanqidga uchramoqda. Qadimgi Xitoyning ilk Chjou podsholiklari Veyxe daryosidan SHandun yarimoroligacha g‘arbdan sharq tomon cho‘zilib, Buyuk Xitoy tekisligini o‘z ichiga olib, janub va janubi-sharqda Yanszi daryosining o‘rta va quyi oqimlarini qamrab olgan va shimolda esa zamonaviy Pekin hududiga qadar etib borgan. Umumlashtiruvchi nomlar ostida bo‘lgan dushman qabilalari: di (shimoliy qabilalar), i (sharqiy qabilalar), man (janubiy qabilalar), jun (g‘arbiy qabilalar) tomonidan o‘rab olingan. “Chunsyu” davri haqida arxeologik materiallardan tashqari ko‘plab narrativ yodgorliklar ham ma’lumot beradi. Ular o‘rtasida yuqorida eslatilgan Lu (Shandunda) podsholigining yilnomasi bo‘lib, uning izohlari: “Gunyanchjuan”, “Gulyanchjuan”, va eng mashhur bo‘lmish “Szochjuan”va “Goyuy”(podsholiklar nutqi) mil. avv. IX asr an’analariga mos ravishda qadimgi Xitoy tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2 “Чуньцю”-Лу подшологини йилномасининг номи бўлиб, ушбу даврдан бизгача етиб келган ягона йилномадир.Ўз ичида м.а. 722-482 йиллардаги об-ҳаво ёзувларини мужассам этган. Илмий адабиётда “Чуньцю” даври учун турли саналар берилади, аммо уларнинг бариси м.а. VII-V асрлар ичида бўлиб м.а. 403-йилгача; шу сабабли кейинги давр “Чжуанго” учун ҳам турли хил саналар берилади. Buyuk Xitoy tekisligidagi Xuanxe daryosining o‘rta va quyi havzasida tarqatilgan podsholiklar orasida ularning bir qismi o‘zlarini Chjouliklar, boshqalari shanliklar avlodlari deb hisoblashgan. Ammo ularning barchasi o‘z ustidan Osmon o‘g‘li deb e’lon qilingan Chjoulik vanning oliy hokimiyatini tan olishgan va o‘zlarini dunyoning “o‘rta podsholiklar”(chjungo) deb hisoblashgan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling