Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti jizzax filiali fan nomi:“kompyuter tarmoqlari”


Download 0.53 Mb.
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1302443
  1   2   3
Bog'liq
121-20 guruh Amirqulov Diyorbek tarmoqlar 2-mus

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI


Fan nomi:“KOMPYUTER TARMOQLARI”

Mavzu: OSI etalon modeli


Bajardi: 121-20-guruh talabasi Amirqulov Diyorbek
Qabul qildi: Babakulov Bekzod
Reja :
    • OSI etalon modeli. Umumiy ta’rifi, tarixi
    • OSI pog’onalari, ularning vazifasi
    • Tarmoqning protokol modeli
    • OSI modelida pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari

OSI etalon modeli. Umumiy ta’rifi, tarixi
«Open Systems Interconnection Basic Reference Model — Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli deb nomlangan model dastlabki ko’rininshida hujjat bo’lib ro‘yxatdan o‘tkazilan.
1978-yilda u OSI /ISO tarmoq protokollari stekining tarmoq modeli hisoblandi.
Modelning maqsadi har bir pog‘onada hozirda mavjud yoki mavjud bo‘lmagan har xil texnologiyalar ishlashiga qaratilgan. 1978-yil (28.02.-2.03) OSI qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi, ya’ni modelni «xomaki varianti» qabul qilinadi.
yilda CCITT (hozirda Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi yoki ITU-T telekommunikatsiya standartlashtirish sektori deb nomlanadi) va ISO hujjatlari birlashtirilib, Ochiq tizimlarning o'zaro aloqasi uchun asosiy etalon modeli yaratildi, odatda Open System Interconnection Reference Model, OSI Reference Model yoki shunchaki OSI modeli deb nomlanadi.
1984 yilda u ISO tomonidan ISO 7498 standarti bilan, hamda ITU-T tomonidan X.200 standarti sifatida nashr etilgan.
OSI ikkita asosiy tarkibiy qismga ega, bu tarmoqning abstrakt modeli bo'lib, u "Asosiy etalon modeli" yoki "yetti pog’onali model" deb nomlangan va o'ziga xos protokollar to'plami. OSI mos yozuvlar modeli tarmoq kontseptsiyalarini o'qitishda katta yutuq bo'ldi.
U tarmoq qurilmalari va dasturiy ta'minot o'rtasidagi o'zaro muvofiqlikni belgilaydigan protokol pog’onalarining izchil modeli g'oyasini ilgari surdi.OSI modeli.
Etalon modelga muvofiq hisoblash tarmog‘i taqsimlangan axborot hisoblash muhiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muhit vertikal bo‘yicha har biri axborot hisoblash muhiti asosiy vazifalardan birini bajaruvchi qator mantiqiy pog‘onalarga bo‘linadi.
Gorizontal ravishda esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo‘linadi.
“Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanishi” (OSI- Open System Interconnection) atamasi tizimlar orasidagi ma'lumot uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya'ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni ishlatishlari tufayli bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling