Mirzo ulug‘bek” nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Xalqaro savdoning yangi va o‘ta yangi nazariyalari


Download 24.86 Kb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi24.86 Kb.
#1431356
1   2
Bog'liq
Joriy 1

2.Xalqaro savdoning yangi va o‘ta yangi nazariyalari.
XX asming ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqish quyidagi uch yo‘nalishda amalga oshirila boshlandi:

  1. Klassik maktab nazariyalarini rivojlantirishga va kengaytirishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib P.Samuelson va R.Djonslaming «maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyasini keltirish mumkin.

  2. Klassik maktab nazariyalarini inkor etmagan holda xalqarosavdoning bu nazariyalarda o ‘rganiImagan jihatlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib S.Lindeming «kesishuvchan talab» nazariyasini keltirish mumkin.

  3. Klassik maktab nazariyalarini inkor etuvchi va xalqaro savdoning yangi asoslarini topishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib «miqyos samarasi» nazariyasini, «xalqaro savdoning dinamik modeli» nazariyasini va B.Balassaning «tarmoq ichidagi savdo» nazariyasini keltirish mumkin.

P.Samuelson va R.Djons o ‘zlarining «Maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyalarida Xeksher-Olin nazariyasini kengaytirishga harakat qilishgan. Xeksher-Olin nazariyasida ishlab chiqarish omillarining faqat ikki xil turi — kapital va mehnat inobatga olingan bo‘lsa, «Maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyasida ushbu omillar soni uchtaga yetkazildi, bular kapital, mehnat va yer omillaridir. Bundan tashqari, Samuelson-Djons nazariyasida ishlab chiqarish omillarini ikki guruhga bo‘lish taklif etiladi:
1. Ishlab chiqarishning maxsus omillari — muayyan tarmoqlarda keng co'llaniluvchi va boshqa tarmoqlarda esa deyarli qoilanilmaydigan ishlab chiqarish omillari.
2. Mobil omil — hamma tarmoqlarda keng qo'llaniluvchi va shu sababli tarmoqlararo erkin harakatlanuvchi ishlab chiqarish omili. Bu omilga misol tariqasida mehnat resurslarini keltirish mumkin.
Maxsus ishlab chiqarish omillari nazariyasi — xalqaro savdo rivojlanishining obyektiv asosini ichki nisbiy narxlami bir-biridan farq qilishi tashkil etsa, bu holatning asosiy sababi mamlakatlaming maxsus ishlab chiqarish omillari bilan turlicha ta’minlanganligidan iborat. Mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishi natijasida eksport tarmoqlari uchun maxsus bo‘lgan omillar rivojlanadi, import bilan raqobatlashuvchi tarmoq uchun maxsus b o ig an omil kamayadi.
Xalqaro savdo turli ishlab chiqarish omillariga har xil ta ’sir ko'rsatishi — bu omil egalarini turmush farovonligini xalqaro savdoga bog‘liq ekanligini anglatadi. Shu sababli ko‘plab iqtisodchi olimlar xalqaro savdoning aholi daromadiga ta ’sirini o‘rganishgan. Bu boradagi asosiy nazariyalarga quyidagilar kiradi:

  1. Xeksher-Olin-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo mamlakatlarda gomogen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxlarining muvozanatlashuviga olib keladi. Bu esa gomogen ishlab chiqarish omillari egalarining daromadlari ham muvozanatlashishini anglatadi.

  2. Samuelson-Djons nazariyasi — mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etish natijasida eksport tarmoqlari uchun maxsus bo'lgan omil egalarining daromadi ко‘payadi va import bilan raqobatlashuvchi tarmoq uchun maxsus bo'lgan omil egalarining daromadi kamayadi.

  3. Stolper-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo ta ’sirida narxi o'sadigan tovami ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi ham o'sadi va aksincha, narxi pasaygan tovami ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi ham tushadi.

Demak, xalqaro savdo mamlakatlarning yalpi daromadiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatish bilan birgalikda ayrim omil egalarining turmush farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan. Shu sababli mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishdan olishi mumkin bo'lgan foyda — bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egallagan o'rniga bog'liq ekan.
Shunday qilib xalqaro savdo bilan nafaqat ijobiy, balki salbiy oqibatlar ham bog'liq bo'lishi mumkin. Bu esa tashqi savdo siyosatida ikki tendensiyaning mavjudligini tushuntirib beradi, bular erkin savdo va protensionizmdir.
Xalqaro savdo nazariyalari tarkibidagi qator nazariyalar klassik maktabning xalqaro savdo konsepsiyasini to'liq rad etadi. Bu nazariyalar qatorida miqyos samarasi, tarmoq ichidagi savdo, monopol raqobat sharoitidagi savdo kabi nazariyalami ajratib ko'rsatish mumkin.
Xalqaro savdoning miqyos samarasi modeli. Iqtisodiy nazariyadan ma’lumki, ishlab chiqarish miqyosi kengayib borgani sari tovaming tannarxi pasayib boradi. Miqyos samarasi orqali ishlab chiqarish omillari bilan bir xil yoki deyarli bir xil ta’minlangan mamlakatlar o ‘rtasidagi savdo tushuntiriladi. Miqyos samarasi orqali texnologik jihatdan bir-biriga yaqin, hatto bir xil tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlar o ‘rtasidagi savdoni ham tushuntirish mumkin.
Kesishuvchi talab nazariyasi. Kesishuvchi talab nazariyasi shvetsiyalik iqtisodchi Staffan Linder tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariya xalqaro savdoni talab tomonidan tushuntiruvchi kamdankam nazariyalaming biridir. Bu nazariyaga ko‘ra mamlakat eksporti importyor mamlakatdagi talabga bog‘liq.
Kamdan kam tovarlar faqat eksport uchun ishlab chiqariladi. Tovarlaming asosiy qismi ichki bozorda sotiladi, ichki iste’mol to ‘liq qondirilgandan keyingina bu tovar eksport qilinadi. Bu tovami xorijiy mamlakatlarga sotishda uni ushbu mamlakatdagi talab tarkibi o ‘z mamlakatidagi talabga o ‘xshash bo'lgan mamlakatni tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ikki mamlakatda talab tarkibining bir xil bo‘lishi mamlakatlar aholisining daromad darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki daromad qanchalik yuqori b o ‘lsa sifatli tovarga bo'lgan talab shunchalik ortib boradi.
Download 24.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling