Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali
Download 59.88 Kb.
|
ORALIQ NAZORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat unumdorligi
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI “IQTISODIYOT” YO’NALISHI 925-21 GURUH TALABASI UMARQOSIMOV AZIZNING “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN ORALIQ NAZORAT ISHIDA YOZGAN BILETI ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI BILET № 22 Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning “O‘zbek” modeli, uning tamoyillari va xususiyatlari. Mehnat unumdorligi – iqtisodiy o‘sish omili sifatida. Mulkchilik shakllarini o‘zgartirish usullari: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirilu-vchi tarixiy davr tushuniladi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi-yotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta-jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy to-monlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo'li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li; 3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li; 4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam). Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. islohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy"" Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo. MODEL TUSHUNCHASI. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan chuqur iqtisodiy- ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar natijasida rivojlanishning zamonaviy modellari shakllana boshladi. «Model» tushunchasining talqinlari turlicha bo'lib, ular ba'zan umumiylik jihatlariga ega bo'lsada, ko'pincha bir-biriga unchalik mos kelmaydi. Ba'zi olimlar modelni «davlat tuzumi» desa, boshqalari «ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» deb talqin etadi. Yana ba'zilari esa uni «ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yo'li shaklining chizgilari (ko'rinishi)», deb talqin etadi. Ba'zi o'zbek olimlarining fikricha, model – «iqtisodiy bazisning asosi bo'lgan huquqiy, ma'muriy, xo'jalik (bank, kredit, soliq va boshqa) mexanizmlar yordamida muvofiqlashadigan o'zaro iqtisodiy munosabatlarning keng ko'lamli tizimidir». Shuningdek, model ko'pincha «rivojlanish modeli» yoki «iqtisodiy rivojlanish modeli» tushunchasi sifatida ilmiy muomalaga kira boshladi. Aksariyat olimlarning fikricha, model «jamiyatda amal qilayotgan mulkiy munosabatlar va tashkiliy shakllar asosida ro'y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlaryig'indisi mazkur jamiyatning iqtisodiy modelini tashkil etadi». Model mohiyatini tushunish asosida jamiyatning xo'jalik hayotining ko'plab qonuniyatlarini anglab yetish mumkin. Keyingi o'n yilliklarda bozor, buyruqbozlik va aralash modellarni bir-biridan ajratib ko'rsatish rusumga kirdi. Aksariyat mamlakatlar intilayotgan model – bu bozor iqtisodiyoti modelidir. Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti tarmoqlanib ketgan biznes huquqiy me'yorlari muhitida bir-biriga o'zaro ta'sir etuvchi, turli-tuman ishlab chiqaruvchi, tijoriy, moliyaviy va axborot kabi ko'plab tuzilmalaridan iborat – bozor deyiladigan yagona tushunchada o'z ifodasini topadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish tushunchasi Hozirgi davrga kelib turli mamlakatlarda iqtisodiy o'sishlar va o'zgarishlarning borishi va mazmuni o'zining turli-tuman ekanligi bilan keskin ajralib turishi bilan tavsiflanadi. O'tish davridagi iqtisodiy tizimlarni amal qilishini ifodalab beruvchi omillarni uch guruhga ajratib ko'rsatish mumkin: tabiiy-iqlimiy, ishlab chiqarishiqtisodiy, sotsiomadaniy. Tabiiy-iqlimiy omillar jamiyatning tabiiy asosi bilan bog'liqdir. Tarixiy tajriba ko'rsatadiki, ijtimoiy hayotni tashkil etish shakllari insonlarning sayyorada qanday joylashganligi, xususan, iqlimning sovushi va kosmik halokatlar, ekvator va hosildor yerlarga yaqin yoki uzoq bp'lishi, suv va foydali qazilmalar bilan ta'minlanganligi kabilarga uzviy ravishda bog'liqdir. Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillarga mehnat predmeti va vositalari, ilg'or texnologiyalar, inson-ishchining bosh-ishlab chiqaruvchi kuch va iqtisodiy munosabatlar subyekti sifatidagi professionalligi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, ishlab chiqarish natijalari va mablag'larni o'zlashtirish xarakteri va shakllari — xususiy, ijtimoiy, kooperativ, xususiy mulkiy, iqtisodiyotning samaralilik darajasi kabilar taalluqlidir. Ayni o'zgarishlar, avvalambor, ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar iqtisodiy tizimni o'zgarishga olib keladi, yoki o'tish davrini, o'tish iqtisodiyotini va o'tish holatini boshlanishiga olib keladi. O'tish davri iqtisodiyoti o'z mohiyatiga binoan tadrijiy iqtisodiyotning alohida bir holati bo'lib, u jamiyatning bir tarixiy pog'onadan ikkinchisiga o'tayotganida amal qiladi. O'tish davri iqtisodiyoti burilish davrini — tub iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlarni xarakterlaydi. O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: - xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish; - resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish; - narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o'tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi: - barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; - bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi; - kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish; - tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga solish va boshqalar. 3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi: - mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; - bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar. 4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Tqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat. 5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi. Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi; -inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo’yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko’payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to’planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Ularning ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin: Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkichi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon tasiri kiradi.Umuman olganda maamlakat rivijlanishi uchun asosiy zaminni mehnat unumdorligi yaratadi chunki sisning qilayotgan mehnatingiz sifatli va unumdor bo’lsa sizga shuncha ko’p foyda keltiradi.Bugungi kundan misol keltiradigan bo’lsak o’zim yashovchi Zomin tumanida juda ham katta o’zgarishlar bo’lmoqda.Yirik yirik loyihalar asosida chetdan investitsiyalar kiritilmoqda.Tabiiyki,ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun chetdan mutaxassislar jalb etiladi.Chunki bunday yirik loyihalarga tavakkal qilib bo’lmaydi.Chunki ular o’zlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarni unumdorligiga,ishchilar salohiyatiga bog’liq. Aytaylik siz davlatdan 2 milliard so’m miqdorda kredit oldingiz.Siz biznesingizni boshladingiz.Ammo sizning mahsulotlaringiz ko’nglingizdagiday ko’p emas.Buni to’g’rilash uchun nima qilgan bo’lardingiz? Buni to’g’rilashning yagona yo’li pullarni faqat mahsulotning soniga emas balki uning unumdorligini oshirishingiz kerak.Mana shunday vaqtda siz mehnat unumdorligini oshirishga qaratishingiz lozim. Tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanadigan har qanday korxonada eng muhim vazifa unumdorlikni oshirishdir. Shu bilan birga, ish oqimida zarur bo'lgan xarajatlar miqdoriga rioya qilish uchun olib boriladigan bir qator chora-tadbirlar mavjud. Shunday qilib, korxona taraqqiyot davrida mehnat unumdorligi o'zgarishi mumkin.Qoida tariqasida, bir nechta omillar o'zgarishi mumkin, bu o'zgarishlarga ta'sir qilishi, ya'ni ishlab chiqarish ko'rsatkichlarining o'sishi mumkin. Birinchidan, bu mehnat, suv, elektr energiyasi, qurilish materiallari, shuningdek aloqa, erlarga ro'bar va boshqalarning erkin mablag'larining mavjudligini o'z ichiga olgan iqtisodiy va jug'rofiy omil Mulkchilik shakllarini o‘zgartirish usullari: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Biz bu savolga javob berishdan oldin avvalo “mulk nima” degan savolga javob topishimiz kerak.Mulk bu- bizning yashab turgan uyimiz,joyimiz mashinamiz,chorvamiz va boshqalar.Ko’pincha insonlar mulk deganda uylarini tushunishadi. Ammo mulk bu faqat uy emas. MULK, M i l k (koʻpligi - amlok) - ma’nodosh boʻlgan va koʻpincha aralash holda qoʻllaniladigan istiloxdar (MLK oʻzagidan -"ega boʻlmoq"). Mulk ham cheklanmagan hokimiyat (jumladan, podsho hokimiyatini) va shak-shubhasiz xususiy egalikni, ham mana shu xususiy egalik ob’ektini, milk esa - faqat xususiy egalik ob’ektini anglatadi. Xususiy egalik huquqi meros, sotib olish, in’om, xususiy egalik ob’ektini yaratish (buyumlar yasash, unumsiz yerni oʻzlashtirish, foydali qazilmalar qazib chiqarish va b.) va harbiy oʻlja sifatida bosib olish yoʻli bilan vujudga keladi. M. muddatga ega emas,shuning uchun topib olingan buyumning egasi noma’lum boʻlsa, topgan kishining xususiy mulki boʻla olmaydi - uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim boʻladi (bundan qad. xazinalar mustasno). Tashlandiq egasiz yer, uni qayta ishlagan shaxsning xususiy yeriga aylanadi - bu holda yer oʻz mohiyatini yoʻqotgan, foydasiz boʻlib qolgan va shuning uchun xususiy egalik ob’ekti boʻla olmaydi deb hisoblanadi. Biroq, amalda tashlandiq yer koʻpincha oldi-sotdi ob’ektiga aylangan, demak uning egasi hayotligida yerga ishlov berilmagan hodda ham xususiy egalik huquqi bekor qilinmagan. Soliq belgilashdagi farqlar, soliq maqomining oʻzgarishlari yerga xususiy egalik huquqiga ta’sir qilmagan. Butun oʻrta asrlar tsavrida katta-katta mulk yerlari davlat boshliqlari ixtiyorida boʻlib kelgan. Musulmon huquqiga koʻra, M. nafaqat moddiy ob’ektlar, balki turli huquqlar (mas., kanaldagi suvdan olinadigan ulushga boʻlgan huquq) ham boʻlishi mumkin, ularni ham sotib olish va sotish, garovga berish ham mumkin boʻlgan. Faqat musulmon kishi uchun foydasiz yoki man etilgan narsalargana (vino, choʻchqa va b.) xususiy egalik ob’ekti boʻlishi mumkin emas. Mulk — moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan oʻzlashtirilishi; mulkka egalik huquqi hamda mulk obʼyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar, sanʼat va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar boʻlishi mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va, nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.Kishilarning moddiy neʼmatlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va isteʼmol etishdagi oʻrni, siyosiy hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bogʻliq. Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga koʻra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar gʻoyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh boʻlib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy mulki boʻlgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan boʻldi. Bu oʻzgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy mulkka aylangan. Xususiy mulk — bu mulkni oʻzlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U 2 xil boʻladi: 1) individual — yakka xususiy mulk, yaʼni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk; 2) korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi umumiy mulkning bir qismi sifatida mavjud boʻlgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi mulkdir. Jamoa mulki — bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki boʻlib, bu mulkning egalari shu jamoada mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki — davlat ixtiyorida boʻlgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan monopollashgan mulkdir. Bunday mulk obʼyekti — yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va maʼnaviy boyliklar boʻlishi mumkin. Bu mulk ijtimoiy neʼmatlarni yaratishga xizmat qiladi. Mulkni milliylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish. Download 59.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling