Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix (sirtqi)fakulteti 4 -bosqich talabasi Siroj Xolliyevning
qilardi. O‘ttiz yillik urush (1618 – 1648 yy.) XVII asrdagi xalqaro xayotning eng yirik voqeasi
Download 8.09 Kb.
|
SX-7.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ttiz yillik urushning boshlanishidan oldin Germaniyada ichki kurash avj oldi.
qilardi.
O‘ttiz yillik urush (1618 – 1648 yy.) XVII asrdagi xalqaro xayotning eng yirik voqeasi bo‘ldi. Bu urush umumYevropa miqyosdagi birinchi urush edi. Uning girdobiga ko‘plab mamlakatlar tortilib ketdi. O‘ttiz yillik urushning boshlanishidan oldin Germaniyada ichki kurash avj oldi. 1608 - 1609 yillarda bu yerda nemis knyazlarining, konfessional (diniy) negizdagi, ikki harbiy-siyosiy ittifoqi yuzaga keldi - Evangeliya uniyasi (Injilchilar ittifoqi) va Katolik ligasi. Ikkala ittifoq xam xorijiy davlatlarning ko‘magini oldi. 1648-yilning 24-oktyabrida Myunster va Osnabryukda imzolangan tinchlik shartnomalari nafaqat ushbu o‘ttiz yillikga, balki reformatsion kuchlari va ularning raqiblari o‘rtasidagi qarama - qarshiligi davriga yakun yasadi. Vestfaliya sulxida Yevropada xududiy o‘zgarishlar masalalari xal etilgandi. Bundan tashqari, Germaniya imperiyasining siyosiy tuzilishi, uning xududlaridagi din masalasi, Gollandiya va Shveysariyaning mustaqilligini xalqaro huquq tomonidan tasdiqlanishi xam sulxida o‘z aksini topdi. Tinchlik Yevropa .davlatlari tartibiga va Germaniyadagi vaziyatga sezilarli o‘zgarishlarni kiritgan majburiy yon berishlar natijasida tuzildi XVII asrning o‘rtalari xalqaro va diplomatik munosabatlarda yangi davrni ochib berdi. Xukmdorlarning sulolaviy manfaatlari, o‘zining davlatiga Yangi yerlarni qo‘shib olishga intilish XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrda xalqaro munosabatlarga katta ta’sir ko‘rsatishni davom etardi. Shu bilan bir qatorda yangi omil kuchayib bordi - dengiz orti mustamlakalari va dengiz yullarini egallash uchun kurash; Yevropada va undan tashqarida xom ashyo va mol chiqarib sotish bozorlari orqasidan raqobat. XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrning boshida G‘arbiy Yevropada Fransiya etakchilik qilardi. Yevropaning xalqaro xayotidagi yangi vaziyat Lyudovik XIV xukmronligining boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Fransiya tomonidan Yevropada ustivorlikka intilishi bir qator urushlarni keltirib chiqardi-ki, ularda Yevropaning ko‘plab davlatlari qatnashdi. Ular turli, lekin albatta Fransiyaga qarshi koalitsiyalarga (ittifoqlarga) birlashishdi. Fransiyaning Yevropada tashqi siyosiy ustivorligining o‘rnatilishiga qator qulay sharoitlar yordam berdi. Angliyada Styuartlarning tiklanishidan so‘ng (1660 y.) Karl II va Yakov II muxolifat bilan kurashish uchun xorijdan, birinchi galda Lyudovik XIVdan, yordam izlashni boshladilar. Fransiya ingliz qirollariga doimiy tarzda pul subsidiyalarini berardi. Shunday “moliyaviy diplomatiya” orqali Lyudovik XIV Angliyani qit’adagi faol siyosatdan 30 yilga (1688 yildagi davlat to‘ntarilishigacha) chetlatib qo‘ydi. Download 8.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling