Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Psixologik kasbda qanday qilib o’z o’rnini topish mumkin


Download 83 Kb.
bet5/5
Sana20.10.2023
Hajmi83 Kb.
#1712062
1   2   3   4   5
Bog'liq
Psixolog faoliyat modellari

Psixologik kasbda qanday qilib o’z o’rnini topish mumkin
Psixologik fakultet talabalari va yosh maktab psixologlariga ko’p muhim savollar berishadi, bu savollarga bir xil javob berish mumkin emas.
Psixologiyada individual maslahat berish yoki guruhiy treninglar o’tkazish bilan shug’ullanish yaxshimi?
- Ota-onalar o’qituvchilar va o’quvchilar bilan muloqatda yumshoq bo’lgan yaxshimi yoki qat’iy turgan yaxshimi?
- Menga ko’proq qaysi psixotexnika to’g’ri keladi: «geshtaltterapiyami, psixodrammami yoki tana terapiyasimi?
- Qaysi yosh davri bilan shug’ullanganim yaxshi: kichik maktab o’quvchilari, o’smirlar, o’spirinlar?
- Qaysi muammoni tanlaganim yaxshi?
-O’zim bir necha marta turmushga chiqib, hozir ajrashib, yolg’iz yashayotgan bo’lsam, oilaviy juftlarga maslahat bera olamanmi?
- O’zimning bolalarim yo’q bo’la turib (bo’lmasa ham kerak), ota- onalarga farzandlar tarbiyasi bo’yicha maslahatlar bera olamanmi?
- Agar uyda turmush o’rtog’im bilan doimo urishib, shaxsiy muammolarni to’g’ri hal qilishni bilmasdan turib, o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi nizolar bo’yicha maslahatlar bera olamanmi?
- Sizda uyingizda, ishingizda hammasi joyidami?
Hozirgi vaqtda psixologlar kam bo’lganligi uchun maktab psixologi universal mutaxassis bo’lishi va barcha ishlarni bajara olishi kerak. Har bir psixolog o’zining qobiliyatlari va individual psixologik xususiyatlari negizida o’zini kasbiy va shaxsiy aniqlashi, individual tanlash muammosini hal qilishi mumkin.
Tabiat va taqdir har bir insonga va har bir psixologga yuz, tana, ovoz, ruh, aql, temperament, xarakter, energiyani sovg’a qilganki, ularning bari konkret insonning «rang, tovush, ta’m va hid» ini, uning psixoenergetik atmosferasini tashkil qiladi. Psixolog foydali va muvaffaqiyatli bo’lishi uchun o’zini «qo’l ostidagi ish quroliday» bilishi kerak.
Maktab psixologining individual yoki guruhiy ish usulini tanlashi.
Albatta, maktabda ikkala usul bilan ham ishlashga to’g’ri keladi, lekin tanlash imkoniyati mavjud bo’lsa, sizning individualligingiz uchun qaysi usul ko’proq mos keladi, siz qaysi usulda kuchli ekanligingizni qanday tushunish mumkin.
30 yoshlardagi maktab psixologi o’qituvchilar va o’quvchilar bilan guruhiy treninglar o’tkazadi. Umuman treninglar muvaffaqiyatli o’tadi, lekin mashg’ulotlardan so’ng kuchli charchoq sezadi, kasal bo’lib qoladi. Uning fikricha, o’zini yomon his qilishi ishi bilan bog’liq. Nima uchun?
Haqiqatdan ham ayol psixologning fikri to’g’ri bo’lib, unda hayotiy tonusning pasayib ketishi u ko’p shug’ullanadigan psixologik ish usuli bilan bog’liq. Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, «inson - inson» sohasida ishlaydigan mutaxassislarda, psixologiya ham ana shu fanlar sohasiga kiradi, individual yoki guruhiy ish usuliga layoqat mavjud bo’ladi.
Agar siz tabiatan guruhiy ishlarni yoqtirsangiz, charchamasdan a’lo darajada ma’ruzalar o’qiysiz, uzoq davom etadigan seminar va treninglar o’tkazasiz, individual konsultastiyalar bo’lsa, sizda bir muncha qiyin kechadi, ko’p energiya kuch talab qiladi. Agar siz individual ishga layoqatli bo’lsangiz, faoliyatning guruhiy turlarini uncha yoqtirmaysiz. Mijozingiz bilan individual munosabatda bo’lishni afzal ko’rasiz.
Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling