Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining
Jizzax filiali “Amaliy matematika” kafedrasi magistranti J.F.Hasanovning “Koshi tipidagi integral uchun zigmund tipidagi lokal bahoni olish” nomli magistrlik ishiga
TAQRIZ
Kompleks o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasida – analitik funksiyalar yaxshi o‘rganilgan va mukammalroq ishlab chiqilgan klassik matematikaning tarmoqlaridan biridir. Analitik funksiyalarning aerodinamika, gidrodinamika, elektrostatika, mexanika va hokozalarda qo‘llanilishi bu nazariyaning tez rivojlanishiga asos bo‘ldi. Analitik funksiyalar nazariyasidagi chegaraviy masalalarni yechishning modelini qarab chiqamiz. Bir o‘zgaruvchili kompleks funksiyaning analitik funksiyalar nazariyasidagi chiziqli chegaraviy masalalarni ikki modelga ajratish mumkin.
Boshqacha aytganda, maxsus integralning lokal uzluksizlik modulini uning zichligini lokal uzluksizlik moduli orqali baholadik. Odatda bu xildagi baholar Zigmund tipidagi baholar deyiladi. Ma’lumki, agar Koshi tipidagi integralning chiziqdagi limitik qiymatlari Zigmund tipida baholansa, u holda Zigmund tipidagi integral ham shu xilda baholanadi.
Ishning 1-bobida ishni bajarishda qo‘llaniladigan tushunchalar tasnifi keltirilgan.
Ishning 2-bobida masalaning qo‘yilishi, qo‘shma operator tuzish, qo‘shma masalani yechish masalalari, hamda quyidagi masalalar: [ 0, 2 ] kesmadagi Koshi integrali uchun Zigmund tipidagi baholash, Koshi tipidagi integral uchun Zigmund tipidagi baholash
Ishning 3-bobida qo‘yilgan masalalarning yechilishini umumiy sxemasi, bir jinsli chegaraviy masala uchun yechim topilgan.
Ishning xulosa qismida har bir bobdan olingan natijalar yozilgan.
Yuqoridagilarni hisobga olib, J.F.Hasanovning “Koshi tipidagi integral uchun zigmund tipidagi lokal bahoni olish” mavzusidagi magistrlik dissertasiyasi
70540201 – Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bо‘yicha magistrlik dissertatsiyasiga qо‘yiladigan talablarga javob beradi va dissertatsiyani keyingi muhokamalarga tavsiya etish mumkin.
Dissertasiya ishi yuqori bahoga loyiq deb hisoblayman.
Taqrizchi dotsent J. Ergashev
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi
Do'stlaringiz bilan baham: |