Mirzo Ulug’bek Nomidagi Samarqand Davlat Arxitektura Qurilish Instituti Fan: Arxitekturaviy shakllarini uyg’unlashtirish va bezash Mavzu:Buxorodagi MIRZO ULUG‘BEK MADRASASI. Bajardi: 101 AN va TAYoT magistranti Sa`dullayeva Nigora Qabul Qildi:Prof:UralovA.S - Reja
- Mirzo Ulug`bek madrasasining qurilishi
- Madrsaning vazifasi.
- Madrasani qayta ta`mirlash , moslashtirish va badiiy uyg`unligi haqida ma`lumotlar.
Ulugʻbek madrasasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug`bek tomonidan 1417-yilda barpo etilgan.. Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan eng koʻhna madrasa hisoblanadi. Ulugʻbek tomonidan qurdirilgan madrasalarning eng qadimiysi. Shayboniy Abdullaxon II tomonidan 1586-yilda katta taʼmir ishlari olib borilgan. Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtogʻida boʻlib, unda sirkor gʻishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravokli peshtoqdan miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Miyonsaroy ichki gumbazi 12 qirrali, gʻishtdan toʻrsimon shakl qilinib, oralariga koʻk va havo rang koshin terilgan. Hovli (26x25 m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori va peshtoqli 2 ayvon egallagan. - Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtogʻida boʻlib, unda sirkor gʻishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravokli peshtoqdan miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Miyonsaroy ichki gumbazi 12 qirrali, gʻishtdan toʻrsimon shakl qilinib, oralariga koʻk va havo rang koshin terilgan. Hovli (26x25 m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori va peshtoqli 2 ayvon egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |