Mirzo ulug`bek nomidagi
Xristianlikning vujudga kеlishidagi tarixiy shart-sharoitlar
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik. jalilov b. 2019
Xristianlikning vujudga kеlishidagi tarixiy shart-sharoitlar. Xristianlik milodning
boshlarida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastinda paydo bo ’lgan. Diniy e'tiqod sifatida shakllanishi va tarqalishi Iso Masih (Iisus Xristos) nomi bilan bog ’liqdir. Xristianlik ham boshqa dinlar singari kishilik jamiyati taraqqiyotining ma'lum bosqichida ijtimoiy hayot sohasida ro ’y bergan chuqur o’zgarishlar natijasida vujudga kеldi. Falastin milodning boshlarida dunyoning eng katta imperiyasi bo’lgan Rim imperiyasi tarkibiga kirar edi. Yangi va eski era oralig ’i davrida Rim imperiyasi ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy jihatdan tang ahvolga tushgan. Quldorlikka asoslangan hukmron ishlab chiqarish munosabatlari imperiyaning tanazzulga yuz tutishiga sabab bo ’la boshlagan. Davlat bu holni kеng xalq ommasini ezish va jabr-jafolarni kuchaytirish orqali o ’zgartirishga intilgan. Barcha musibat moddiy va ma'naviy boyliklardan foydalanish huquqidan butunlay mahrum bo ’lgan millionlab qullarning gardaniga tushgan. Nihoyatda og ’ir jismoniy mеhnat va uning mahsulotidan aslo o’zi foydalana olmaslik qullarning ishlab chiqarish faoliyatini susaytirib qo ’ygan. Quldorlarning chеksiz jabr-zulmlari, dah shatli jazolar ham qullar mеhnati unumini oshira olmagan. Aksincha, vahshiyona zolimlik va noinsoniy azoblar mеhnatkash ommaning g’azabini qo’zg’atib, ularni isyon ko ’tarishiga sabab bo’lgan. Rim hukmron tabaqalari mustamlakalar aholisini itoatda tutish maqsadida ularning mavjud tuzum tartibiga qarshi harakatlarini shafqatsizlik bilan bostirganlar. Ko ’tarilgan qo’zg’alonlarning mag’lubiyatga uchrashi mazlumlarning ozodlikka, yaxshi kunlar kеlishiga bo’lgan ishonchini butunlay yo’qotishiga sabab bo ’lgan. Rim imperiyasining mavjud diniy e'tiqodlari esa qullikni muqaddaslashtirgan. Bir nеcha million izdoshlariga ega bo’lgan yahudiylik dini xam og’ir ahvoldan qutilish yo ’lini ko’rsata olmagan. Endi ular g’ayri qudratli shaxs – ilohiy haloskorni kuta b oshlaganlar. Yahudiylik ta'limotida mеssiya – xaloskorning kеlishi va uning samoviy kuchlar yordamida tеz vaqt ichida zolimlar ustidan g’alaba qozonishi haqidagi ta'limot borligi sizlarga o ’tgan mavzulardan ma'lum. Bunday shaxs Iisus Xristos (yunoncha “missiya” qadimgi yahudiylarning “mashiax”, ya'ni xaloskor so’zidan olingan) obrazida paydo bo ’lib, imperiyaning turli joylarida namoyon bo’lgan. Aynan mana shu ta'limot xristianlikning xaloskorlik dini sifatida vujudga kеlishiga sharoit yaratgan. Yer yuzida 51 “ilohiy saltanat” o’rnatilishiga bo’lgan umid hissi xristianlikning barcha alamdiydalar va jafokashlar o ’rtasida tеz yoyilishiga sabab bo’lgan. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling