Mirzo ulug‘bek nomidagi


Rejalashtirish tamoyillari va usullari


Download 0.51 Mb.
bet3/7
Sana23.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1686725
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sanoat tarmoqlarining joriy va istiqbolli faoliyatini rejalashtirishda shartnoma munosabatlarining ahamiyati va oʻrni.

2. Rejalashtirish tamoyillari va usullari


Rejalashtirish nazariyasida xo’jalikka rahbarlik qilishning ma’lum fundamental qoidalari, ya’ni tamoyillari masalasi alohida o’rin egallaydi. Bozor munosabatlari sharoitida bunday tamoyillar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  1. Ilmiylik tamoyili;

  2. Rejalarni ma’lum maqsadga yo’naltirish tamoyili;

  3. Mutanosiblik va balanslilik tamoyili;

  4. Komplekslik tamoyili;

  5. Uzluksizlik tamoyili;

  6. Barqarorlik tamoyili;

  7. Tarmoq va hududiy rivojlanishning uyg’unligi;

  8. Iqtisodiyot va uning tarmoqlari hamda korxona (firma)lar rivojlanishining uzviy birligini hisobga olish tamoyili.

Sanoat va uning tarmoqlari, korxonalari, tashkilotlari faoliyatlarini rejalashtirganda yuqoridagi tamoyillarga to’la amal qilinsa topshiriq-larni muvaffaqiyatli bajarish mumkin, iqtisodiy o’sish kuchayadi va ishlab chiqarish samaradorligi albatta, ko’tariladi. Yuqorida keltirilgan tamoyillarni amalga oshirish uchun bir qator usullardan, ya’ni balans, maqsadli, normativ, statistik-iqtisodiy, ko’p variantli, iqtisodiy-matematik matritsa usullaridan foydalaniladi.
Balans usuli rejalashtirishning bosh usuli hisoblanadi. Faqat balans usuligina asosiy proporsiyalarni belgilash, resurslarning jamiyat ehtiyojlariga muvofiqligini aniqlash, rejalarni real va natijali qilish imkonini yaratadi. Balanslardan istiqbol va joriy rejalarning barcha bo’limlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishda balans usulidan keng foydalaniladi, chunki u iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i bo’lgan sohalarini muayyan sharoitda aniq vaqt va ma’lum fazoda yaxlit holda, bir biriga bog’liq texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida aks ettira oladi. Balanslar ishlab chiqarishning ko’lami va dinamikasi, uning tarkibi va tuzilmasi hamda samaradorligi to’g’risidagi ma’lumotlarni mujassamlashtiradi. Ularda sanoat tarmog’i va boshqa milliy iqtiso-diyot tarmoqlarining o’zaro munosabatlarini ko’rish mumkin.
Rejalashtirishda balanslarning qiymat, natura-qiymat, moddiy, mehnat va moliyaviy turlaridan keng foydalaniladi.
An’anaviy qiymat balanslari qatoriga: yalpi ijtimoiy mahsulot balansi, milliy daromad balansi, asosiy fondlar balansi, tovar oboroti va resurslar balansi, tashqi savdo va to’lov balanslari kiritiladi.
Balanslarning eng muhimlaridan biri moddiy balans bo’lib, u mahsulotlarning eng muhim to’plamini qamrab oladi. Balanslarni ishlab chiqish katta bilim va ilm, tajriba, ijobiy yondashuvlar talab qiluvchi murakkab ishdir.
Rejalashtirish amaliyotida natura yoki moddiy balanslarning quyidagi uch turidan:

  • mehnat qurollarining balanslari;

  • mehnat buyumlarining balanslari;

  • xalq iste’moli buyumlarining balanslaridan foydalanish mumkin.

Moddiy balanslar ma’lum sxemalar bo’yicha ishlab chiqilib, unda, bir tomondan, mahsulot resurslari, ikkinchi tomondan, uning ayrim qismlari bo’yicha taqsimlanishi ko’rsatiladi (3-chizmaga qarang).

3-chizma. Moddiy balansning taxminiy chizmasi2



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling