Mirzo Ulug‘bek tumani
211-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Abduraxmanova Fotima Solijanovnaning
1 “V” sinf bilan “Unli tovushlar va harflar” mavzusida o‘tkazgan
1 soatlik dars ishlanmasi
Toshkent 2022
Mavzu:Unli tovushlar va harflar
Darsning texnologik xaritasi
O‘quv materiali: Unli tovushlar va harflar
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: tovush, harf, unli tovushlar, ovoz va shovqin
Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 minut
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi:
O‘quvchilar dars yakunida tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra 2 turga bo‘linishi, unli tovushlarning belgilari, to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq aytilishi va ovozdan hosil bo‘lishi, unli tovushlar so‘z ma’nosini farqlashga xizmat qilishi haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: yangi bilim ko‘nikma va malakani shakllantiruvchi dars.
Metod: suhbat, analiz-sintez, tushuntirish, ta’limiy o‘yin
Jihoz: darslik, mavzu asosida tayyorlangan slayd, rag‘batlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Nazorat: og‘zaki nazorat, savol-javob, o‘zini-o‘zi nazorat qilish.
Baholash: o‘quvchilar dars yakunida baholanadilar.
|
Darsning maqsad va vazifalari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |