(“Ona tilim” she’ri)
-Nima uchun bosh shahar deyiladi?
(Poytaxt bo‘lgani uchun)
-O‘zbekistonning poytaxti qayer?
(Toshkent shahri)
Lug‘at ustida ishlash:
Qadim tuproq, Shosh shahar, tinchlik qo‘rg‘oni, ozodlik kuyisan,
mehrning o‘chog‘i, oftobning uyisan so‘z birikmalarinig ma’nolari tahlil qilinadi.
5-ilova.
Poytaxt – so‘zida nechta tovush bor? (7 ta)
Tovushlarni nima qildingiz? (Talaffuz qildik)
Harflarni-chi? (Yozdik)
Tovushlar nechta turga bo‘linadi? (Unli va undosh)
-Poytaxt – so‘zdagi unli harflarni tagiga bitta chiziq chizing:
-Poytaxt- nima uchun bu tovushlar unli tovush deyiladi?
-So‘zdagi undosh tovushlarini ayting.
-Nima uchun bu tovushlar unli tovushlardan farqlanadi?
-O‘quvchilar javobi umumlashtirish jarayonida to‘ldiriladi.
Unli tovushlar to‘siqqa uchramagani uchun ovozdan hosil bo‘ladi. Undoshlar to‘siqqa uchraydi. To‘siq bor joyda shovqin yuzaga keladi. Shuning uchun tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra unli va undosh tovushlarga bo‘linadi.
Barmoqchalarim buklab,
Jajji qaddimni tiklab.
U yon, bu yonga qarab,
Qadam tashlay bittalab.(o,quvchilar harakatlar orqali ko’rsatishadi)
IV.Mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlash 9-mashq asosida amalga oshiriladi. Katakchalardagi harflardan foydalanib, so‘zlar tuzish kerakligi aytiladi.
Javobdagi so‘zlar:
kuz, kun, tun, tuz, kut, tuk.
Multimediya ilova asosida ham quyidagicha amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |