Mirzo Ulugʻbekning pedagogik gʻoyalari va taʼlim rivojidagi xizmatlari
Ulugʼbek bilimlarni nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning
Download 1.52 Mb.
|
Taqdimot (5)
Ulugʼbek bilimlarni nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning
oʻzidan ham olishni tavsiya etadi.Yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb bilgan olim oʻz gʼoyalarini amalga oshirish maqsadida Movarounnahr shaharlarini, xususan ,Samarqand va Buxoroni ilm-u maʼrifat markaziga aylantirdi.«Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” — degan shiorni olgʼa surdi va madrasasining darvozasiga yozib qoʻydi.Mirzo Ulugʼbekning katta xizmati yana shundaki, u bevosita ilmiy-pedagogik qarashlari bilan ham odamlarni ilmli va maʼrifatli boʻlishga daʼvat etdi. Oʻzining falsafa tarixi, astronomiya, matematika, geografiya, adabiyot fanlariga oid koʻp jildlik asarlarida oʻz davri uchun muhim boʻlgan ilgʼor pedagogik fikrlarni ilgari surdi.
Buyuk astronom Ulug‘bek rahbarligi va ishtirokida rasadxonaning asosiy ishi “Zidjiy Ko‘rag‘oniy”, “Ulug‘bekning yulduzlar jadvali” tuzilgan. Kitobda ushbu Samarqand observatoriyasidan 1018 ta yulduz joylashuvi aql bovar qilmas aniqlikda, Gipparxdan so‘ng ilk bor belgilangan. Astronomik turkum yaratilishi jahon astronomiya fani xazinasiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.
Ulug‘bekning asosiy ilmiy mehnati “Zidjiy jadidi Ko‘rag‘oniy” hisoblanadi yoki “Gurgonning yangi astronomiy jadvali” deb nomlanadi. Muallif ushbu asarni 1444 yil, o‘ttiz yillik tirishqoqlik va astronomik kuzatuvlardan so‘ng yakunlagan.”Ulug‘bekning Zidji” to‘rt yirik qilsmdan iborat. Xronologiya nomini olgan birinchi qismida turli Sharq xalqlari tomonidan qabul qilingan xronologik usullar bayon etilgan. Ikkinchi qismida amaliy astronomiya masalalari ifodalangan, uchinchisi — dunyoning geomarkaziy tizimi asosida ko‘zga ko‘rinarli yulduzlar harakati haqida ma’lumot bersa, to‘rtinchisi astrologiyaga bag‘ishlanadi — o‘rta asrlar dunyoqarashi fanining muqarrar taqdiri.
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling