Mis kontakt simining kesimi kamida 65 mm


Download 15.92 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi15.92 Kb.
#1683592
Bog'liq
vordga


Kon jinslarini kontaktli elektrovozlar bilan olib chiqishda kuchlanishi 600 V dan yuqori bo‘lmagan doimiy tokdan foydalanish ruxsat etiladi. Yer osti qazilmalarida doimiy tok kontakt tarmog‘i musbat, rels yo‘llari esa manfiy qutbli bo‘lishi kerak.
Mis kontakt simining kesimi kamida 65 mm2 bo‘lishi kerak.
Yedirilishi 100 mm2 kesimli simlar uchun 30% dan, 65 va 85 mm2 kesimli simlar uchun 20% dan oshgan kontakt simlaridan foydalanish ta’qiqlanadi.
Konlarda kontaktli elektrovozlardan foydalanilganda rels tutashuvlari kashaklar bilan yoki payvandlash yo‘li orqali ulanishi, bunda tutashuvning elektr tokka qarshiligi bitta relsning qurilish uzunligi (8 m) qarshiligi miqdoridan yoki R-24, R-33 va R-38 turidagi relslar uchun mos ravishda 6-10, 5-10 va 4-10 Om dan oshmasligi kerak. Tutashuvlarning qarshiligi kamida 2 yilda bir marta o‘lchanishi kerak.
Otkatka qazilmalaridagi rels yo‘llarining barcha shahobchalari kamida har 50 m da bir-biri bilan qarshiligi kamida 50 mm2 kesimli mis sim qarshiligiga teng bo‘lgan o‘tkazgich yordamida ishonchli elektr ulanmasiga ega bo‘lishi kerak.
Strelka va krestovinalarning barcha elementlarida ham rels yo‘llari tutashuvlaridagi singari o‘zaro elektr ulanmalari bo‘lishi kerak.
Kontakt elektrovozlar yurishi uchun mo‘ljallanmagan barcha rels yo‘llarining tok o‘tkazuvchi relslar bilan tutashgan joylari bir-biridan poyezdning maksimal uzunligiga teng masofada joylashgan ikkita nuqtada tok o‘tkazuvchi relslardan elektr izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak.
Kontakt simning osilish balandligi rels kallagidan kamida 1,8 m bo‘lishi kerak. Poyezdlarga odam chiqarish va yuk ortish-tushirish maydonchalarida, shuningdek odam yuradigan qazilmalarning kontakt sim o‘tgan qazilmalar bilan kesishgan joylarida kontakt simning osilish balandligi kamida 2 m bo‘lishi kerak.
Kontakt simdan ruda uyumi yoki vagonga ortilgan kon jinslarining tabiiy konusigacha masofa kamida 200 mm bo‘lishi kerak.
Stvololdi maydonning vagonetkalarga chiqish joyigacha bo‘lgan odamlar harakatlanadigan uchastkada kontakt sim rels kallagidan 2,2 m balandlikda, stvololdi maydonning boshqa qazilmalarida esa kamida 2 m balandlikda osilishi kerak.
Download 15.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling