Mis va uning


Download 73 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi73 Kb.
#1159467
Bog'liq
Mis va uning

Mis va uning


Qotishmalarini


Payvandlash.


Mis va uning qotishmalarini payvandlash


1.Kirish :


2. Nazariy qisim.


- mis va uning asosiy hossalari
- misning payvandlanuvchanligi

3. Texnologik qism.


- misni elektr yoyi bilan payvandlash
- mis va uning qotishmalarini gaz alangasida payvandlash

Misning payvandlanuvchanligi. Misning issiqlik o`tkazuvchanligi yuqori bo`lganligi uchun , suyuq holatda tez oquvchanligi hamda payvandlash vaqtida darzlar hosil qilishiga juda moyilligi sababli u yomon payvandlanadi.


Uy temperaturasida misning issiqlik o`tkazuvchanligi temirning issiqlik o`tkazuvchanligidan 6 marta ortiq , shu sababdan mis va uning qotishmalarini oshirilgan pogon issiqlik energiyasida , ko`pchilik hollarda asosiy metallni oldindan va peshma-pesh qizdirib payvandlash usuli qo`lanadi.
Mis qattiq holatdan suyuq holatga o`tganida ancha miqdorda issiqlik (yashirin suyuqlanish issiqligi ) ajratib chiqaradi , shu sababdan pavandlash vannasi po`latni payvandlashdagiga nisbatan suyuq holatda uzoqroq turadi.
Misning oquvchnligi juda yuqori bo`lgani uchun vertikal, gorizontal va ayniqsa , ship holatda payvandlash qiyinlashadi.
Vodorod kislorod ishtirokida misning hossalariga salbiy ta`sir qiladi. Payvandlashning yuqori temperaturasida misga kirgan vodorod mis oksididagi rislorod bilan reaksiyaga kirishib (Си20+20- Н20+Си) suv bug`ini hosil qiladi , u kengayishga intilib mayda darzlar hosil qiladi . Misni payvandlashdagi bu hodisa “vodorod kasalligi” deb ataladi. Mis asosiy metallni qizdirmay qoplamali mis elektrodlar bilan payvandlanilsa (tez sovib), issiq darzlar hosil bo`ladi.
Biroq sekin sovish ta`minlaydigan qizdirib payvandlashda, suv bugi metal qotguncha chiqib ketadi; suv bugining oz qismi payvandlash shalgi bilan chok metali qatlamlari orasida qoladi. Natijada chok metalning sirti shlak olib tashlangach , mayda-mayda chuqurchali “cho`tir” bo`lib qoladi , buni chok metalini juda sekin sovitib yo`qotish mumkin.
Payvandlanadigan mis kislorod qancha ko`p bo`lsa , “vodorod kasalligi” ko`proq vujudga keladi.
Misdagi aralashmalardan mishyak , qo`rgoshin, surma, vismut va oltingugurt misning payvandlanishini yomonlashtiradi. Amalda ular misda erimaydi, biroq mis bilan oson suyuqlanadigan ximyaviy birikmalar hosil qiladi , bu birikmalar erkin holatda bo`lib , donalar chegarasiga joylashib oladi va atomlararo bog`lanishni bo`shashtiradi . Natijada sovush protsessida cho`zuvchi cho`kish kuchlari ta`siri ostida payvand birikmada issik darzlar hosil bo`ladi. Shu sababdan bundan zararli aralashmalar - kislorod , vismud , qo`rg`oshnning misdagi va payvandlash matereallaridagi miqdori 0,03% dan , juda mas`uliyatli payvand buyumlar uchun 0,01% dan oshmasligi kerak.
Misning chiziqli kengayish koyffisinti temirning chiziqli kengayish koyffisintidan katta , shu sababdan mis va uning qotishmalaridan yasalgan konstruksiyalarini payvandlashdagi payvandlash veformatsiyasi po`latlarni payvandlashdagidan ortiq bo`ladi.

Misni payvandlash hillari . Misdan payvand konstruksiyalar tayyorlashda suyuqlashtirib qoplab payvandlashning quyidagi hillari ; ko`mir elektrod bilan yoy yordamida payvandlash, suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlash, flyus ostida va himoya gazlarida payvandlash ; gaz alangasida payvandlash , keng qo`llaniladi .


Tehnologik qisim


Misni elektr yoyi bilan payvandlash misning issiqlik o`tkazuvchanligi juda yu`ori bo`lganligi uchun oshirilgan payvandlash tokida bajariladi payvandlanadigan detallarning qirralari minglab zazor bilan biriktiriladi , bunga sabab mis suyuq holatda juda oquvchan bo`ladi .Bazan po`lat ostquyma ustida ham payvandlaniladi .


6 mm dan qalin mis listlari oldindan 150-250 C gacha qizdirib payvandlanadi . Yupqa listlar (5mm dan yupqa) payvandlab bo`lingach , sovuqlayin, qalin listlar (5-20 mm ) 200-400 C * temperaturada bolgalaniladi . Misni bog`lash uchun uni 400 C dan yuqori temperaturagacha qizdirish tavsiya etilmaydi, mis yuqori temperaturada mo`rtlashadi .

Boglanish sferik muhrali bolga bilan bajariladi. Bolgalash payvand birikmaning ikkala tomonidan chokka perpendikulyar ravishda bajariladi; bunda dastlab suyuqlanish zonasi , kegin chokning o`rta qismi va ohirida termik ta`sir zonasi bolgalaniladi, hadeb bir erni bolgalash yaramaydi , chunki darz hosil bo`lish mumkin .


Payvand birikma metallga qovushoqlik va plastiklik berish uchun bolgalab bo`lingach , uni 550 - 600 C temperaturagacha qizdirish va suvda tez sovutish lozim . Bu termik ishlov metallning mayday donali tuzilishni ta`minlaydi .
Mis listlarini po`lat ost quyma ustiga qo`yib , uchma-uch ko`mir elektrod bilan payvandlash rejimlari quydagicha :

Metal qalinligi , mm 1 2 4 6 8 10


Ko`mir elektirod diametri ,mm 5 6 6 8 8 10
Ko`mir elektirod diametri ,mm 140- 190- 200- 280- 300- 400-
190 250 300 400 450 500
Qalin listlarning qirralari 60-90 burchak ostida qiya qilib tayyorlanishi kerak.
Payvandlash uzun yoy bilan (10-15mm) bajariladi , shundagina elektirod va qo`shimcha simni boshqarish qulay bo`ladi. Qo`shimcha sim uchi elektirod uchi bilan suyuqlangan vanna o`rtasida unga botmay turish kerak qo`shimch metall bilan buyum o`rtasidagi masofa ozgarmas va minimal kattalikda bo`lish kerak bu masofa kattalashsa, metall ko`p sachraydi va chok hosil bo`lishi qiyinlashdi.
Payvandlash uchun yoy kuchlanishi 40-50 B bo`lgan to`gri qutbli ozgarmas tok ishlatiladi. Teskari qutbli tokda ko`mir (grafik ) elektirod yonmaydi va yoy juda qisqa bo`lganida uni saqlab turish mumkin .

Qo`shimcha material sifatida fosforli bronzadan , kremniyli bronzadan ,fosforli misdan quydagi tarkiblarda tayyorlangan simdan foydalaniladi:


Kalaiy Fosfor Rux Temir Marganets


Kremniy Mis

Fosforli bronza…


1,5-10,5 0,15-1,0 ------------ qolgani
Kremniyli bronza …
2,0-0,2 0-2,5 0-1,25 1,0-4,0 --------- qolgani

Fosforli mis …


- 4-8 ------------- qolgani

Metallni oksidlanishidan saqlash va mis oksidi hamda boshqa oksidlarni chkarib yuborish uchun payvandlash vaqtida quydagi tarkibli fulyuslar (%larda) ishlatiladi.


Fulyus nomeri… 1 2 3 4


Borat kislota . . . - 50 10-20 -
Qizdirilgan bura … 100 50 60-70 50
Fosfor kislota … - - - -
Natriy kislotasi… - - - 15
Kremniy kislota… - - - 15
Pista ko`mir… - - - 15
Osh tuzi … - - 20-30 -
Fosforli bronza chziqlar bilan payvandlashda flyus sifatida 94-69% bura 6 -4 % magniy metal kukinidan foydalanish mumkin . Flyus yoriqqa va chiziqqa sepiladi. Oksidlanishdan saqlash va metal donalarining yiriklashshini oldini olish maqsadida payvandlash tez va bir o`tishda bajariladi.

Mis qoplamali metal elektrodlar bilan payvandlashda yahshi natijaga erishish uchun mis tarkibidagi kislorod miqdoro 0,01% dan ortiq bo`lsa payvand brikmalarining mehanikaviy hossalari yomonlashadi. Misni payvandlashda “Komsomolets-100” markali elektirodlar islatiladi “Komsomolets-100” elektirodning qoplamasining tarkibida : plavik shpati -12,5 % dala shpati-15 % ferromargenets Mp 1, Mp 2 – 47,5% , kremniyli mis - (73-75% mis ,23-25% kremniy , ko`pi bilan 1,5 % aralashma)-25% bor .


“Komsomolets-100” elektirodlari bilan payvandlash rejimlari quydagicha :

Metal qalinligi ,mm


Elektirod diametiri, mm
Tok A
3 gacha 3 150-200
3-5 4 250-300
5 dan ortiq 5 350-450
5 dan ortiq 6 500-600

Mis teskari qutiblilikdagi o’zgarmas tok bilan pastka holatdda payvandlanadi . 6 mm dan qlin listlarni payvandlashda asosiy metal payvandlash oldidan 300-400 C temperaturagacha qizdirib olinishi kerak .


Qalinligi 10 mm gacha bo`lgan mis listlari gaz alangasi bilan payvandlash metalning har bir mm qalinligiga 150 dm 3 atsetelin / soat quvvat bilan bajariladi. Bundan qalin listlar uchun metlning 1 mm qalinligiga 200 dm3/ soat atsetelin sarflanadi. Payvandlashni yahshsi ikki tomondan ikkita gorilka bilan birdaniga payvandlash vannasida mis oksidi hosil bo`lishiga yo`l qo`ymasdan bajarish lozim . Misni uglerodga boyitadiga alanga bilan payvandlashga ruxsat etilmaydi, chunki quydagi reaksiyalar natijasida CO + Cu20 - CO 2 + 2Cu va H2 + Cu20 - H20 + 2 Cu CO2 H20 gazlari vujudga kelib, g’ovaklar hamda chokda darzlar haosil qiladi.
Chok bir qatlam bilan to’ldiriladi. Ko’p qatlamli qilib gaz alangasida payvandlash metalni kuydiradi va chok metalida darzlar hosil qiladi. Misni kuyishdan saqlash uchun payvand birikmalarini yuqori temperaturada tez payvandlanib , tez sovutish lozim.
2 mm gacha qalinlikdagi metal qo’shimcha materiallarsiz uchma-uch qilib , 3 mm va undan qalin listlar qirralarini 1,5-2 mm to`qmoqlab, 90 C burchak hosil qiladigan qilib , Y – simon qilib payvandlanadi. Qalin mis listlar qirralarini X – simon qilib vertikal holatda ikkala tomondan ikkita gorelka bilan uchma-uch payvandlanadi.

Bunda qo`shimch sim sifatida sof mis ishlatiladi. Yoki tarkibida 0,2% gacha fosfor va 0,15-0,30% gacha kremniy bo`lgan mis ishlatiladi. Sim diametiri payvandlanadigan listlar qalinligiga qarab 1,5 da 8 mm gacha tanlanadi : diametric 8 mm li sim qalinligi 15 mm va undan qalin listlarni payvandlashda ishlatiladi.


Kukinsimon fulyusni atsetilin so`rib , so`ngra V N I I avtogenmash ishlsb chqqan KGF- 2- 66 markali mahsus qurilma orqali gorelka alangasiga uzatib , gazflyus vositasida payvandlash qo`llanilganda payvand brikma yuqori sifatli chiqadi.
Payvand konstruktsiyalarini boglash ularning mexanikaviy hossalarini yahshilaydi.
Latunniy payvandlash . Latun mis bilan rux qotishmasidir; uning suyiqlanish temperaturasi 800-1000 C
Latunni elektr yoyi bilan payvandlashda intensive ravishda rux bug`lanadi; suyuqlangan metal payvandlash vannasida qotib ulgirmasdan vodorodni yutadi, natijada chokda gaz govaklari paydo bo`ladi . Payvandlash vannasiga vodorod qoplama , flyus yoki havodan o`tadi.
Latunlarni qoplamali elektrodlar bilan payvandlash cheklangan , asosan quymadagi barakni to`girlahsda qo`lanadi. Bunga sabab yoy bilan yoki himoya gazida yoy bilan payvandlashga nisbatan ruxning intersiv buglanishidir.
Latunni elektr yoy bilan payvandlashda Leningraddagi Baltika zavodi ishlab chiqqan qoplamali 3T markali elektrodlar ishlatiladi. Bu elektrod tarkibida quydagi elementlar : Br . KMts 3-1 kremniy -marganetsli bronza sterjen (uning tarkibida 3% kremniy va 1% marganetsli ) ; 17,5 margaets rudasi, 75% li ferrosilitsiydan 32%, 25 % alyuminiy kukini bor

Payvandlash ruxning yohishini kamaytirish maqsadida teskari qutbli o`zgarmas tokda qisqa yoy bilan bajariladi . Payvandlash joyidan suyiq metal oqib krtmasin uchun uchma-uch birikish joyi orqa tomondan qizdirilgan asbest ostqo`yma bilan himoyalanadi . List qalinligi 4 mm gacha bo`lgana qirralar ishlanmy payvandlanadi. 4 mm dan qalin listlarning qirralari po`lat listlarni ishlash kabi ishlanadi. Payvandlab bo`lingach , chok boglanadi va himoyaviy tarkibni yahshilash va mayda donali struktura hosil qilish uchun 600-650 C da bo`shatiladi.


Latunni ko`mir elektrod bilan to`gri kutbli, o`zgarmas tokda flyuslardan foydalanib payvandlash mumkin
Latunni ko`mir elektrod bilan payvandlashda flyuslar ishlatiladi . Ulardan eng ko`p qo`llaniladigan BL-3 flyusi bo`lib , uning tarkibida 35% kriolit , 12,5% natriy hlorid, 50% pista ko`mir bor.
Latunni ko`mir elektrod bilan payvandlash rejimlari quydagicha.

Metal qalinligi. Mm


Ko`mir elektrod diametri, mm
Qushimcha sterjet diametri , mm
Payvandlash toki , A

3 6 4 180-200


5 10 6 240-270
10 18 8 400-450
14-16 20 10 450-550
Qalinligi 10 mm gach bo`lgan latun qizdirilmay, 10 mm dan qalinlari 300-350 C temperaturagacha qizdirb payvandlanadi.
Latunlarni gaz alangasida payvandlashda qoplamali elektrodlar bilan elektr payvandlashga nisbatan payvand birikmalari sifatli chiqadi. Ruxning kamroq bug`lanishi uchun latunni oksidlovcha alanga bilan payvandlanadi ; bunda payvandlash vannasi sirtida ruxning bug`lanishiga qarshilik ko`rsatadigan suyuq plyonka hosil bo`ladi. Ortiqcha kislorod alangadagi vodorodni bir qismini osidlaydi va suyuq metal vodorodni kam yutadi
Latunni gaz alangasi bilan payvandlashda mis oksidi va rux oksidini slakka chiqarish uchn misni ko`mir elektrod bilan elektr yoyi payvandlashda ishlatiladigan flyuslardan foydalaniladi.
Ruxni buglanishni hamda payvandlash vannasinini vodorodni yutishini kamaytirish uchun alanga yadrosini uchini payvandlanadigan metaldan po`latni payvandlashdagidan 2-3 martta uzoqroq masofada tutib turish lozim.
Latunlarni gaz alangasida payvandlash uchun V N I I avtogenmash LK62-0,5 (GOST 16130-72) qo`shimcha simini ishlab chiqargan, uning tarkibida 60,5-63,5 % mis 0,3-0,7% kremniy qolgani rux . Bu sim bilan payvandlash flyus sifatida toblangan buradan foydalaniladi.
V N I I avtogenmash latunlarni uchun o`zi flyuslaydigan LK62-LKBO62-02-004-05 markali (GOST 16130-72) qo`shimcha simini ishlab chiqdi, uning tarkibida 60,5-63,5 % mis 0,3-0,7% kremniy, 0,3-0,7% qalay qolgani ruxdan iborat. Bu sim bilan payvandlashda boshqa flyuslardan foydalanish talab qilinmaydi.
Latunlarni gaz alangasida BM-1 flyusdan foydalanib payvandlaganda payvand brikmasi sifatli chqadi. BM-1 flyusini V N I I avtogenmash ishlab chiqqan bo`lib , uning tarkibida 25% metil spirit, va 75% metilborat bor, BM-2 markali flyus esa faqat metilboratdan iborat.

Bu flyuslar payvandlash vannasiga bug`lar ko`rinishda kiritiladi. Atsetelin alohida idishdagi suyuq flyus orqali o`tkaziladi , flyus bug`lar bilan boyitiladi va gorelkaga yuboriladi. Flyus alangada 2B (CH3O)3+ 902 = B 2O3+6CO2 + 9H2O reaksiya bo`yicha yonadi. Bor angdrid B2O3 flyuslovch element hisoblanadi. BM -1 flyusidan foydalanilganda ish unumi ortadi chok metali yuksak mehanikaviy hossalarga ega bo`ladi ba payvandlash protsesining payvanddi uchun to`la zararsiz bo`lish ta`minlanidi.


Bronzani payvandlash . Bronza mis bilan qalay (3-14% qalay bronzalar ), kremniy (1% - gacha – kremniyli bronzalar ), marganets , fosfor , berilliy va hakozolarning aralashmasidan iborat. Odatda, bronza quyma detallar tayyorlashda islatiladi.

Marganetsli bronzani (0,2-1% marganets) payvand birikmalari juda plastic va mustahkamligi mis payvand birikmasidan ortiq.


Tarkibida 0,05% gacha berilliy bo`lgan berilliyli bronzalar qoniqarli mustahkam payvand birikma hosil qiladi.

Mis qotiishmasida berilliy miqdori 0,5% dan ortiq bo`lgan , payvandlash vaqtida berelliy oksidi hosil bo`lib, bu oksid payvand bannada juda qiyinlik bilan chiqariladi Shu sababdan bunday payvand (bronzadan) birikma sifatli bo`lmaydi.


Bronzalarning bir necha o`n hil markalari mavjud . Bronzalar payvandlaruvchanligi jihatidan bir-biridan farq qiladi , shu sababli bronzalarni payvandlash tehnologiyasi ham turlichadir

Bronzani qo`shimcha material bilan ko`mir elertrod vositasida , qoplamali elektrodlar va suyuqlanmaydigan (Volfram) elektrodlar bilan argon himoya muhitida payvandlsh mumkin Ko`mir elektrod bilan ti`g`ri kutbli tokda Payvandlaniladi; yoyni kuchlanishi 40-45 B; payvandlash toki elektrod diamrtirining har bir mm siga 25-35 A. Ko`pchilik hollarda 300- 400 C gacha qizdirib payvandlanadi .


Metal qoplamali elektrodlar bilan payvandlahsda teskari qutbiylik olinadi; tok kuchi ostselyator bilan kuchytirilgan o`zgaruvchan tokda (X X I bobga qarang) payvandlanadi.


Odatda qo`shimcha metallar shunday tallanadiki , uning himyaviy tarkibi payvandlanadigan metalning himyaviy tarkibi bilan bir hil bo`lsin


Qalayli bronzani ko`mir elektrod bilan payvandlashda metal qushdagi himyaviy tarkibli chiviqlar holatida ishlatiladi: fosfor temir va nikelning har biridan 0,2-0,3% qolgani misdanniborat.

Marganetsli bronzalar (masalan , Br . MTS 5) albatta oldindan 400-500 C gacha qizdirilib “Komsomolets-100” elektrodlari bilan payvandlanadi . Alyuminiyli va alyuminiy-nikelli bronzalarni (quydagi nuqsonni yo`qotish uchun ) oldindan 150-300 C gacha qizdirib , ANMts/LK3-AB elektirodi bilan payvandlanadi. Payvandlash o`zgarmas tkda teskari qutbiylikda , qisqa uchastkalarga bo`lib bajariladi. Bronza odatda , pastki yoki qiya (15 C gacha ) holatda payvandlanadi.


Bronzalarni gaz alangasida payvandlash tiklash alangasi bilan bajariladi chunki oksidlovchi alangada legirlovchi elementlar (qalay , alyuminiy , kremniy) yonib ketadi . Alanga quvvati payvandlanadigan metalning har bir mm qalinlogiga 100-150—dm3 atsetilen/soat hisobida belgilanadi. Bronzallarni payvandlashda mis va latunni payvandlashdagi flyuslar foydalaniladi

Bronzani gaz alangasida payvandlashda payvand birikmaning mustahkamligining 80-100% ni tashkil etadi.



www.UzReferat.ucoz.net

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling