Misrda yangi syomka 2


Download 26.61 Kb.
bet13/14
Sana25.02.2023
Hajmi26.61 Kb.
#1228647
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Javoxir 140223 (2)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu
Nazorat savollari:
1 Qachon “Bino va inshootlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi haqida qo'llanma”ning joriy qilingan?
2 Davlat ro‘yxatidan o ‘tkazishning asosiy maqsadi nima ?
Adabyotlar
Karimov I.A. «0‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». — T.: O'zbekiston. 2011.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston. 1992.
O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi. - T.: O'zbekiston. 1998.
O'zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi. — T.: 2002.
O'zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to'g'risidagi»gi qonuni. — T.: Xalq so'zi gazetasi. 1998. O'zbekiston Respublikasining «0'rmon to'g'risida»gi qonuni. — T.: 1999


Mavzu:Ko'chmas mulkni inventarizatsiya qilish
Reja:
1 Tuman hokimining qarori
2 inventarizatsiyasi natijalari
Iboralar: inventarizatsiya
Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan ko‘chmas mulk ob’yektlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun onlayn-arizalarni qabul qilish tizimi ishga tushirildi.
«Sizning foydalanishingizdagi bino, inshoot yoki yer uchaskasining huquqiy xujjatini rasmiylashtirishga oid hal etilmagan muammolar mavjud bo‘lgan taqdirda, Siz rejali xatlovni o‘tkazilishini kutmagan holda, ob’yektni inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun onlayn-ariza berishingiz mumkin», — deyiladi boshqarma sayti xabarida.
Sizning ko‘chmas mulk ob’yekti inventarizatsiyasi natijalariga ko‘ra, yer uchastkasiga huquqni belgilash, o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni buzish yoki ularni mulk huquqi bilan saqlab qolish, yer uchastkalarining maydonlarini qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar bilan muvofiqlashtirish masalalarini hal qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Tayyorlangan takliflar tuman hokimligidagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’yektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha komissiyaga taqdim etiladi.
Komissiya materiallarni olgan kundan boshlab bir hafta mobaynida taqdim etilgan takliflarni ko‘rib chiqib, ularni asoslanganligini o‘rganadi.
Yakuniy takliflar Komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tuman hokimiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Tuman hokimi taqdim etilgan takliflarni ko‘rib chiqadi va ular huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asoslangan bo‘lsa, besh kun mobaynida o‘zining qarori bilan tasdiqlaydi. Tuman hokimining qarorida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini tartibga solish bo‘yicha qarorlarni amalda bajarilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ham nazarda tutiladi.
Tuman hokimining qarori kadastr yig‘majildiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki tuman hokimligi tomonidan kelgusida o‘zboshimcha qurilmalarni buzish hamda noqonuniy egallangan yer maydonlarini bo‘shatish maqsadida materiallarni sudga berish uchun asos hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2017 yil so‘ngiga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’yektlari ommaviy inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan maqsad — yerga egalik qilish va undan foydalanish masalalarini huquqiy jihatdan hal etishdan iborat.

Download 26.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling