Mitoz va Meyoz
MITOZ
Ko‘payish yoki o‘zini-o‘zi qayta tiklash – hujayraning nasl qoldirish qobiliyati.
Hujayraning yashash muddati tuzilishi va funksiyasiga bog‘liq. Masalan:
nerv va muskul hujayralari embrional rivojlanish davri tugagandan keyin BO‘LINMAYDI
suyak iligi, epidermis, ichak epiteliysi butun umri davomida bo‘linib ko‘payib turadi.
Hujayraning hayot sikli - bo‘linishdan hosil bo‘lgan yangi hujayraning nobud bo‘lishigacha yoki keyingi bo‘linishigacha bo‘lgan davri
Mitoz sikli - hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik davri hamda mitoz bosqichlarini davom etishiga aytiladi
Bilib qo`ying! Hujayraning genetic tarkibi :
n – xromosomaning gaploid to`plami belgisi
2n – xromosomaning diploid to`plami belgisi
4c – xromosomaning tetraploid to`plami belgisi
***********************************************************************************************
c – DNKning gaploid to`plami belgisi
2c – DNKning diploid to`plami belgisi
4c – DNKning tetraploid to`plami belgisi
Interfaza - bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo‘lgan tayyorlanish davri
1.G 1 davr – 2n 2c
DNK sinteziga tayyorgarlik bosqichi
oqsil va RNKlar juda tezlik bilan sintezlanadi.
DNK sintezida ishtirok etadigan fermentlarning faolligi ortadi
hujayra jadal o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |