Miyasidа finnа, ya’ni sеnur bo’lgаn qo’ylаr bеzоvtаlаnаdi, tipirchilаydi, bir


Download 10.49 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi10.49 Kb.
#198326
Bog'liq
referat


Miyasidа finnа, ya’ni sеnur bo’lgаn qo’ylаr bеzоvtаlаnаdi, tipirchilаydi, bir

jоydа turib аylаnаvеrаdi. Ba’zi qo’ylar boshini orqasiga tashlab yoki pastga egib

oldinga yuradi yoki orqasiga tisarila

boradi. Bu kasalga uchragan hayvon

oriqlaydi, yotgan joyidan turolmaydi va

oxir-oqibat darmonsizlanib o’ladi.

45-rаsm. Sеnurоz bilаn kаsаllаngаn

qo’ylаrning hоlаti: а-miyachаsi zаrаrlаngаn,

b-оrqа miyasi zаrаrlаngаn, v-miyaning

pеshonа qismi zаrаrlаngаn, g-miyaning ensа

vа chаkkа qismi zаrаrlаngаn, d-miyaning оrqа

qismi zаrаrlаngаn.

Yuqorida ko’rsatilgan belgilarga

qarab kasallangan chorva mollarni

osongina aniqlash mumkin. Pufаk tiniq

suv bilаn to’lgаn bo’lib, uning ichki

pаrdаsidа 100-250 tаgаchа pаrаzit

bоshchаlаri, ya’ni skоlеkslаri to’p-to’p bo’lib jоylаshgаn. Bu chuvalchangning

pufakchali, ya’ni finnali lichinkasi qo’zg’atadigan kasallik senuroz deyiladi va unga

chalingan mollar halok bo’ladi yoki majburan go’shtga topshiriladi.

Umuman, senur, ya’ni pufakli lichinka-finna juda sekin o’sadi. Masalan:

qo’ylar zararlangandan 2 hafta o’tgach pufakning diametric 3-5 mm atrofida, 6 hafta

o’tgach, 2-3 sm va 2-3 oy o’tgach 3,5 sm atrofida bo’ladi. Shu davrdan boshlab

pufaklarning ichki pardasida parazitning boshchalari, ya’ni skolekslari yetishadi.

Аsоsiy хo’jаyinlаri qo’y miya qurti bilаn kаsаllаngаn qo’ylаrning vа bоshqа

chоrvа mоllаrining bоsh vа оrqа miyalаridа jоylаshgаn pufаkli finnаni istе’mоl

qilishi оrqаli o’zlаrigа yuqtirаdi. So'ngra ularning ichaklarida 41-73 kundan keyin

jinsiy voyaga yetgan tasmasimon qo'y miya qurti hosil bo'ladi. Yuqorida

aytganimizdek, qo'ylarning miyasida uchraydigan pufakli finna senuroz kasalligini

vujudga keltiradi. Senuroz (gir aylanma yoki tentak kasal) - surunkali gijja kasalligi

bo'lib, u bilan asosan yosh qo'ylar va echkilar ko'proq kasallanadi. Senuroz bilan

191


kasallangan hayvonlarni davolashning birdan-bir usuli jarrohlik yo'li bilan bosh

miyadan parazitning pufakli finnasini olib tashlashdan iboratdir.

Senuroz kasalligi odamlarda ham uchrab turadi. Uni davolash faqat jarroh

mahoratiga bog'liq. Hozirgacha senuroz kasalligiga chalingan odamlarning soni 42

taga yetgani fanga ma'lum. Bu kasallik Fransiya, Angliya, Ispaniya, Meksika va

Afrikada, shuningdek, MDH mamlakatlaridan Quyi va O'rta Volga, Ural,

Qozog'iston, Shimoliy Kavkaz, Sibir, O'rta Osiyo davlatlarida, Ukraina va Kavkazorti

davlatlarida uchrab turadi.

Exinokokk (Echinococcus granulosus). Mahsuldor hayvonlarga va

odamlarga juda katta zarar keltiradigan tasmasimon chuvalchanglardan yana biri

exinokokk (Echinococcus granulosus) hisoblanadi. Voyaga yetgan exinokokkning

shakli tasmasimon bo'lib, uzunligi 2-6

mm atrofida, tanasi skoleks va 3-4

bo'g'imdan iborat. Skoleksida 4 ta

so'rg'ichi va xartumi bor. Xartumi ikki

qator joylashgan, 28 tacha xitinli

ilmoqchalar

bilan


qurollangan.

Skoleksdan

keymgi

birinchi

va

ikkinchi



bo'g'imlari

germafrodit

bo'lib, unda 50 ga yaqin urug'don,

urug' tashuvchi naycha, jinsiy bursa,

tuxumdon, melis tanachasi va qin

joylashgan. Oxirgi yetilgan bo'g'imi

400-800 ta tuxum bilan to'lgan bo'ladi

(46-rasm).

46-rasm. Exinokokk (Echinococcus

granulosus) ning rivojlanish sikli sxemasi.

Voyaga yetgan tasmasimon exinokokk it va boshqa go'shtxo'r yirtqich

hayvonlarning ichagida 6 oy, ba'zan 1 yilgacha yashashi mumkin. Exinokokkning

yetilgan oxirgi bo'g'imlari asosiy xo'jayini axlati bilan tashqariga chiqariladi va bu

192


bo'g'imlar faol harakat qilib, 5-25 sm gacha bo'lgan masofam bosib o'tib, yem-xashak

hamda boshqa narsalarga o'z tuxumlarini sochadi.

Oraliq xo'jayinlar, ya'ni qo'y. echki, qoramol, tuya, cho'chqa va boshqa o'txo'r

hayvonlar exinokokk tuxumlarini yem-xashak bilan yutib, bu parazitni o'zlariga

yuqtiradi.

Mazkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka - onkosfera

tezda ichakni teshib qonga o'tadi, so'ng hayvonlarning o'pkasi, jigari, buyragi va

boshqa organlariga .borib joylashadi. Bu organlarda exinokokk pufagi hosil bo'ladi.

U juda sekin va uzoq o'sib, tobora kattalashib boradi.

Exinokokkning pufakli shakli 10-30 yilgacha ham o'sishi mumkin. Pufak

ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkarisiga qayrilgan

ilmoqchali shakllar hosil bo'ladi. Exinokokk pufaklari bilan zararlangan organlarm'ng

hajmi kattalashib, shakllari o'zgarib ketadi.

Exinokokk pufaklari no'xatdek, yong'oqdek, olmadek, yosh bola boshiga teng

keladiganlari va undan ham katta bo'ladi. Masalan, exinokokk pufagi bilan

zararlangan sigir o'pkasida og'irligi 32 kg, jigarida esa 64 kg keladigan fmna

topilganligi va bunday fmnadan 43 litrdan ortiq suyuqlik olinganligi fanga nia'lum.

Bimday miqdordagi suyuqlik xo'jayinining organizmini albatta kuchli zaharlaydi.

Demak, exinokokk pufagi, birinchidan, hajmining katta bolishi, ikkinchidan, birinchi

pufak ichida ko'p miqdorda ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining bolishi va bar

qaysi pufakchaning ichida bir nechtadan bo'lajak tasmasimon exinokokkning boshlari

- skolekslari bolishi bilan boshqa tasmasimonlarning fmnasidan farq qiladi.

Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda lichinkalarning soni 10

tadan. 1000 tagacha bo'ladi. Asosiy xo'jayinlari exinokokk pufagi bilan zararlangan



organlarni iste'mol qilish natijasida ularning ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi

skolekslardan jinsiy voyaga yetgan tasmasimon exinokokk hosil boladi.
Download 10.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling