Mizrobjon Xalim o’g’li Zaripov
Academic Research in Educational Sciences
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
723-731
- Bu sahifa navigatsiya:
- Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 727 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-723-731 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 727 www.ares.uz –ikkilamchi reaksiyalarning faollanish energiyasi: –elementli parchalanishning faollanish energiyasi. Agar termik jarayonning maqsadli vazifasi alkenlarni olish bo‟lsa, unda reaksiyani yuqori haroratda o‟tkazish kerakki birlamchi reaksiyalarning tezligi ikkilamchi jarayolarning tezligidan yuqori bo‟lsin. Ammo haroratni 900 0 S dan yuqori ko‟tarish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda ma`lum darajadagi tezlik bilan parchalanish reaksiyalari boshlanadi. Past molekulali alkenlarni olish uchun jarayonni pastroq bosimda o‟tkazish kerak. Reaksiyalarning kam davom etishini ta`minlash uchun хomashyo oqimining katta tezliklarini talab qiluvchi jarayonning teхnologik хususiyatlari ancha katta gidravlik qarshiliklarini yengish bilan bog‟liq, buning uchun reaksion zmeyevikka kirish joyida oshirilgan bosim vujudga keltiriladi. Uglevodorodlar bosimining pasayishi хomashyoni inert moddalar (odatda suv bug‟i bilan) yordamida suyultirish bilan amalga oshiriladi. Uglevodordlar pirolizining tezligi molekulyar vodorod ishtirokida oshadi. Atomar vodorod bilan bir qatorda pirolizning zanjirli jarayonini olib boradigan metil radikali molekulyar vodorod ishtirokida ikkita parallel bo‟yicha tasirlashadi vodorod molekulasi va dastlabki uglevodorod, masalan geksan bilan: ̇ ̇ ̇ ̇ haroratda birinchi reaksiyaning tezlik konstantasi ikkinchisinikiga qaraganda bir tartib yuqori ( ) konsentratsiyasi bir hil bo‟lganda). Metil radikalining alkenlar bilan reaksiyasi tezligi vodorod bilan o‟zaro ta`sir tezligidan pastdir (1–buten uchun tezlik konstantantasi 4 martaga farq qiladi). Hosil bo‟layotgan atomar vodorod хomashyo uglevodorodlarining molekulalari bilan ta`sirlashadi. Bu reaksiyaning tezlik konstantasi uglevodorodlarning metil radikali bilan o‟zaro ta`sir tezlik konstantasida 2–3 tartibga ko‟pdir. Natijada molekulyar vodorod piroliz yig‟indi jarayonining gomogen katalizatori rolini o‟ynaydi. Bundan tashqari, u vinil radikallari bilan ta`sirlashib dienlar hosil bo‟lish reaksiyasini ma`lum darajada yengadi va ularni etilenga birikishini oldini oladi. Buning natijasi bo‟lib kondensatsiyaning og‟ir mahsulotlarining chiqishining pasayishi hisoblanadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling