Mmibdo’: Abdullayeva Sh. U


Download 26.58 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi26.58 Kb.
#1701665
Bog'liq
Gulmiraga tavsifnoma


Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanidagi MMTB tasarrufidagi 28-umumiy o’rta ta’lim maktabi 4”B”-sinf rahbari Abdullayeva Gulmira Urinbayevnaga
TAVSIFNOMA
Abdullayeva Gulmira Urinbayevna 2004-2005 o’quv yilidan buyon shu maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda
Hozirgi kunda 4”B”- sinf rahbari, ish faoliyati davomida 2014-2015 o’quv yilida turli mavzularda maktabda ochiq dars va tadbirlar o’tkazib o’quvchilarni ma’naviy yuksalishiga o’z hissasini qo’shdi.
O’qituvchi o’z fani bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan muntazam mashg’ulotlar olib boradi. Maktabda Boshlang’ich sinflar uslub birlashmasining vazifalarini muntazam bajarib keladi, boshqa fan o’qituvchilari bilan dars tahlillariga kirib o’z tajribasini yanada boyitib boradi. Kutubxonada badiiy kitoblar, gazetalardan foydali ma’lumotlar olib boradi. Maktabda siyosiy o’quv darslariga qatnashib boradi.
4”B”- sinfida yil davomida ochiq tarbiyaviy soat darslar tashkil etib, multimedia vositalaridan foydalanib dars o’tadi. O’qituvchi sinf o’quvchlari, ota-onalari bilan doimo suhbatlar o’tkazib boradi va ularni darsga jalb etib boradi.O’quvchilarga o’ta mehribonlik va jonkuyarlik bilan yondashadi.
O’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda kelajakka va vatanga bo’lgan ishonchini mustahkamlashda katta yordam berib kelmoqda.
MMIBDO’: Abdullayeva Sh.U
Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanidagi MMTB tasarrufidagi 28-umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Abdullayeva Gulmira Urinbayevnaga
T A V S I F N O M A
Abdullayeva Gulmira Urinbayevna 2004-2005 o’quv yilidan buyon shu maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda
Abdullayeva Gulmira o’qituvchi sifatida har bir darsga jiddiy yondashadi.
Mohir pedagog darslarning DTS talablari va yangi pedagogika texnologiyani qo’llagan holda qiziqarli olib boradi.
O’z darslarida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga chaqiradigan, ularning faolligini oshiradigan dars usullaridan unumli foydalandi.
O’quvchilar bilimini xolisona baholash maqsadida joriy va oraliq nazoratlarini zamonaviy usullardan foydalangan holda tashkil etadi.
Ma’lum bir mavzu bo’lim yoki bobdan so’ng o’quvchilarni o’zlashtirishiga qarab didaktik kartochkalar va testlardan foydalanadi. Iqtidorli o’quvchilar bilan alohida ish olib boradi. Bulardan Xayitboyev Islom, Ametova Umida, Allanazarova Charos,Xudayarova Elyanura.
O’qituvchi tarbiyaviy sinfdan tashqari ishlarni samardorligi va sifatiga alohida e’tibor beradi. Fan bo’yicha o’quvchilari maktabdan tashqari tadbirlarda qatnashadi, turli bellashuvlarda ishtirok etadi.
O’qituvchi sinf o’quvchlari, ota-onalari bilan doimo suhbatlar o’tkazib boradi va ularni darsga jalb etib boradi.O’quvchilarga o’ta mehribonlik va jonkuyarlik bilan yondashadi. O’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda kelajakka va vatanga bo’lgan ishonchini mustahkamlashda katta yordam berib kelmoqda.
O’IBDO’: Xudayarov Sh.J
Download 26.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling