Mmt 93k-2 guruh talabasi Yigitaliyev Mirzohid


Download 25.03 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi25.03 Kb.
#1788886
Bog'liq
Investitsiya Mustaqil ish


MMT 93k-2 guruh talabasi
Yigitaliyev Mirzohid
19-Variant
Savol; Investitsiya krеditlarining samaradorligini oshirish yo’llari
Javobini rejalarga bo’lgan holda topamiz
Reja

  1. Investitsiya krеditlarining o’zi nima

  2. Uni samaradorligini oshirish yo’llari qanday.


Hozirgi kunda har qanday mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirshning asosi sifatida investitsiyalarga e’tibor qaratilmoqda. Chunki jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, qaysi davlat iqtisodiyotiga ko‘proq investitsiya jalb qilgan bo‘lsa va qulay investitsion muhit yaratgan bo‘lsa, o`sha davlat iqtisodiyotininng jadal o‘sishiga erishmoqda. Investitsiya iqtisodiy kategoriya sifatida juda keng ma’noga egadir. Investitsiyalar tushunchasi (lotincha “investio” so‘zidan olingan bo‘lib, “kiyinaman” degan ma’noni anglatadi) amalda har qanday lug‘atda mamlakat ichkarisida va xorijda iqtisodiyot tarmoqlariga kapital qo‘yish sifatida talqin qilinadi3 . Investitsiya atamasiga iqtisodiy kategoriya sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida quyidagicha ta’rif berilgan: “Investitsiyalar — qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar” 4 . Bundan tashqari bu qonunda bir qator investitsiyaga bog`liq quyidagi atamalarga ta’rif berilgan: “Investor — investitsiya faoliyati ob’ektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti; Investitsiya majburiyati — investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning o‘zi qabul qiladigan majburiyati; Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui; Investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalari bajarilishini ta’minlovchi investitsiya faoliyati sub’ekti; Reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar”. Investitsiyalarga turli olimlarimiz tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Jumladan, professor B.Y.Xodiyev va professor Sh.Sh.Shodmonov investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berganlar: “Investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko`rinishidir”6 . Olimlarimiz bu ta’rifada asosiy e’tiborni ishlab chiqarishga qaratganlar ya’ni investitsiyalarni korxonalarning asosiy va aylanma kapitalini qayta tiklash va ko‘paytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflar sifatida qaraganlar. Yana bir qator olimlarimiz tomonidan investitsiyalarga turli ta’riflar berilgan: “Investitsiyalar – foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo‘yiladigan pul mablag‘lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunlar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa molmulk yoki mulkiy huquqlar, intelektual boyliklar” “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi” “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir.
Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlari tomonidan quyidagicha tavsiflangan:  “Investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi ob’ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi” “Investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig‘indisi tushuniladi” “Investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning turli tarmog‘iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qo‘yilmasi sifatida namoyon etadi” “Investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tashkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag‘larini uzoq muddatga kiritishni anglatadi”
Investitsiyalar keng ma’noda o‘zini mablag‘lar va resurslarning kelgusida ko‘payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon etadi. “ Investitsiyalar ― iqtisodiy o‘sishning muhim omili bo‘lib, asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari yoki davlat tomonidan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularga bo‘lgan huquqlar hamda mavjud jamg‘arilgan kapitaldan kelajakda foyda olish maqsadida amalga oshirilgan kapital qo‘yilmalaridir. Investitsiyalar pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiyalar deyiladi.
Mamlaklatimizni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, faol investitsiya siyosatini yuritish, innavatsion rivojlanish, aholi farovonligini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilanib, hozirgi kunda bu sohalarda juda katta islohatlar amalga oshirilmoqda. Bu borada iqtisodiyotni rivojlantirishning birlamchi omili sifatida faol investitsiya siyosatiga e’tibor qaratilmoqda. Jahon tajribasiga e’tibor bersak, hozirgi kunda iqtisodiyotini rivojlantirishning eng samarali va foydali yo‘li bu iqtisodiyotga ko‘roq investitsiya jalb qilish sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratishga, investorlarga har tomonlama imtiyozlar berish va shu orqali iqtisodiyotga investitsiyalar oqimini ko‘paytirishga doir ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotiga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda va investitsiyalar hajmi yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Endigi vazifa qulay, har tomonlama takomillashgan investitisya muhitini mamlakatimizda yaratish hamda jalb qilinayotgan investitsiyalardan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish va jalb qilingan investitsiyalardan hududlar bo‘yicha taqsimlanish jarayonini takomillashtirish, har bir sohaga investitsiyalar jalb qilgan holda sohlardagi kamchliklarni oldini olish va sohani rivijlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish kabilardir. Investitsiya jalb qilish oqimini ko‘paytirish hozirda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Investitsiya jalb qilish hajmini oshirish uchun eng avvalo investorlarni kiritgan investitsiyasidan foyda ola olishiga ishontira olish kerak va haqiqatda ham, investor o‘z kiritgan sarmoyasidan samarali foyda ola olishiga shart-sharoitlar yaratib berish muhim hisoblanadi. Bu sohadagi muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotiga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmini oshira olamiz. Bu yo‘lda mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarga katta e’tibor qaratilishini talab qiladi. Bunda, bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini ko‘paytirish va ularning samaradorligini oshirish muhimdir. Bilamizki, mamlakatimizda ham investitsiya siyosatiga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buning natijasida mamlakatimizning investitsion jozibadorligi yildanyilga oshib, investitsiya kirib kelish hajmi sezilarli darajada oshib bormoqda. Buning isbotida har bir sohada bo‘layotgan o‘zgarishlarni keltirishimiz mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda investitsiya hajmini oshirish mamlakatimizda investitsion muhitni takomillashtirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan islohatlarni davom ettirish zaruratini tug‘diradi va bu ishlarni izchil davom ettirgan holda mamlakatimizda tez fursatlarda yuqori makroiqtisodiy o‘sish sur’atlariga erish va iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish kabi maqsadlariga erishish bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy vazifadir. Chunki mamlakatning har qanday sohasini rivojlantirish bevosita iqtisodiyotga bog‘liq hisoblanadi.
XULOSA
Mamlakatimizda yildan-yilga iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirishga doir juda ko‘plab islohatlar va amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu islohatlar va amaliy ishlar natijasi sifatida mamlakatimizda makroiqtisodiy o‘sish sur’atlari oshib, makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanib kelmoqda. Hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim sharti bo‘lagan faol investitsiya siyosati amalga oshirilmoqda. Buning natijasini esa mamlakatimizga kirib kelayotga investitsiyalar hajmining muttasil o‘sib borayotgani orqali ko‘rishimiz mumkin. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Modernizatsiyalash va sanoatni jadal rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulkchilikning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, viloyat, shahar va tumanlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni yaxshilash yo‘li bilan mamlakat iqtisodiyoti va mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad eng avvalo mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va iqtisodiy barqarolik ni ta’minlashdir. Jahon tajribasi shuni ko‘rishimiz mumkinki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa va o‘ziga xorijiy investitsiyalarni ko‘p jalb qilgan bo‘lsa o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Jahon tajribasidan ma’lumki, iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya siyosatini olib borish eng oqilona va samarili yo‘l hisoblanadi. Qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki investitsiya orqali iqtisodiyotda yangi korxonalar barpo etiladi, ishlab chiqarish kengayadi, 80 iqtisodiyotga turli innavatsion g‘yalar kirib keladi, iqtisodiyot qaytadan qurollanadi, mamlakatda aholi farovonligi oshadi, bo‘sh ish o‘rinlari yaratiladi va shu orqali mamlakatda ishsizlik darajasi keskin kamayadi, mamalakatda urbanizatsiya darajasi oshadi, mamlakat hududlarida infratuzilmasi rivojlanadi, korxonlar har tomonlama jahon standartlari darajasida modernizatsiya va diversifikatsiya qilinadi. Investitsiya yuqorida sanab o‘tilgan sohalarga ta’siri orqali aholining daromadlari oshishiga va aholi turmush darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Investitsiya jalb qilish oqimini ko‘paytirish hozirda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Investitsiya jalb qilish hajmini oshirish uchun eng avvalo investorlarni kiritgan investitsiyasidan foyda ola olishiga ishontira olish kerak va haqiqatda ham, investor o‘z kiritgan sarmoyasidan samarali foyda ola olishiga shart-sharoitlar yaratib berish muhim hisoblanadi. Bu sohadagi muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotiga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmini oshira olamiz. Bu yo‘lda mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarga katta e’tibor qaratilishini talab qiladi. Bunda, bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini ko‘paytirish va ularning samaradorligini oshirish muhimdir. Bilamizki, mamlakatimizda ham investitsiya siyosatiga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buning natijasida mamlakatimizning investitsion jozibadorligi yildanyilga oshib, investitsiya kirib kelish hajmi sezilarli darajada oshib bormoqda. Buning isbotida har bir sohada bo‘layotgan o‘zgarishlarni keltirishimiz mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda investitsiya hajmini oshirish mamlakatimizda investitsion muhitni takomillashtirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan islohatlarni davom ettirish zaruratini tug‘diradi va bu ishlarni izchil davom ettirgan holda mamlakatimizda tez fursatlarda yuqori makroiqtisodiy o‘sish sur’atlariga erish va iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish kabi maqsadlariga erishish bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy vazifadir. Chunki mamlakatning har qanday sohasini rivojlantirish bevosita iqtisodiyotga bog‘liq hisoblanadi.
Download 25.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling