Mmt 95-2 gurux talabasi Yusuov Farrux 24 variant


-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1415341
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Оралиқ назорат макро1

8-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi 
ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli 
investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi. 
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa omillar. Akselerator
modeli. 
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof 
foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida 
teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya 
xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va 
aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay 
qoladi. 
Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo’llashdan 
zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: 
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%. 
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz 
stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal 
stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% 
ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-
12%) tashkil etadi. 
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi: 
1. Soliqqa tortish darajasi; 
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar; 
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori; 
4. Investorlarning kutishi; 


5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi. 
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi 
kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga olib 
keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi. 
Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli 
aks ettiradi: 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling