Mo-91 guruh talabasi Nishonov Abbosbekning Statistika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi refarati


Download 0.52 Mb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1526108
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
STATISTIKA






MO-91 guruh talabasi
Nishonov Abbosbekning Statistika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi refarati

Mustaqil ishi mavzusi: O‘zbekiston Respublikasi, Germaniya, Vetnam Butan mamlakatlarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili

O‘zbekiston Respublikasi, Germaniya, Vetnam Butan mamlakatlarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili
Reja:
Kirish………………………………………………….
1. O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili………………
2. Germaniyaning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili……………………………….
3.Vetnamnning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
4.Butanning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
5.Oʼzbekiston Respublikasi va dunyoning ayrim mamlakatlarining asosiy koʼrsatkichlarining qiyosiy taqqoslama xulosasi………………………………...
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati………………

Kirish
Biz bu mustaqil ishida mamlakatimizning dunyoda tutgan o‘rnini aniqlashga harakat qilamiz. Buning uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari “YaIM, inflyasiya, ishsizlik, pul muomalasi, almashuv kursi, eksport – import operatsiyalari, davlat byudjeti, oltin-valyuta zahirasi, to‘lov balansi va shu kabilar” asosida rivojlangan, sobiq sosialistik va rivojlanayotgan davlatlar misolida mamlakatlararo yuqoridagi ko‘rsatkichlar yordamida taqqoslaymiz.
Mustaqil ishida, shuningdek mamlakatlarning aholi soni, uning turmush darajasi, yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi va kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi hajmini o‘zgarish dinamikasi, iqtisodiyotga davlatning aralashuv darajalari, iqtisodiyotning monetizasiyalash darajasi, ularni hisoblash usullarini va tahlilini rasmiy statistik ma'lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz.
Ushbu mustaqil ishida biz mamlakatimizning iqtisodiy ko`rsatgichlarini rivojlangan davlatlardan biri hisoblangan Germaniya, Vetnam hamda qoloq davlatlar sirasiga kiruvchi Butan bilan solishtiramiz. Lekin shuni e'tiborga olish lozimki, mamlakatlarni rivojlanish darajasini baholashda iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘liq ifoda eta olmaydi. Shu bilan birga
aholining o‘rtacha umr ko‘rishi, savodxonlik darajasi, sog‘liqni saqlash tizimining rivoji va sifati hamda boshqa ko‘rsatkichlar ham xalqaro taqqoslashlarda keng foydalaniladi.
Mustaqil ishini yozishdan yana bir maqsadim - mamlakatlar iqtisodiyotini taqqoslash bilan bir qatorda mamlakatlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, boshqa nazariy bilimlar bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni ta'minlashdir.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling