1. O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda joylashgan bo‘lib, uning hududi 448,97 ming km kvadratni tashkil qiladi. O‘zbekiston hududining kattaligi jihatdan dunyoda 59 o‘rinda turadi.
1-jadval
O`zbekiston bilan chegaradosh mamlakatlar
|
Afg`oniston
|
137 km
|
Qozog`iston
|
2 203 km
|
Qirg`iziston
|
1 099 km
|
Tojikiston
|
1 161 km
|
Turkmaniston
|
1 621 km
|
Chegaraning umumiy uzunligi
|
6 221 km
|
1-jadval ma'lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, mamlakatimiz asosiy chegarasi Qozog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakt iqlimi keskin kontinental (tez isib yoki tez sovuchan). Umumiy chegarasi 6221 km ni tashkil qiladi. O‘zbekistonning milliy valyutasi so‘m birligi bo’lib, davlat tili o‘zbek tili.Maydoni — 448,978 km2. Aholi soni — 2022-yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston aholisi 36 milliondan oshdi. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 36 001 236 nafarni tashkil qilmoqda. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi hududi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, u mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |