Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


Global simsiz tarmoqlar (WWAN) texnologiyalari


Download 2.44 Mb.
bet15/47
Sana27.08.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1670644
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
tarmoq

Global simsiz tarmoqlar (WWAN) texnologiyalari
WWAN tarmoq texnologiyalarini avlodlarga ajratish qabul qilingan (1G, 2G, 3G, 4G, …). G – Generation, ya’ni avlodni bildiradi.
Birinchi avlod texnologiyalariga (1G) analog texnologiyalari taalluqli. Analog texnologiyalari faqat ovoz chaqiriqlarini amalga oshirish uchun yaratilgan bo’lib, ma’lumotlarni uzatish tezligi haddan tashqari past edi.
Ikkinchi avlod texnologiyalari (2G) analog texnologiyalariga nisbatan qator afzalliklarga ega, ya’ni ovozning yaxshilangan sifati, yuqori himoyalanganlik va unumdorlik. Ikkinchi avlod texnologiyalari xususida so’z borganida, avvalo, GSM (Global Standard for Mobile Communications) - "mobil uyali aloqa uchun global standart" texnologiyasini ko’rsatish lozim. Ushbu texnologiyada nafaqat raqamlashtirilgan nutq, balki raqamli ma’lumotlar uzatilishi mumkin. GSM tarmoq abonentlari mobil modem xizmatlaridan, kompyuter tizimlaridan foydalanishlari, elektron pochta xabarlarini yuborishlari va qabul qilishlari mumkin. Bunday tarmoqlarning asosiy kamchiliklaridan biri – uzatishning past tezligi. Internetdan mobil foydalanish imkoniyati GPRS (General Packet Radio Service) - ma’lumotlarni radiotarmoq orqali paketli uzatishga o’tish bilan anchagina kengaydi. GPRS texnologiyasi GSM texnologiyaga ustqurma bo’lib, ma’lumotlarni uzatish tezligi 171,2 Kbit/c gacha etadi.
Uchinchi avlod texnologiyalari (3G) yuqorida aytib o’tilgan ma’lumotlarni uzatish tezligiga talablarga qo’shimcha ikkinchi avlod tarmoqlari bilan osongina integratsiyasini ta’minlashga mo’ljallangan. Ushbu avlod texnologiyalariga CDMA texnologiyasining rivoji hisoblanuvchi WCDMA (Wideband Code Division Multiple Access) – kod ajratishli keng polosali ko’p miqdordagi foydalanish – radiointerfeys texnologiyasi mansub. Ushbu texnologiya har biri 5 MGs li radiochastotaning ikkita keng polosasidan foydalanadi. Mobil foydalanish texnologiyasi rivojining navbatdagi bosqichi EDGE (Enhanced Data rates for GSM evolution) – GPRS tarmoqlarga ustqurma hisoblanuvchi mobil aloqa uchun ma’lumotlarni simsiz uzatuvchi raqamli texnologiya. EDGE yordamida tarmoqqa ulanish GPRS ga nisbatan taxminan 3 marta tez, ma’lumotlarni uzatish tezligi esa 474 Kbit/s gacha tashkil etishi mumkin.
HSPA+ (Evolved High-Speed Packet Access) – uchinchi avlodning tezligi yuqori paketli foydalanish texnologiyasi bo’yicha ma’lumotlarni uzatish tezligi (bazaviy stansiyadan barcha lokal abonentlarga ma’lumotlarni uzatish tezligi) 10 - 20 Mbit/s gacha tashkil etadi.
To’rtinchi avlod texnologiyalarining (4G) uchinchi avlod texnologiyalaridan asosiy farqi, ushbu texnologiyalar ma’lumotlarni butunlay paketli uzatish protokollariga asoslangan. 3G texnologiyasi esa o’zida paketli kommutatsiya bilan kanalli kommutatsiyani birlashtiradi.
WiMAX va LTE (Long-Term evolution) texnologiyalari to’rtinchi avlod texnologiyalari hisoblanib, ularda multiplekslashning yangi, haddan tashqari samarali sxemalari ishlatiladi. Ularning ikkalasida ovozni uzatish kanali mavjud emas. LTE standartida tarmoqda abonentgacha tezlik 173 Mbit/s gacha va abonentdan tarmoqqacha tezlik 58 Mbit/s gacha belgilangan.


Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling