Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги
Download 2.44 Mb.
|
tarmoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simsiz tarmoqlar Xarakte- ristikalar WPAN (shaxsiy simsiz tarmoqlar)
- WWAN (global simsiz tarmoqlar)
3 bob. simsiz tarmoQlar3.1. Simsiz tarmoqlar qurilishining asosiy prinsiplari Ma’lumki, radio ixtiro etilganidan so’ng, ko’p o’tmay telegraf aloqani simsiz amalga oshirish imkoniyati paydo bo’ldi. Aslida, hozirgi raqamli kodni radiokanal bo’yicha uzatishda o’sha prinsipdan foydalanishadi, ammo ma’lumotlarni uzatish imkoniyati bir necha bor oshdi. Zamonaviy simsiz tarmoqlarni ta’sir doirasi va vazifasi bo’yicha quyidagilarga ajratish mumkin (2.1-rasm): - shaxsiy (Wireless Personal Area Network, WPAN); - lokal (Wireless Local Area Network, WLAN); - shahar (Wireless Metropolitan Area Network, WMAN); - global (Wireless Wide Area Network, WWAN). 3.1-rasm. Simsiz tarmoqlar tasnifi 3.1-jadvalda simsiz tarmoqlarning xarakteristikalari keltirilgan. Simsiz shaxsiy tarmoqlar (WPAN) uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2 Mbit/s dan oshmaydi. Simsiz tarmoqlarning asosiy xarakteristikalari. 3.1-jadval
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi shaxsiy kompyuterida yoki noutbukda ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bulib, buning evaziga tashqi qurilmalarning dastlabki o’rnatilishi va keyingi, zaruriyat tug’ilganda, joyini o’zgartirilishi anchagina osonlashadi. Simsiz shaxsiy tarmoqlarning aksariyat uzatuvchi-qabul qiluvchilarining (transceiver) kam energiya iste’mol qilishi va ihchamligi katta bo’lmagan foydalanuvchi qurilmalarini samarali madadlashga hamda kompyuter qurilmasini uzoq vaqt mobaynida bitta batareyada (yoki akkumulyatorda) ishlashiga imkon beradi. Undan tashqari, kam quvvat iste’mol qilinishi simsiz shaxsiy tarmoqlarni uyali telefonlarga va naushniklarga tatbiq etishga imkon beradi. Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir prosessorli va katta ekranli shaxsiy raqamli yordamchilarni (PDA) ishlatishadi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54 Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar talabini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar ethernet xilidagi an’anaviy simli lokal tarmoqlarga o’xshash. Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling