Mobil aloqaning istiqbolli texnologiyalari
Download 0.57 Mb.
|
1 2
Bog'liq11-маъруза- (1).docx Parsing.uz
ISRA loyihasi
2013 yilning iyulida Intel Labs ISRA (Intel Strategic Research Alliance) Strategik tadqiqotlr birlashmasini yaratilganligi haqida e'lon qildi. U mobil tarmoqlardagi uzatiladigan ma'lumotlar hajmlarini, shuningdek simsiz qurilmalar sonini va koʻrsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligini tez ortishi sharoitlarida foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish sifatini sezilarli yaxshilashi kerak boʻladigan 5G texnologiyalarni ishlab chiqish maqsadlarida ilmiy laboratoriyalar va mobil operatorlar kuchlarini birlashtirdi. ISRA loyihasining asosiy vazifasi quyidagilarni ta'minlaydigan 5G texnologiyalarni yaratish hisoblanadi: uzatiladigan multimediali ma'lumotlar hajmiga oʻsib boryotgan talabni qondirish uchun tarmoqning oʻtkazish qobiliyatini koʻp marttalik oshirish, milliardlab yangi qurilmalarni qoʻshimcha ulanishlari imkoniyati; butun tarmoq boʻyicha foydalanuvchining joylashi oʻrni va boshqa foydalanuvchilar hosil qiladigan halaqitlarga bogʻliq boʻlmaydigan yuqori xizmat koʻrsatish sifatiga erishish ; tarmoqda foydalanuvchilar ishlatadigan ilovalarga xizmatlar sifatini moslashtirish bilan ma'lumotlarni uzatilishining maksimal samaradorligini ta'minlash. ISRA birlashmasi turli davlatlardan, shu jumladan, Janubiy Kaliforniya Universiteti, Nyu-York Universiteti, Prinston Universiteti, Stenford Universiteti, Illinoys Universiteti, Texas Universiteti, Pompeu Fabra (Barselona, Ispaniya) Universiteti, Perdyu Universiteti, Kornell Universiteti, Hind texnologiyalar instituti (Dehli, Hindiston), Los-Andjelesdagi Kaliforniya Universiteti, Rays Universiteti, Makkuori (Sidney, Avstraliya) Universiteti ilmiy-tadqiqotlar markazlarining juda katta sonini jamladi. Birlashmaning biznes-hamjamiyat tomonidan bosh hamkori amerika Verizon mobil operatori boʻldi. 5G mobil aloqa konsepsiyasini ilab chiqishning asosiy muammolaridan biri bularni barchasi amalga oshiriladigan chastotalar dipazonini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, ma'lumki rivojlangan mamlakatlarda boʻsh diapazonlar deyarli qolmagan. NTT DoCoMo yapon mobil operatori 5G tarmoqlar sohasidagi tadqiqotlarni 2010 yildayoq oltita Alcatel-Lucent, Ericsson, Fujitsu, NEC, Nokia va Samsung vendorlari bilan birgalikda boshlagan. 2014 yilning mayida ular 5G tarmoqlarining juda katta sigʻimiga erishish uchun nisbatan boʻsh 6 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlarini ishlatilishini koʻzda tutishini e'lon qildi. 2015 yilda butundunyo radiochastotalar konferensiyasi boʻlib oʻtdi, unda 5G tarmoqlarda quyidagi radiochastotalar dipazonlarini ishlatish masalalari taxminiy koʻrib chiqildi: 9,9—10,6; 11; 17,1— 17,3; 17,7—19,7; 21,2—21,4; 27—29,5; 31—31,3; 31,8—33,4; 36—37,0; 37—39,5; 40,5—50,2; 50,4—52,6; 55,78—57; 57—71; 71—76;81—86 GGs. Shubhasiz, tanlash mezoni sifatida 40,5 GGsdan past dipazonlardagi bir necha yuzlab MegaGerslardagi polosadagi va 40,5GGsdan yuqoridagi 1 GGsdan kam boʻlmagan polosadagi uzluksiz radiospektrning borligi hisobga olindi. Binobarin, radiospektrning ham juft ("yuqoriga" va "pastga" kanallarini chastota boʻyicha ajratish – FDD uchun), ham juft boʻlmagan (TDD) oraliqlari koʻrib chiqildi. Xulosada ta'kidlash kerakki, umuman 5G texnologiyalari va tarmoqlarini yaratish boʻyicha qator loyihalardagi ishlar haqida ma'lumotlar tez-tez paydo boʻla boshladi. Bu kompaniyalar birinchi 5G tijorat tarmoqlarini yaqin kelajakda qurishni rejalashtirayotganini taxmin qilishga imkon beradi. Asosiysi, barcha manfaatdor ist'emolchilar umid qilganidek, ishlab chiquvchilar umumiy fikrga kelishlari va hozirgi vaqtda ishlatilayotgan barcha mobil aloqa texnologilarini birlashtiradigan yagona “beshinchi avlod” standartini taqdim etadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling