«mobil energetika va gaz dinamikasi» mustaqil ish
Suyuqliklar modellari klassifikatsiyasi
Download 1 Mb.
|
1 1-LectuteoffluidandgazmechanicsA.Abdirashidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanika fani tuzilmasi
Suyuqliklar modellari klassifikatsiyasi :
Ideal suyuqlik deb absolyut qovushoqmas, uzilish va siljish qarshiligiga umuman qarshilik ko‘rsat-maydigan (ichki ishqalanishga ega bo‘lmagan) suyuqlikni hayolan tushunamiz. Qovushoq suyuqlik modeli - bu siqiluvchan yoki siqilmaydigan real suyuqlik modelidir. Bular barcha asosiy xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi, siqiluvchanlik yoki siqilmaslik xossasini e’tiborga olish mumkin bo’lgan real suyuqlik modellari. Mexanika fani tuzilmasi : 17 SUYUQLIK VA GAZ MEXANIKASI 1.1.2. Fanning mexanikadagi o’rni Suyuqlikning harakati jarayonlarini, xususan, uning tinch holatini, fenomenologik (muhitning diskret mikro-strukturasidan voz kechish) va statistik (atom va molekulalar hamda ularning o‘zaro ta’sir kuchlarini e’tiborga olish) usullar bilan o‘rganish mumkin. Ushbu fan doirasida faqatgina fenomenologik usuldan foydalaniladi. Suyuqlik va gaz mexanikasining asosida quyidagi farazlar yotadi: klassik mexanika – Nyuton mexanikasi o‘rinli; klassik termodinamika o‘rinli; tutash muhit sxemasi o‘rinli. 1) Birinchi farazga ko‘ra tezligi yorug‘lik tezligiga nisbatan kichik bo‘lgan harakatlar tekshiriladi, demakki relyativistik mexanika tushunchalaridan foydalanilmaydi, hamda qaraladigan ob’ektlar kvant mexanikasidagi mikrodunoyga nisbatan etarlicha katta. 2) Sistemaning termodinamik muvozanat holati deb tashqi shartlar saqlanib qolgan taqdirda ham yopiq sistemaning barcha ichki xarakteristikalari uzoq muddatgacha o‘z qiymatlarini saqlab qoladi. Termodinamik muvozanat shartida suyuqlik (gaz)larning holatini bir nechta makroskopik parametrlar (masalan, zichlik, tezlik, temperatura va hokazo) yordamida aniqlab olish mumkin. 3) Har qanday jism kabi suyuqlik ham molekulyar tuzilishga ega, demakki, suyuqlikning massasi butun geometrik fazoni egallamaydi, balki uning molekulalarida jamlangan. Lekin biz suyuqlikni uzluksiz muhit (kontinium) deb qaraymiz va matematik amallarda har xil uzluksiz funksiyalardan foydalanamiz. 18 SUYUQLIK VA GAZ MEXANIKASI 1.1.3. Fanning dastlabki manbalari 1.1.3. Fanning dastlabki manbalari Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling