Mobil Internet – mobil qurilmalarda ishlaydigan Internet.
U deyarli har qanday joydan Internet tarmog‘iga qo‘shilish (kirish) imkonini beradi. Bugungi kunda barcha mobil texnologiyalar Internetdan foydalanish sohasida o‘z xizmatlarini taklif etadi.
Mobil Internetning paydo bo‘lishi
Mobil Internetning paydo bo‘lishi va rivojlanishi mobil texnologiyalarning taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq.
Mobil telefon orqali birinchi Internetga bog‘lanishlar CSD (Circuit Switched Data – GSM standarti uchun ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi) aloqa texnologiyasi yordamida amalga oshirilgan. Bu aloqa texnologiyasida trafik Internetdan foydalanish vaqtiga ko‘ra hisoblangan va u o‘sha vaqtlar juda qimmat bo‘lgan/
Bu texnologiya o‘sha paytlar yangi aloqa usullariga yo‘l ochib berdi, masalan, ICQ (inglizcha I seek you – «men seni izlayman») dasturidan foydalanish.
Vaqt o‘tishi bilan GPRS (General Packet Radio Service – «umumiy foydalanishning radioaloqa paketi») rivojlanib, nisbatan tezkor EDGE ( Enhanced Data rates for GSM Evolution –mobil aloqada ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi) texnologiyasiga aylandi. EDGE asosida bugungi kunda borgan sari tezkorroq bo‘layotgan 3G, 4G, 5G texnologiyalari ishlab chiqilib foydalanilmoqda.
Mobil Internetning afzalligi shundaki, u abonentning talabini vaqt va makondan qat’iy nazar bajaraveradi.
Mobil Internet xizmatlarini axborot mazmuniga ko`ra sinflari
Ijtimoiy xususiyatli axborotlarni taqdim etish. Abonentlarni jamiyat institutlari, mahalliy reklamalarni tarqatish, qutqarish xizmatiga qo‘ng‘iroqlarni uzatish, mahalliy qonun-qoidalarning o‘zgarishlari va h.k. lar haqida xabardor qilish ishlari. Bunday xizmatlar mobil Internet uchun dolzarb reklamalarni yaratishga va mobil aloqa operatorlari faoliyatini jamiyat uchun ahamatini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |