Mobil tarmoqlari


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
Sana09.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1695842



Mobil tarmoqlari.
1. 
3G (UMTS va WCDMA) tarmoqlari haqida 
2. 
4G (WiMAX va LTE) texnologiyalari 
3. 
5G texnologiyalari. 



Kirish 
XX asrning boshlarida to oxirigi qadar har bir telekommunikatsiya xizmati 
uchun alohida tarmoq infratuzilmasi loyihalandi va qurildi. Foydalanuvchilarga 
xizmatlar top’lami alohida qurilgan tarmoq infratuzilmalari orqali taqdim etildi, 
masalan radio, telefon, sputnik, telegraf va boshqalari. 1980 yildan boshlab radio 
va telefon aloqa tarmoqlari orqali tarqim etilgan xizmatlaridan tashqari kompyuter 
tarmoqlari va telefon tarmoqlari infratuzilmalariga asoslangan xizmatlar (ISDN) 
alohida alohida bo’lib rivojlantirildi. Keyinchalik paketli (IP) texnologiyalarni 
keng joriy yetish yo’lga qo’yilganidan keyin, har bir xizmatni bitta tarmoq orqali 
foydalanuvchilarga uzatish imkoniyati ishlab chiqildi hamda foydalanuvchining 
oxirgi terminallarida ham o’z navbatida ushbu xizmatlarni qo’llab quvvatlash 
imkoniyati ishlab chiqildi. Bugungi kunda smartfonlar orqali ovozli, matnli, video, 
radio, mobil TV, online o’yin, videokonferensiya, faks, telegraf va ko’plab 
xizmatlarni qo’llab quvvatladi. 
1-rasm. Mobil qurilmasini istalgan joyga olib yurish mumkin 



Simsiz aloqa tushunchasi - bu jismoniy qurilma degan ma’noni anglatmaydi. 
Simsiz tarmoq degani mahalliy tarmoq (LAN), global tarmoq (WAN) yoki 4G / 3G 
uyali tarmoq kabi simsiz tarmoqqa kirish anglatiladi. Ushbu turdagi tarmoqlar 
aloqa qilish uchun elektr ta'minoti va tarmoq tugunlariga fizik ulanish uchun yaqin 
masofadagi ba'zi qurilmalarni talab qiladi. 
Simsiz tarmoq taqsimlangan tarmoqqa ulanish uchun stasionar yoki portativ 
oxirgi nuqtani ta'minlaydi. Boshqa tomondan, uyali tarmoq, taqsimlangan 
tarmoqlarga, yetarli qamrov mavjud bo'lganda, har qanday joyga ko’chib yurish 
(mobillilikni) imkoniyatini beradigan portativ qurilma orqali tarmoqqa ulanishni 
ta'minlaydi. 
2-rasm. Mobil tarmoqlarining avlodlari 
Shu kunga qadar mobil tarmoqlarining bir nechta avlodlari (generation) ishlab 
chiqildi - 1G, 2G, 3G, 4G, 5G va texnologiyaning rivojlanish evolutsiyasi davom 
etib kelmoqda. 1G, 2G, 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlarning avlodlari bo’lib, ular 
hozirgi kunda faol ishlatilib kelinmoqda. 5G-besh avlodini anglatadi, bu erda G 



"avlod" so'zini anglatadi, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari avlod raqamini anglatadi. 80-
yillarning boshlaridan deyarli har 10 yilda mobil tarmoqlarning yangi avlodi paydo 
bo'ldi. 
3-rasm. Mobil tarmoqlarining avlodlari 
Aslida, avlodlar har doim muayyan vaqt oralig'ida joylashtirilishi mumkin 
bo'lgan standartlar guruhlariga asoslanadi. 5G bilan davom ettirish ehtimoli katta, 
shuning uchun 5G joylashtirilgan bitta nuqta bo'lmaydi, aksincha uning 
imkoniyatlari 
aniqlanib, 
rivojlantirilganidan 
so'ng 
bosqichma-bosqich 
joylashtiriladi.
Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 
1980-1990 yillarda keng foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun 
150MHz-900MHz chastota diapozonidan foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni 
tashkil etgan va batariya ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat 
ovozli ko’rinishda bo’lib, ovozning sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil 



qurilmasining o’lchami esa ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan. Stansiya 
bilan mobil qurilmasi o’rtasida analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib 
maksimum 2Kbit/s tezlikda ma’lumot almashinilgan.
4-rasm. 1G mobil qurilmasi va stansiyasi 
Ushbu avlod mobil qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish 
sifati past bo’lgan, axborot xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli, 2 avlod 
mobil tarmoqlarida ko’plab yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy 
etildi global tarmoqda foydalanish imkoniyatli hal etildi. 
Ikkinchi avlod aloqa mobil tarmoqlari 
GSM (Global System for Mobiles) standartiga asoslangan 2 avlod mobil 
standarti 1991 yil birinchi marta Finlandiyada joriy etildi. Bu avlod aloqa 
jarayonlari uchun 1 avloddan farqli ravishda raqamli signallardan foydalanildi. 
900MHz chastota polosa kengligida ishlovchi ushbu standartning ma’lumot uzatish 
tezligi 64 Kbit/s gacha oshirish imkoniyati ishlab chiqildi.
2G tarmoqlari foydalanuvchilarga ovozli, matnli, rasmli va MMS (multimedia 
message) xizmatlarini yuqori sifatda taqdim eta oldi. 2G tarmog’ida mobil 
telefonini ishlash uchun kuchli raqamli signal talab etiladi, aks holda tarmoqda 
uzilishlar yuzaka keladi va raqamli signal yoqoladi. 2G tarmoqlarida xech qanday 



video xizmatlari joriy etilmadi, ammo 3G tarmoqlariga moslab video xizmatlarni 
qo’shish va yana qo’shimcha xizmatlari taqdim etish masalalari ko’rib chiqilgan. 
5-rasm. 2G mobil tarmoqlari arxitekturasi 
2 (G) avlod mobil tarmoqlari GSM/CDMA standartiga asoslangan bo’lib, 
tarmoq bir nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga asoslanadi. GSM 
tarmog'ining arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va kommutatsiya 
(NSS), operatsiya va qo'llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS), shuningdek MSC, 
AuC, HLR, VLR va boshqalar iborat.
Uchunchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 
3 avlod mobil aloqa tarmoqlari 2000-2010 yillar oralig’ida dunyo miqyosida 
keng foydalanildi va ularda foydalanilgan terminallar smartfonlar deb nomlandi. 1 
va 2 avlod taqdim etgan xizmatlarga qo’shimcha video qo’ng’iroqlar ham ushbu 
avlod tomonidan qo’llab quvvatlandi. Aloqa almashish tezligi juda tez, qo’shimcha 
xizmatlari ko’paygan va mobil TV xizmatlarini o’zida jamlagan 3G tarmoqlari 1.6-
2.0 GHz chastota diapozonida ishlaydi. Bunday mobil aloqa tarmoqlarining
o’tkazish polosasi 100Hz va keng polosali qaramli tarmoq ham deb nomlanadi. 



CDMA (Code Division Multiple Access), UMTS (Universal Mobile 
Telecommunications System) va EDGE (Enhanced Data Rates for GSM 
Evolution) standart texnologiyalarga asoslangan 3G avlod mobil aloqa 
tarmog’ining ma’lumot uzatish tezligi soniyasida 144kb/s –2Mb/s tezlikni qo’llab 
quvvatlaydi.
6-rasm. 3G mobil tarmoqlari arxitekturasi 
UMTS – universal mobil telekommunikatsiya tizimi GSM standarti asosida 
ishlab chiqilgan uchinchi avlod mobil aloqa tizimi hisoblanadi. 3G tarmog'i tezroq 
elektron ma'lumot uzatish tezligini 384 kbit / s dan yuqori tezlikni taklif qiladi, bu 
foydalanuvchilar tez-tez katta fayllarni yuklab olishiga imkon beradi. Unda 5 MHz 
kanal o'tkazish qobiliyati mavjud bo’lib, o'tkazish qobiliyatidan foydalangan holda 
bir vaqtning o'zida 100 dan ortiq ovozli qo'ng'iroqlarni qabul qilish imkoniyatini 
qo’llab quvvatlaydi yoki u asl formatida 2 Mbit/s gacha tezlikda ma'lumotlarni 
uzata olish qobiliyatiga ega. 
WCDMA – GSM standartiga asoslanmagan, kanallarni ajratish jarayoni 
CDMA texnologiyasiga asoslangan 3 avlod mobil aloqa tarmog’i texnologiyasi 
hisoblanadi. Ta’kidlanganidek keng polosali CDMA bu uchinchi avlod (3G) simsiz 
standart, ovoz va ma'lumot uchun bitta 5 MHz kanalidan foydalanadi va dastlab 



384 kbit/s gacha tezlikni taqdim etadi. WCDMA AQShda AT&T va T-Mobile 
tomonidan ishlatiladigan 3G texnologiyasi hisoblanadi. 
To’rtinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 
2000 yildan oldi to’rtinchi avlod mobil texnologiyalarini rivojlantirish va 
joriy etish masalalari boshlangan bo’lsa, birinch marta 2009 yilning oxirida 
Stokgolm va Oslo shaharlarida TeliaSonera operatori 4G tarmog’ini ishga tushirdi. 
Undan keyin dunyoda Finlandiya ikkinchilardan bo’lib, 4G tarmog’ini ishga 
tushirdi. 4G tarmog’ida ma’lumot uzatish tezligi 100Mb/s-1Gb/s gacha etishi 
mumkin. Shuningdek, 1G-3G mobil tarmoqlari qo’llab quvvatlagan barcha 
xizmatlariga qo’shimcha mobil multimedia, global mobillilik, integrasiyalangan 
simsiz yechimlar, shaxsiylashtirishlgan xizmatlar va boshqa xizmatlar to’plamini 
qo’llab quvvatladi.
4G tarmoqlari 2GHz -8GHz chastota diapozonida ishlaydi va polosa kengligi 
100MHz teng. Ma’lumot uzatish tezligi juda yuqori va IP texnologiyasini to’liq 
qo’llab quvvatlaydi. Batariya quvvati talab dajarasida ishlay oladigan 4G 
smartfonlar orasidagi axborot xavfsizligi darjasida yuqori va xizmat ko’rsatish 
sifafi (QoS) talab darajasida.
7-rasm. 4G mobil tarmoqlari arxitekturasi 



4G mobil aloqa tarmoqlari 3G avlod tarmoqlari kabi ikki standart asosida 
ishlab chiqildi: WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) va 
LTE (Long-term evolution). Dunyoda ba’zi mamlakatlar 4G tarmog’ini WiMAX 
texnologiyasi va ba’zilari LTE texnologiyasi asosida qurib kelmoqda.
LTE texnologiyasi asoslangan GSM standartiga asoslangan 4G tarmoqlari 
IEEE standartlash qo’mitasining GSM/EDGE va UMTS/HSPA standartlari 
to’plami asosida quriladi. Taqqoslaganda LTE tarmoqlarining o’tkazish qobiliyati 
WiMAX tarmoqlariga qaraganda ancha yuqori,100MHz va 40MHz mos ravishda. 
Shuningdek, harakatlanish tezligi LTE 450-500km/soat bo’lsa, WiMAX 120 
km/soatni qo’llab quvvatlaydi. Quyidagi 1-jadvalda mobil aloqa avlodlarining 
imkoniyatlari keltirilgan.
1-jadval. 
WiMax va LTE texnologiyalarning imkoniyatini ko’rib chiqamiz 


10 
Beshinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 
Beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasi – tzelekommunikatsiya sohasida
5G uyali aloqa kompaniyalari tomonidan 2019 yilda global miqyosda tarqalishni 
boshlagan uyali aloqa tarmoqlari uchun beshinchi avlod texnologiyasi hisoblanadi. 
Bugungi kunda yuqori tezliklarda ma’lumot uzatish va boshqa ko’plab 
imkoniyatlarni qo’llab quvvatlovchi zamonaviy 4G aloqa tarmoqlarining davomchi 
sifatida 5G tarmoqlari rivojlantirilmoqda.
Bugungi kunda Janubiy Koreya, Xitoy va AQSh 5G texnologiyasini yaratish 
va joriy etish bo'yicha dunyoda etakchi mamlakatlar hisoblanadi va 5G 
tarmoqlarining ba’zi xizmatlarida foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. Butun dunyo 
bo'ylab operatorlar, shu jumladan AT&T Inc., KT Corp va China Mobile, 
beshinchi avlod (5G) simsiz texnologiyasini to’liqligicha yaratish va joriy etishga 
intilmoqda. 
8-rasm. 2G, 3G va 4G avlodlarining arxitekturasining qiyosi 


11 
9-rasm. Beshinchi avlod mobil tarmoqlari arxitekturasi 
Oldingi mobil aloqa avlodalaridan farqli 5G tarmoqlari 1G-4G bo’lgan barcha 
turdagi xizmatlarni ajoyib sifat darajasida va uzatish tezligida qo’llab quvvatlaydi. 
Ko’plab xizmatlarni integrasiya qiladi hamda mavjud fizik ob’ektlarning ko’plari 
5G tarmoqlari dasturish ko’risnishda ishlab chiqilgan. 5G tarmoqlari orqali barcha 
simsiz: sputnik aloqa, Wi-Fi, Wi-Max va simli aloqa xizmatlaridan foylanish 
mumkin. 5G tarmoqlari uchun chastota diapazoni ikki to'plamda orqali belgilanadi 
(1) chastota diapazoni LTE chastota diapazonini o'z ichiga olgan 450MHs – 6 GHz 
oralig’ida va (2) chastota diapazoni 24, 25GHz - 52,6GHz oralig’i.
Beshinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarini dunyo miqyosida keng joriy yetish 
bilan birga, 5G tarmoq foydalanuvchilari soniyasiga gigabit ma’lumot uzatish 
imkoniyatiga ega bo’lishadi, 3D formatda online kino ko’rishlari, sensor 
texnologiyalari keng joriy etish imkoniyati, smart home, smart city, 
avtomatlashtirilgan sanoat, o’z o’zini boshqaruvchi aqlli ob’ektlar, aqlli tibbiyot, 
aqlli transport, uchuvchisiz boshqariluvchi dronlar, aqlli elektr tarmoqlari, IoT 
xizmatlari, mashina-mashina aloqasi, gologramma, va boshqa telekommunikatsiya 
xizmatlariga ega bo’lishadi, 10-rasm. 


12 
9-rasm. Beshinchi avlod qo’llab quvvatlaydigan mobil xizmat turlari 
2-jadval. 
Mobil aloqa avlodlarining imkoniyatlari 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling