Modal fellar umumiy tushuncha
Download 12.81 Kb.
|
modal 1-qism
Modal fellar umumiy tushuncha Modal fellar 3 guruhga bo’lib o’rganiladi.Ular umumiy modallar (qobiliyat,ruhsat so’rash,maslahat berish uchun can,could,may,will,shall,must) Yarim modallar(semi-modals).Ular (ought to,have to,had to,need to,to be to).Ularning yarim modal deyilishiga sabab faqatgina fel bilan birga modal ma’nosida qo’llaniladi ammo mustaqil ma’noga ega emas va o’zi yolg’iz ishlatilmaydi. Modal perfect.Modal fellarga perfect zamon qo’shilganda bajarib bo’lingan ish harakatga nisbatan tanbeh ma’nosida yoki bir kishinig ma’lum ish harakatni bajarishga imkoni bo’lgan u ammo bajarmagan holatini ifodalashda ishlatamiz. Endi esa qobiliyat,ruhsat so’rash va maslahat berishda ishlatiladigan modallarni o’rganamiz. Darak shakli inkor Can can’t/cannot May may not Will won’t/will not Shall shan’t/shall not Must musn’t/must not Could couldn’t/could not Might mighn’t/might not Would wouldn’t/would not Should shouldn’t/should not Qo’llanilishi (can) ushbu modal fel hozirgi vaqtda bajarish imkoniyati bo’lgan ish harakatga,doimiy qobiliyatga nisbatan ishlatiladi. I can ride a bicycyle. (ya’ni aynan hozir yoki umumiy tarzda siz bajarish imkoniga ega bo’lgan ishlar kimdir futbolni yaxshi o’ynaydi,kimdir shahmatni zo’r o’ynaydi.Biz bu qobiliyatimizni ifodalashda “can” modalidan foydalanamiz. Can modalidan yana kimdandir sen ushbu ishni bajara olasanmi deya so’ramoqchi bo’lsak Can you translate this text ? shaklida foydalanamiz. Could xuddi can kabi otkan zamondagi qobiliyatni,imkoniyatni ifodalaydi.(masalan siz 7 yoshingizda shahmat o’ynay olar edingiz va buni suhbatdoshingizga yetkazishda could dan foydalanamiz Be able to xayotingizda shunday bir vaziyat bo’ladi va biror ishni bajarishga qulay imkoniyat bo’ladi.Aynan shunday bir martalik imkoniyatni ifodalashda ushbu modal qo’llanadi. Misol uchun 6-sentyabrdagi aksiyada men sevimli avtomobilimni arzon narxda xarid qilishga muvaffaq bo’ldim. Balki yana aksiya bo’lar ammo endi u 6-sentyabr emas. E’tibor bering to be able to bazi zamonlarda qo’llanilib manosi o’zgarishi mumkin. Soon I will be able to speak Italian quite well(kelasi zamon Have you been able to speak English for a long time ? (pres. Perfect) Ruhsat,ijozat so’rash Ruhsat so’rashda can/could/may can I use the phone Ruhsat berish can/may You can/may send the fax when you like E’tibor bering can o’rnida couldni ishlatish bu odobni bildiradi va muloyimroq shakldir. May esa could dan ko’ra odobliroq modal :0 Maslahat so’rash yoki maslahat berish Should/ought to you should/ought to watch less tv Download 12.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling