Moddalakning kimyoviy texnologiyasi


payvandlangan,  chirm ashgan  kristallari  hosil  b o ‘ladi

bet4/31
Sana15.12.2019
Hajmi
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

payvandlangan,  chirm ashgan  kristallari  hosil  b o ‘ladi.
V.V.Konstantinov  va  N.V.Topchiyeva,  gipsning  qotish jarayo- 
nini mikroskop ostida o'rganib yarim molekula suvli gipsning qattiq 
fazasida  suv  bilan  bevosita  birikib  yarim   m olekula  suvli  gips 
gidratatsiyalanadi  degan  fikrga  keldilar.  Eypeltauer  tom onidan 
o'tkazilgan tajribalar ham yarim molekula suvli gipsning suvda erimay 
turib,  to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri  suv bilan birikishi  mumkinligini  k o ‘rsatdi.
P.A .Rebinder,  E .E .Segalova,  V .B .R atinov,  O .V .K unsevich va 
boshqalar  Le  Shatelye  fikrining  t o ‘g ‘ri  ekanligini  isbotladilar. 
P.A .Rebinder va  E .E .Segalova o ‘z  izlanishlarida yarim  m olekula 
suvli  gip s  L e  S h a tely e  ch izm a si  b o ‘y ic h a   g id ratatsiyalan ib , 
kristallangan  tarkibiy  tuzilm a  hosil  qilishini  ko'rsatib  berdilar. 
Ular mustahkamlik ortishining to ‘xtashini yoki, hatto uning yarim 
molekula suvli gips butunlay ikki m olekula suvli gipsga aylanguniga 
qadar  m u stahk am lik  p a sa yish in i  aniqladilar.  T a d q iq otch ila r 
fikricha,  bu  hodisa  qotgan jism ning  yaxlit  kristallashgan  tarkibiy 
tuzilm asining  hosil  b o ‘lishiga  olib  k eluvchi  b itish  choklarida 
kristallarning  m uayyan  y o cnalishda  o ‘sishidan  yuzaga  keladigan 
ichki  kuchlanishlar qism an buzilish sodir b o ‘lishi bilan izohlanadi. 
G ip s  suvga  qorilgandan  s o ‘ng  3 0 —40   daqiqa  o 'tg a c h ,  y a ’ni 
bog'lovchi  m oddaning gidratatsiyalanish jarayoni tugashi oldidan 
nam  holatdagi  eng  yuqori  m ustahkam lik  ta’m inlanadi.  M ustah- 
kamlikning  bundan  keyingi  ortishi  gidratatsiya  bilan  em as,  balki 
suvning bug‘lanishi va m aterialning qurishi samarasidir.  Kristallar 
yuzasini  namlab  tum vchi  suvning  y o ‘qolishi  (parlanib  ketishi) 
birinchidan,  m ustahkam likning ortishiga olib keladi,  ikkinchidan 
csa,  kristallarning  bir-biriga  nisbatan  sirg'alishini  y o ‘qotadi  va 
og'irlik  ostida  siljish  deform atsiyasini  keskin  kamaytiradi.
P.A .Rebinder  va  E.E .Segalovalar  bir  gu m h   ilm iy  xodim lar 
bilan  olib  borgan  tadqiqotlari  natijasida  quymalarning  m ustah-
29

kam ligi  kristallarning  katta-kichikligi  bilan  ular  o ‘rtasidagi  tuta- 
shuv m aydonlarining nisbatiga bog‘liqdir,  shu nisbatni o ‘zgartirish 
bilan  gipsning  qayta  kristallanish vaqtida uning  m ustahkam ligini 
pasaytirish  m um kin degan xulosaga keldilar.  Bu tadqiqotchilam ing 
fikricha,  gipsning  qotish tezligini  kamaytirish  orqali m ustahkam - 
likni  m inim al darajagacha kamaytirsa bo'ladi.
O .V .K uznesovich,  Ya.L.Zabejinskiy,  V .B .R atin ov va boshqa- 
larning  tadqiqotlarida  geterogen  tizimalarda  fazoviy  o ‘zgarishlar 
haqidagi m a ’lum otlar asosida qotishning kristallanish m exanizm i 
nazariyasi  yanada  rivojlantirildi.  M asalan,  V .B .R atin ov va  bosh- 
qalar  gidratning  yangi  hosilalarining  kristallga  aylanish jarayoni 
sifa tid a   g id r a tla n ish   k in e tik a sig a   m iq d o riy   ta vsia  berishd i: 
gidratlanish  reaksiyasining davom iyligi yarim  m olekula  suvli  gips 
su sp en ziya la rid a  vujudga  k elad igan   t o ‘y im sh   m iqd ori  b ilan  
belgilanadi;  turli  q o ‘shilm alam ing qotish jarayoniga tezlatgich va 
sekinlatgich ta ’siri yarim  gidrat,  shuningdek,  ikki gidratning erish 
tezligiga  b o g ‘liq.
Bunda yarim gidratning hosil b o ‘layotgan ikki gidratga nisbatan 
t o ‘yin ish   darajasi  (C
J C 0)
  bilan  b o g ‘liq   ravishda  kristallanish 
jarayonining  tezlashishi  yoki  sekinlashishi  m um kin.  C  
J C o
  ning 
ortishi  kristallanishni  tezlashtiradi,  va,  aksincha, 
Cp/Co
  ning 
kam ayishi  bu  ja ray on n i  susaytiradi.  B in ob arin ,  erim aydigan 
angidritda bog'lovchilik xossalarining deyarli butunlay yo'qligini,
a -   va  P  - C a S 0 4  • i   H 20   ga  nisbatan  ancha  t o ‘yingan  eritmalar
hosil  qiladigan  eruvchan  angidrit  ham da  suvsizlantirilgan  yarim 
gidratning  qotish tezligi  ikki gidratga nisbatan yuqori  ekanini  shu 
bilan  izohlash  m um kin.
A .V .V oljen sk iy n in g  fikricha,  gidrat  birikm alarining  h o sil 
b o ‘lish m exanizm i dastlabki m oddalam ing xossalariga va ular bilan 
suv o'rtasida reaksiya ketadigan sharoitlaiga bog‘liq.  Bunda bog‘lovchi 
m oddalam ing,  ayniqsa,  polim ineral  m oddalam ing  o ‘zaro  ta’siri 
ikki  yoqlam a  b o ‘lishi:  ularning  suv  m uhiti  orqali  erishi  bilan, 
ya’ni Le Shatelye chizm asi b o ‘yicha va suvning dastlabki materialga 
to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri birikishi bilan, ya’ni M ixaelis ham da A.A.Baykov 
chizm asi bo'yicha yuz berishi  m um kin.
Suv bilan o'zaro ta’sirlashuvda bogUovchi m oddalar reaksiyaga 
qanchalik  m oyil  b o ‘lsa  va  undagi  zarrachalam ing  tashqi  va  ichki 
yuzalari  qanchalik  katta bo'lsa,  shuningdek,  b o g ‘lovchi  m oddali 
qorishmada suv qanchalik kam va qorishma harorati qancha yuqori
30

bo‘lsa,  suvning  qattiq  faza bilan t o ‘g ‘rid an -to‘g ‘ri birikishi u ch u n  
imkoniyat shuncha qulay bo'ladi.
A.V .Voljenskiyning fikricha,  qotish jarayonini tekshirish faqat 
gidratatsiya m exanizm ini aniqlashdangina iborat b o ‘lmasligi kerak; 
suvning  birikish jarayonining  o 'zi  em as,  balki  uning  gidratatsiya 
mahsuloti xususiyati ta’siri,  hosil bo'ladigan gidrat zarrachalarining 
kogezion  xossalariga,  ularning  dispersligi  va  shakllariga  b o g ‘liq 
bo‘lgan  gidratatsiya  m ahsulotlarining  b o g ‘lovchilik  xususiyati  va 
texnikaviy  xossalari  katta  ahamiyatga  ega.  Yangi  hosil  b o ‘lgan 
hosilalarning  zarrachalari  qanchalik  dispers  b o ‘lsa,  olim larning 
fikricha, ularning bog‘lovchilik qobiliyati shu qadar yuqori bo'ladi.
Shuni  ta ’kidlab  o ‘tish  kerakki,  gidratlarning  h o sil  b o ‘lish 
m exan izm ig a   qaraganda,  qotgan  to sh   tarkibiy  tu z ilish in in g  
shakllanish jarayoni haqidagi fikrlar bir-biridan keskin farq qiladi.
P .A .R e b in d e r ,  E .E .S e g a lo v a   va  b o sh q a la r,  sh u n in g d ek , 
A .F.Polakning  fikricha,  ikki gidrat  kristallga  aylanishida  tarkibiy 
tuzilma hosil bo'lishi  ikki bosqichda  kechadi.  Birinchi bosqichda 
kristallovchi  tarkibiy  tuzilm a  sinchlari  shakllanib,  yangi  hosila 
kristallchalari bilan kristallaming ehtim oliy o ‘sishi o ‘rtasida birikuv 
(kontakt) yuzaga keladi.  Ikkinchi bosqichda esa yangi kristallanish 
birikuvi  vujudga  kelm ayd i,  balki  m avjud  sin ch larn in g  atrofï 
qoplanaveradi,  ya ’ni  uni  tashkil  etuvchi  kristallchalarning  o'sishi 
kuzatiladi.  Bunda  ham   tizim   m ustahkam ligi  ortadi,  ham   kristal- 
larning  m uayyan yo'nalishda o ‘sishi  natijasida vujudga  keladigan 
ichki cho'zuvchi kuchlanishlar hosil bo'lishi hisobiga tarkibiy tuzil­
ma m ustahkamligi kam ayishi m um kin.  Q otishning natijaviy m us­
tahkamligi ko‘p jihatdan qotayotgan suspenziyaning suyuq fazasida 
to'yinish  m iqdori va kinetikasi bilan belgilanadi,  bu esa birlam chi 
bog‘lovchi moddaning eruvchanligiga va erishining um um iy tezligiga 
bog'liq.  Kristallaming o'sishi uchun qanchalik qulay sharoit yaratilsa 
(to'yinish va reaksiya um um iy tezligi kam bo'lsa), tarkibiy tuzilm a 
m ustahkam ligini  pasaytiruvchi  kuchlanishlar  shu  qadar  ko'p 
bo'ladi.  A ksincha,  kristallchalarning  yangi  mo'rtaklari  va  ular 
o'rtasidagi  tutashuvning  hosil  bo'lish i  u ch u n   qanchalik  qulay 
sharoit vujudga kelsa (yuqori darajada to'yinish, erishning um um iy 
tczligi katta bo'lishi),  kuchlanish shu qadar pasayadi.  Biroq qotish 
tarkibiy tuzilm ani tashkil etuvchi kristallchalarning juda maydaligi 
uning  m ustahkam ligini  susaytiradi.  M utaxassislam ing  fikricha, 
tuzilm a  m ustahkam ligining  eng  yuqori  bo'lishiga  erishish  uchun 
gidratatsiya  jarayoni  optim al  sharoitlarda  o'tishi  kerak.  Bunday
31

sharoitlar  past  kuchlanishlarda  yetarli  kattalikdagi  yangi  hosila 
kristallchalari  h osil  b o'lish in i  ta ’m inlaydi,  ayni  vaqtda  kristal- 
la n ish   tu zilm a sin in g   shakllan ishi  va  rivojlanishi  ro ‘y   beradi. 
E .S to k lo s  olib  borgan  tadqiqotlarning  k o ‘rsatishicha,  qotish 
tarkibiy  tuzilm alarining  haqiqiy  m ustahkam ligi,  aytilganlardan 
tashqari, birikuv yerlarida uzun kristallchalam ing b o g iiq lig i bilan 
h a m   b elgilan ad ik i,  bu   b o g ‘liq lik   «shartli-koagu lyatsion»  deb 
ataladi.  Bu  b o g ‘liqliklar  koagulyatsion  bog'liqliklarga  nisbatan 
an ch a  m ustahkam   b o'lad i.  U lar  m aterial  quriganda  nam oyon 
b o ‘ladi.  Biroq  m aterial  nam langanda  ularning  m ustahkam ligi 
koagulyatsiya  kontaktlarining  m ustahkam ligi  darajasiga  qadar 
pasayadi,  navbatdagi t o ‘liq  qurishi natijasida m ustahkam lik yana 
tiklanishi  m um kin.
Shunday  qilib,  tarkibiy tuzilm aning  m ustahkam ligi  t o ‘yingan 
eritm alardan  iborat  gidrat  birikm alarining  kristallanishi  bilan 
ta ’m inlanadi.  A.  A.  Baykovning  fikricha,  yuqorida  aytilganidek, 
qotayotgan  tizim   m ustahkam ligi  yangi  hosila  zarralarining  qayta 
kristallanishi  hisobiga  ortadi.  M ayda  kristallchalam ing  aynan 
kim yoviy  va  m odifikatsiya  tarkibiga  ega  b o ‘lgan  yirik  kristal- 
lchalarga nisbatan yuqori darajada em vchanligi qayta kristallanish 
im k o n in i  beradi.  B u  o'rin d a  tarkibi  bir  xil  bo 'lga n   kristallar 
yiriklashadi, vaholanki,  kristallanish kristallar kim yoviy tarkibining 
yoki tarkibiy tuzilishining o ‘zgarishiga bog'liq.  Qayta kristallanish 
term o d in a m ik   jih atd a n   m uqarrar  jarayon dir,  ch u n k i  m ayda 
kristallchalar  ortiqcha  erkin  sirt  energiyasiga  (shunga  m uvofiq 
tarzda  katta  em vchanlikka)  ega,  kristallar  yiriklasha  borgan  sari 
bu  energiya  ham   kam ayadi.  Qayta  kristallanish  va  kristallarning 
yiriklashuvi  odatda  (jum ladan,  A .A .Baykov  taxm in  qilganidek), 
m aterial  m ustahkam ligining  ortishiga  em as,  balki  kam ayishiga 
olib  keladi,  m ayda  kristall  tarkibiy  tuzilm aning  m ustahkam ligi 
esa yuqori.  Shunga m uvofiq  holda A.V .V oljenskiy yangi hosilalar 
tuzilm asini  betonning  fizik  va  fizik-m exanik  xossalariga  ta’siri 
haqidagi taxm inini bayon  qildi.  Yangi  hosilalar dispers  zarracha- 
lam ing  aham iyati  ham da  ularnin g,bog‘lovch i  qobiliyatini  belgi- 
lovch i  sirt  energiyasi  potensiali  haqidagi  fikrlar  shu  taxm inning 
asosini  tashkil  etdi.  U rinish  nuqtalari  soni  k o ‘p  b o ‘lganda  b og‘- 
lo v ch ilik   qobiliyati  V an -d er-V a a l’s  kuchlarining  ishqalanishi, 
shuningdek,  kim yoviy  bog'lam larning  rivojlanishi  tufayli  yuzaga 
chiqadi.  Shunday qilib, yangi hosilalar zarrachalarining maksim al 
solishtirm a  sirti  tizim iga  erishilganda  eng  yuqori  m ustahkam lik
32

ta’m inlanadi.  Biroq  A.V .Voljenskiyning  fikricha,  yangi  hosilalar 
zarrachalarining  b o g ‘lo v ch i  q ob iliyatga  ega  b o 'lish ig a   faqat 
ularning  dispersligi  em as,  balki  kogeziya  shakli  ham da  ularning 
o'ziga  xos  xossalari  ta’sir  ko'rsatishi  kerak.
Gidrat yangi hosilalari zarralarining yuqori darajada dispersligi, 
a y n iq sa,  yuqori  d isp ers  zarrach alarn in g  suv  sh im ish ig a   — 
adsorbsiyasiga ancha  m oyilligi tufayli ularning qotgan  tizim larida 
sirg‘anuvchanlikka,  plastik  deform atsiyasiga  m oyilligini  oshiradi.
U m u m a n ,  A .V .V oljen sk iy  taxm iniga  k o ‘ra,  se m e n tlo v c h i 
m oddalarning  hosil  bo'lish  m exanizm ida  biror  mustahkamlikka 
erish ish   q u y id a g ic h a   n a m o y o n   b o ‘la d i.  B o g 'lo v c h i  m o d d a  
qotishining boshlang'ich bosqichida gellar xususiyatiga ega bo'lgan 
yuqori  darajada dispers holidagi zarralar tarzida gidrat birikmalari 
hosil b o ‘ladi.  Bunda tizim  mustahkamligi birinchi navbatda yuqori 
dispers  zarralar  konsentratsiyasining  ko'payishi  hisobiga  ortadi. 
Shu  b ila n   bir  v a q td a ,  ilgari  h o s il  b o T g a n   zarrach alarn in g 
yiriklashuv jarayoni, binobarin, ular solishtirm a yuzasi va b og‘lash 
qobiliyatining kamayish jarayoni ham  sodir b o ia d i.  Q otish vaqtida 
y a n g i  h o s ila la r   z a r r a c h a la r in in g   u m u m iy   y u z a s i  m a ’lu m  
darajagacha kattalashadi.  K eyinchalik u barqarorlashish yoki ekran 
pardasi  vujudga  kelib,  tizim da  dastlabki  tarkibiy  qismlar  m iqdori 
k a m a y ish i,  s h u n in g d e k ,  q u la y   s h a r o itd a   z a r r a c h a la r n in g  
yiriklashish jarayoni  davom   etishi  va  b o g ‘lovch i  m oddaning  suv 
bilan ta’sirlashuvi t o ‘xtashi natijasida reaksiya ham  susayib ketishi 
mumkin.  Bujarayon tizim ning mustahkamligiga salbiy ta’sir etadi, 
tizim  mustahkamligi qotishning so'nggi bosqichida, yangi hosilalar 
zarrachalarining  solishtirm a  yuzasi  singari  eng  yuqori  darajaga 
ko'tariladi.  U n in g   boshlanish i  ham   b o g ‘lo v ch i  m oddalarning 
hosilalari  bilan,  ham   qotish  sharoiti  bilan  belgilanadi.
Yangi  hosilalar  solishtirm a  yuzasining  gips  qotish jarayoniga 
ta’sirini  bir qancha  olim lar tekshirganlar.  C h u n on ch i,  Shvitte  va 
K nauf yangi hosilalar solishtirma yuzasini BET (azot adsoibsiyasini 
oMchash) usulida, yarim gidrätning suv bilan ta’sirida o'lchaganlar. 
B unda  gip s  b ila n   su v  o ‘rta sid a g i  o r a liq   reak siya  m e ta n o l 
nam unasida  ishlov  berilib,  belgilangan  vaqtda  to ‘xtatiladi.  Ular 
olgan  m a’lumotlarga k o ‘ra,  gips nam unasi solishtirm a yuzasining 
maksimal  kattaligi  (1 2 —27  m 2/g )   qorilgandan  s o ‘ng  3—8  daqiqa 
o'tgach  qayd qilindi.  Taqriban  10 daqiqadan keyin nam unalardan 
birida  qariyb  7—7,5  m 2/ g   darajada,  boshqasida  esa  6 —7  m 2/g  
darajada  solishtirm a  yuza  ko'rsatkichlari  barqaror  holga  keldi.
33

U sh b u   nam unalarda  birikkan  gidrat  suvi  m iqd orini  aniqlash 
b o ‘yich a  parallel  olib  borilgan  tajribalarda  uning  m iqdori  eng 
yuqori  darajaga  yetguncha  biror  keskin  sakrashsiz  8— 15  daqiqa 
davom ida  tekis  k o ‘payib  borganligi  aniqlandi.
A niqlanishicha,  yarim  m olekula  suvli  gips  qotishi jarayonida 
hosilalar  kristallari  kattalashadi,  bu  esa  ularning  bog'lovchilik 
qobiliyatiga  salbiy  ta’sir  k o ‘rsatadi.  Lekin  qo'shim cha  m iqdorda 
yuqori dispers yangi hosilalar vujudga kelishi hisobiga mustahkamlik 
dastlab  o ‘sishda  davom   etadi.  A m m o  m a’lum   vaqtda  kristallar 
o 'sish in in g   salbiy  ta ’siri  gidratatsiya  m ah su lotin in g  m iqdoriy 
ko'payishidan ustunlik qila boshlaydi,  shunda aloqalarning kam a- 
yish i  ham da  sirt  energiyasi  potensialining  pasayishi  natijasida 
tizim n in g  m ustahkam ligi  susayadi.
D e m a k ,  boshqa  barcha  teng  sharoitlarda  qotgan  gipsning 
m ustahkam ligi  yangi  hosilalarning  dispersligiga b o g ‘liq  ekan.
8.  Gips  bog‘ lovchilarining qotishiga 
qotshilmalarning  ta ’siri
Q otish  xususiyatiga  k o ‘ra gips b o g ‘lovchilari  ikkiga bo'linadi: 
tez  qotuvchi  gips b o g ‘lovchilari  (qurilish,  o ‘ta  m ustahkam ,  qolip 
va  tibbiyot  gipslari);  sekin  qotuvchi  (angidridli  sem ent  va  yuqori 
darajada  kuydirilgan  gips)  gips  b o g ‘lovchilari.
G ipsning tishlashish va qotish vaqtlari xom ashyoning xossasi, 
u n i  ta y y o r la sh   s h a r o iti,  sa q la n is h   m u d d a ti  va  sh a r o itig a , 
q o ‘sh ilad ig a n   suv  m iq d ori  (su v  b ila n   gips  nisbati  —  S /G ) , 
bog 'lovch i  m odda va  suvning  harorati,  aralashtirish  sharoitlariga 
va ular tarkibida biror q o ‘shilm alarning borligiga b o g ‘liq.
Tadqiqotchi  R olandning fikricha, gipsda uning eruvchanligini 
kuchaytirish  yoki  sekinlatish  im konini  beradigan  m oddalarning 
borligi gidratatsiyaning tezlashishi yoki sekinlashishi uchun sharoit 
yaratadi.  U n in g  ta ’qidlashicha,  gidratatsiya  tezligi  ham   erigan 
m odda tabiatiga,  ham uning eritmadagi konsentratsiyasiga b og‘liq. 
G ipsning (yarim gidratning) eruvchanligini kuchaytiruvchi m odda- 
lar  —  tezlatgichlar,  eruvchanligini  susaytiruvchi  m oddalar  — 
sekinlatgichlar  hisoblanadi.
N oorganik  va  organik  birikmalar  qo'shilm asining  gips  eruv- 
chanligiga,  tishlashish vaqti va qurilish gipsining mustahkamligiga 
ta ’sirini o ‘rgangan Riddel ham  shunday xulosaga kelgan.  M asalan, 
N a C I  tuzi yarim  m olekula suvli gips va ekstrix-gips gidratatsiyasi 
tezla tgich i  b o ‘lib,  angidridga  ta ’sir  etm aydi.  C aC l2  esa  yarim
34

m olekula suvli gipsga ta’sir qilm aydi,  lekin ekstrix-gips va angidrit 
gidratatsiyasini  sekinlashtiradi.  M gC l2  tuzi  yarim  m olekula  suvli 
gipsning  giclratatsiyasini  tezlashtiradi,  ekstrix-gips  va  angidritni 
sekinlashtiradi.
Shuni  ta ’kidlash  kerakki,  tishlashishni  sekinlatgich  va  tezlat- 
gichlar gips'buyumlarining natijaviy m ustahkam ligiga salbiy ta’sir 
ko'rsatadi.  Biroq  ayrim sirt-faol  moddalardan  o'rtacha m iqdorda 
( 0 ,1 —0,3% )  q o ‘sh ish   buyum lar  m ustah k am ligi  faqat  ularni 
yum shatuvchi  om il  sifatida  va  suv-gips  nisbatining  kam ayishi 
hisobigagina emas, balki hosil b o ‘layotgan ikki gidrat kristallarining 
adsorbsion  m odifikasiyasi  hisobiga  ham  ortishiga  im kon  beradi. 
Shuningdek,  sirt-faol  qo'shilm alar  yordam ida,  gipsning  doim iy 
sarfi  o'zgarm agan  sharoitda beton  aralashm asining  harakatchan- 
ligini  oshirishi  m um kin.
S o ‘nggi vaqtlarda qotish jarayonini vaqt davom ida bir m e’yorga 
solish  uchun  ba’zan  sirt-faol  moddalar  va  stabilizatorlar  bilan 
birgalikda  turli  p o lim e r   m o d d alar  ish la tilm o q d a .  M a salan , 
J.P.D okukina yarim gidratning tishlashish tezligini sekinlashtirish 
uchun dikarbon  kislotalar sopolim erlaridan  foydalanishni tavsiya 
etd i.  U lar  sir t-fa o l  m o d d a   b o ‘lib,  faqat  tish la sh ish   v aq tin i 
sekinlatibgina qolm ay, balki polim erlangandan so ‘ng turli tarkibiy 
tuzilmalarning  hosil  b o iis h ig a   im kon  beradi,  bunday  tuzilm alar 
q otayo tga n   g ip sn in g  fiz ik -m e x a n ik   xossalariga  y axsh i  t a ’sir 
ko'rsatadi.
Ko'pgina q o‘shilmalar,  masalan, sulfit-spirt bardasi va,  ayniqsa, 
natriy abiyetat havo tortuvchi moddalar hisoblanadi, bu moddalar 
betonga q o ‘shilganda beton aralashmasida bir tekis tarqalgan havo 
pufakchalari soni ortadi. A na shunday qo'shilmalardan foydalanish 
betonning sovuqqa chidam liligini oshiradi.  Shuni ham  aytib o ‘tish 
m uhim ki,  xamir elastik holatda b o ‘lgan va qattiq tuzilm a sinchlari 
bo'lm agan  dastlabki  davrda  asosan  kontraktatsiya  va  sedim en- 
tatsiya,  ya’ni  c h o ‘kish  hisobiga  betonning  reaksiyaga  kirishishi 
kuzatiladi.  H osil  b o ‘layotgan  ikki  gidratning  keyingi  shiddatli 
kristallanish davrida qotayotgan tizim   kengaya boshlaydi.  Organik 
sekinlatgichlar,  odatda,  qotish  vaqtida  gipsning  qisqarishiga  olib 
keladi,  qattiq  tuzilm ali  sinchni  erta  hosil  qiluvchi  tezlatgichlar 
csa,  aksincha,  gipsning  kengayishiga  sharoit  yaratadi.
G ipsga  q o'sh ilm a  sifatida  sekinlatgich  va  tezlatgichlardan 
foydalanish  tarkibiy  qismlardan  har  birining  xossalaridan  foyda- 
lanishga imkon beradi.  Shunday qilib, q o‘shilm alam ing ta ’sir qilish 
xususiyatini  bilgan  holda  qotayotgan  gipsnin g  hajm iy  defor-
35

m atsiyasi  m iqdorini  kerakli  y o ‘nalishda  m e ’yorga  solib  turish 
m um kin.
G ipsning  tishlashish  tezligini  kamaytirish  va  buyum lar  m us- 
tahkam ligini oshirish u ch u n   Shasseven suv-gips xamiri haroratini 
80°C  dan  yuqori  issiqlikda  saqlab  turishni  tavsiya  etadi,  bunda  u 
yarim  gidrat bilan to'yingan va ikki gidratga nisbatan o ‘ta to ‘yingan 
eritm ada  harorat  qancha  yuqori  bo'lsa,  undagi  gips  shunchalik 
u zo q   vaqt  kristallanm ay  turishiga  asoslangan.  Yarim  gidrat  bilan 
to ‘yingan  eritm a  haroratning  pasayishi  gipsning  kristallanishini 
tezlashtiradi.  Shassevenning  k o ‘rsatishicha,  eritmada  80°C  haro- 
ratda  ikki  gidratning  kristallanish  tezligi  16°C  haroratdagiga 
n isb atan   30  m arta  kam .  7 0 — 88°C   d an  yuqori  haroratgacha 
qizdirilgan gips aralashmasi bir necha soat davom ida harakatchan 
b o £lib  turaveradi  (agar  harorat  kerakli  rejimda  saqlab  turilsa). 
B unda  gips  sovitilganda  m ustahkam lik  kam aym ay,  norm al  tish­
lashish  kuzatiladi.  Shasseven  o'tkazgan  tajribalaming  natijalari 
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling