Moddalar almashinuvi


Download 29.66 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi29.66 Kb.
#1555084
Bog'liq
MODDALAR ALMASHINUVI


MODDALAR ALMASHINUVI
REJA:


1 ) Moddalar va energiya almashinuvi jarayoniga tashqi
muhit ta’siri
2) Organizmda moddalar va energiya almashinuvi
3) Assimulyatsiya va dissimilyatsiya jarayoni.
4) Oqsillar, uglevodlar, yog’lar almashinuvi
5) Vitaminlar almashinuvi.
6) Moddalar almashinuvi jarayonida garmonlar faoliyati .
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Har bir tirik organism hayoti, unda kechadigan kimyoviy jarayonlar, modda va energiya almashinuvi tashqi muhit bilan bog’liq. Muhitning ekologik o’zgarishi undagi jarayonlarni buzilishiga turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Har yili yerda taxminan 6 mln. rak hodisasi ro’yhatga olinadi va bu son o’sib bormoqda. Bunday iflos kasalliklar paydo bo’lishining 75-90% I muhitni harxil omilllarini ta’siri bilan bog’langan.
Onkologik kasallliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar va o’limga olib boruvchi tasodiflari % ko’rinishida quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
CHekish 25-40
Dieta 10-70
Ish sharoitlarinining noqulayligi 2-8
Spirtli ichimliklar 24
Havo va suvning ifloslanishi 1-4
Dorivor preparatlar 1-5
Inson paydo bo’libdiki uning hayoti ekologik muhit faktorlari: yorug’lik havo namlik, harorat, bosim va boshqalari bilan bog’liq. Insonlar o’zlaridan chiqadigan turli chiqindilarni havo, suv, tuproqqa tashlaydilar bular esa atrof mmuhitni ifloslaydi. Iflos havodan nafas olgan, suvni ichgan, iflos tuproqda yetishtirilgan sabzavot mevalarning yegan odamlar biz yuqorida aytib o’tgan kasalliklarga duchor bo’ladi. Modda va energiya almashinuvi jarayonlarining organizmda normal kechishi uchun ekologik muhit sog’lomligini doimo ta’minlashimiz kerak.
1) Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizimda uning o’zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy,mehanik,termik o’zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik,mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo’lgan energiya hisobiga to’qimalarva organlar ish bajaradi,hujayralar ko’payadi, ularning eskirgan tarkibiy qisimlari yangilanadi yosh oganizim o’sadi va rivojlanadi.Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi taminlanadi.
Shunday qilib, moddalar va energiya almanashinuvi bir biriga chambarchas bog’liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etibturadi, yani moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik hususiyati bo’lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o’tadi. Bunda moddalar va energiya yo’qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi.
2.Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan ikki jarayon,yani assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o’tadi. Bular anobolizm va katobolizm deb ham ataladi.
Ovqat moddalari tarkibiy qisimlarining hujayralarga o’tishi assimilyatsiya yoki anabolizm debataladi. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko’payadi. Organizm qancha yosh bo’lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o’tadi. Bu esa yosh organizmning o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi
Hujayralar eskirgan tarkibiy kismlarining parchalanishi (emirilishi) dissamilyatsiya yoki katabolizm deb ataladi. Buning natijasida energiya hosil bo’ladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natijasida hosil bo’gan qol diq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi (karbonat angidrit, suv, azot qoldiqlari va boshqala).
Oziq ovqat va boshqa moddalarning parchalanishidan hosil bo’lgan energiya muskullar qisqarishi , nerv ta’sirlarini o’tkazish gavda temperaturasini bir me’yorda saqlash , sintezning xilma-xil jarayonlari, so’rilish va sekretsiya pritseslari, hujayra membranasining 2 tomonlama organik va anorganik ionlarning fiziologik konsentratsiyasini saqlab turish uchun sarf bo’ladi. Modda va energiya almashinuvi organizmning kimyoviy tarkibi o’zgarmagan holda organ va to’qimalrninig uzluksiz yangilanib turishiga imkon beradi. Moddalarning asosiy gruppalari oqsillar, yog’lar va uglevodklardir
Oqsillar organizmda asosan plastic material sifatida, uglevodlar va yog’lar esa sarflangan energiya o’rnini qoplash uchun ishlatiladi. Turli oziq moddalarning organizmga kirgandan to keraksiz moddalar hosil bo’lguncha va tashqariga chiqarilguncha o’zgarish jarayoni metabolism deyiladi.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Ular molekulasi tarkibida 20 ta aminokislota bo’ladi. Ularning 10 tasi almashtirib bo’maydigan-eng zarur aminokislotalardir. Ular organizmda bahsqa moddaladan sintes qilimaydi. Qolgan 10 tasi almashtirish mumkin bo’gan aminokislotalardir. Shuni olohida qayd qilish kerakki, bolalar organizmining o’sishi va rivollanishi uchun ularning ovqat tarkibidagi oqsillarning 80-90 %i sifatli (go’sht, baliq, tuxum, sut) bo’lishi kerak. Kattalar ovqati tarkibdagi oqsillarning 50 %i sifatli va 50 %i sifatsiz bo’lishi mumkin. Katta odam kundalik ovqatining tarkibida 80-120g oqsil bo’lishi kerak.
Yoglar almashinuvi. Yoglar ham oqsillarga o’xshash odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega. 1g yog organizmida kislorod ta’sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya ajratadi. Yoglar ikki xil bo’ladi: hayvon yoglari (dumba, charvi yoglari, sariyog, baliq yogi, tuxum sarigi tarkibida yog kabilar); o’simlik yoglari (paxta, kungaboqar, zig’ir, kunjut, makkajo’xori, zaytun moylari). Dumba, charvi va tuxum sarig’i tarkibidagi yog’larda xolesterin moddasi ko’p. Bu modda ateroskleroz (qon tomirlarning qattiqlashib, mo’rtlashib va toraib qolishi) kasalligi kelishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun yoshi 40dan oshgan odam hayvon yog’i va tuxumni kamroq iste’mol qilishi kerak.
Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar odam organizmida asosan energiya manbai bo’lib hi di. Ayniqsa, jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo’lib parchalanadi va hukayra-to’qimalarni, ayniqsa muskullarniish faoliyati uchun zarur bo’gan energiya bilan ta’minlaydi. 1g uglevod kislorod ta’sirida parchalanib, 4,1 kkal energiya ajratadi. Uglevodlar asosan o’simliklardan olinadigan ovqat mahsulotlarida ko’p bo’ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz hamda shirinliklarda).Katta odamning birkunlik ovqat tarkibida 350-450g uglevod bo’lish kerak.
Vitaminlar. Vitaminlar biologik faol moddalar bo’lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Moddalar va energiya almashinuvi jarayonida vitaminlar suv va turli mineral (natriy, kaltsiy, fosfor), shuningdek qator mikroelementlar magniy, rux, ftor va boshqalar anorganik birikmalar katta ahamiyatga ega. Bu moddalar hujayralardagi bioelektrik ( nerv impulsini o’tkazish) va osmotic jarayonlarda qatnashadi, tishlar, suyaklar tarkibiga kiradi; ular ko’pgina fermentlar va nafas pigmentlarining ta’sir ko’rsatishi uchun zarur.
Organizmning hayot faoliyati jarayonida moddalar va energiya almashinuvi darajasi o’zgarib, takomillashib boradi. Bunga moddalar va energiya almashinuvidagi jarayonlarning bir-biri bilan moslashuvi tufayli erishiladi. Muhit o’zgarganda moddalar va energiya almashinuvi jarayonini organizm uchun kerakli yo’nalishda o’zgartiruvchi boshqaruv mexanizmlari ishga tushiriladi. Chunonchi, anaerob muhitda oksidlovchi fosforning hosil bo’lish jarayoni glikoliz bilan almashinadi . Aksincha , kislorodning to’qimalarida ortishi tufayli glikoliz to’xtab qoladi va oksidlovchi fosfor hosil bo’lishi kuchayadi. Moddalar va energiya almashinuvining hujayralar va to’qimalarda boshqarilishi fermentativ reaksiyalarga, sintezning boshqarilishiga va fermentlar aktivligiga muayyan tarzida ta’sir etish yo’li bilan amalgam oshiriladi. To’qimalardagi almashinuv jarayonlari o’z- ozidan teskari aloqa tipida boshqarilishi mumkin. ATFning sintezlanishi iste’mol qlinishidan ortiq bo’lsa oksidlovchi fosforlanish jarayoni tormozlanadi va aksincha bo’lishi mumkin. Moddalar va energiya almashinuvini boshqarishda biologik membranalar roli muhim o’rinni egallaydi, ular hujayralarga turli birikmalarning tushishi va chiqib ketishi tezligini nazorat qilib turadi.
Markaziy va vegetative nerv sistemasi moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarining nerv orqali boshqarilishini ta’minlaydi. Bu jarayon tropic ta’sir yoki ichki secretsiya bezlari ajratadigan garmonlar orqali amalgam oshiriladi. Odamning har qanday kasalligi moddalar va energiya almashinuvining izdan chiqishi bilan kechadi , bu ayniqsa nerv sistemasi funksiyalari va ichki secretsiya bezlari buzilishlarida ro’y rost namoyon bo’ladi . Moddalar va energiya almashinuvi noto’g’ri ovqatlanganda buziladi. Oksidlanish jarayonlari tezligining o’zgarishiga sabab bo’ladigan moddalar va energiya almashinuvidagi umumiy buzilishining belgilari asosiy almashinuvidagi o’zgarishlar hisoblanadi. Asosiy almashinuvi bu –odam tamomila tinch turganda moddalar almashinuvi jarayonining minimal tezligida hosil bo’ladigan issiqlik miqdoridir. Klinikada tekshirilganda asosiy almashinuv tezligi maxsus apparatlar yordamida aniqlanadi.
Qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishiga aloqador kasalliklarda asosiy almashinuvi orrtib , mazkur bez funksiyasi yetishmovchiligi paydo bo’lgan kasalliklarda, shuningdek gipofiz, buyrak usti bezlari , jinsiy bezlar funksiyasi susayganda va och qolganda pasayib ketadi oqsil, yog’, uglevod, minerallar va suv-tuz almashinuvining buzilishi farqlabnadi
Modda va ebnergiya almasinuvini buzilishiga gaz almashinuvini tekshirib, organizmga tushgan moddalar miqdori bilan undan chiqib ketgan miqdor o’rtasidagi nisbatga qarab, qon, siydik va boshqalarning kimyoviy tarkibini aniqlab diagnoz qo’yiladi. Uni davoolash asosan uni keltirib chiqargan sabablaerni etishdan iborat.
XULOSA
Men “Moddalar va energiya almashinuvi” bobini o’rganib chiqish asosida o’z bilim doiramni ancha kengaytirdim. Odam organizmida kechadigan assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayoni uzluksiz davom etadi. Ammo bu jarayo juda murakkab tarzda amalgam oshadi. Insonga tashqi muhitdan bo’ladigan har qanday ta’sir bu jarayonni buzishi mumkin. Odam o’z turmush tarzida havoni, suvni, tuproqni ifloslanishdan saqlashga , oziq moddalar tarkibida kerakli bo’lgan oqsillar, yo’g’lar , uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar ni yetarli bo’lishini ta’minlashi lozim.


FOYDANANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Salomatlik “ ensiklopediyasi

  2. E.O. Turdiqulov “Inson va havo “

  3. M.F. Rasulov “ Suv hayot manbai “

  4. Z.Egamberdiyev Z . Egamberdiyeva “ Tibbiyot xazinasidan “

  5. 8- sinf “Odam va uning salomatligi “ elektron darsligi .






Download 29.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling