Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha
Download 90 Kb.
|
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- dissamilyatsiya yoki katabolizm
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI Reja:
Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha 2. Assimilyaziya va dissimilyaziya jarayonlari 3. Oqsilar yoglar va uglevodlar almashinuvi 4 .Vitaminlar 5. Energiya almashinuvi Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizimda uning o`zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo`lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy,mehanik,termik o`zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik,mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo`lgan energiya hisobiga to`qimalarva organlar ish bajaradi,hujayralar ko`payadi, ularning eskirgan tarkibiy qisimlari yangilanadi yosh oganizim o`sadi va rivojlanadi.Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi taminlanadi Shunday qilib, moddalar va energiya almanashinuvi bir biriga chambarchas bog`liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etibturadi, yani moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik hususiyati bo`lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o`tadi. Bunda moddalar va energiya yo`qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog`liq bo`lgan ikki jarayon,yani assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o`tadi. Bular anobolizm va katobolizm deb ham ataladi. Ovqat moddalari tarkibiy qisimlarining hujayralarga o`tishi assimilyatsiya yoki anabolizm debataladi. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko`payadi. Organizm qancha yosh bo`lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o`tadi. Bu esa yosh organizmning o`sishi va rivojlanishini ta`minlaydi Hujayralar eskirgan tarkibiy kismlarining parchalanishi (emirilishi) dissamilyatsiya yoki katabolizm deb ataladi. Buning natijasida energiya hosil bo`ladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natijasida hosil bo`gan qol diq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi (karbonat angidrit, suv, azot qoldiqlari va boshqala). Shunday qilib, odam organizmida assimiliyatsiya va dissimi-lyatsiya jarayonlari bir-biriga bogliq holda davom etadi. Coglom bo`gan katta odamlarda bu ikkala jarayonlar bir-biriga teng muvoza-natda bo`ladi. Yosh organizimda assimilyatsiya jarayoni ustunroq bo`-lib, buning natijasida o`sish va rivojlanish ta`minlanadi. Keksa odam-lar organizmida esa dissimilyatsiya jarayoni ustun bo`ladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqin bo`lib, yuzlarida ajin paydo boladi, tana muskulari o`shashib, ularning hajmi kichirayadi va qorni osilib qoladi. Ogir kasalliklar vaqtida dissimilyatsiya jarayoni kuchayadi. Shuning uchun, hatto yosh odamning rangi so`liydi, terisi quriydi, yuzida ajinlar paydo bo`ladi, muskullari bo`shashadi, tana massasi kamayadi. Demak, organizmda assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari uzluksiz davom etadi. Ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishiga qo`ra, odam tanasidagi har xil to`qima va tarkibiy qisimlarning yangilanish muddati turlicha bo`ladi. Masalan, jigar to`qimasi va qon zardobining oqsillari 20 kun davomida butunlay yangilanadi, tana muskularining oqsillari 180 kunda yangilanadi. Umuman odam tanasidagi hamma to`qimalar tarkibidagi oqsilarning yarmi har 80 kun davomida yangilanib turadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, qaysi bir to`qima va organ qanchalik faol ish bajarsa, harakat qilsa, uning tarkibiy qisimlari yangilanshi shunchalik tez sur`atlarda bo`ladi. Binobarin, jismoniy mehnat, fizkultura va sport mashgulotlari odam tanasidagi to`qimalarning tez yangilanishi, organizmning yosh, soglom va tetik saqlanishiga olib keladi. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling