Moddalar va eng oddiy asboblar bilan ishlash qoidalarini bilish


Download 14.08 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi14.08 Kb.
#119418
Bog'liq
Javoblarлшь


Javoblar

1.Kimyoviy elementlar davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifini D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi asosiy qonuniyatlar, dastlabki uch davrda kimyoviy elementlar atomlardagi elektronlarning taqsimlanishini bilish. Asosiy gruppachalardagi elementlarning davriv sistemadagi joylashgan o’rni va atomlarning tuzilishi asosida umumiy tavsifnoma berishni, shuningdek ushbu elementlar hosil qilgan oddiy va murakkab moddalarni bilish: quyidagi tushunchalarni aniqlash va tadbiq eta olish: kovalent bog’lanish (qutbli va qutbsiz), ion bog’lanish, oksidlanish darajasi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi, kristall panjara (ionli, atom, molekulyar) izotoplar. Bilishi zarur deb o’ylayman.

2. Moddalar va eng oddiy asboblar bilan ishlash qoidalarini bilish.

Probirkalar, o’lchov kolbalari, laboratoriya shtativi, spirt lampa yoki gaz gorelkasi bilan ishlashni, qattiq moddalarni eritishni, qizdirishni, tindirishni, filtrlashni, kislota va ishqorlar bilan ishlashni vodorodning tozaligini sinab ko’rishni molyar koncentrasiyali va erigan moddalarning massa ulushi ma`lum miqdorda bo’lgan eritmalar tayyorlashni, tayyor detallardan gaz olish asbob yig’ish va idishlarga havo hamda suvni siqib chiqarish yuli bilan shu gazni to’ldirishni bilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish. Kislorod, vodorod, is gazi, kislota va ishqorlarning eritmalari, yod, xloridlarni aniqlay olishni bilish zarur.



3. Dastlabki kimyoviy tushunchalarning mazmuni

1). a). Kimyoviy element tushunchasi;

b). sifat tavsifi-atom;

v). miqdor tavsifi - nisbiy atom massa, valentlik;

g). simvoli - kimyoviy belgisi.

2). a). Modda tushunchasi;

b). sifat tavsifi - molekula oddiy modda, murakkab modda; oddiy va murakkab moddalar aralashmasi,

v). miqdoriy tavsifi, nisbiy molekulyar massa, moddada elementning massa miqdori;

g). simvoli - kimyoviy formula.

3). a). Kimyoviy reaksiya tushunchasi;

b). sifat tavsifi: fizikaviy va kimyoviy hodisalar. Kimyoviy reaksiyalar borishining shart - sharoitlari va belgilari. Kimyoviy reaksiya tiplari;

v). miqdor tavsifi: kimyoviy reaksiyalarda moddaning massa nisbati;



g). simvolli - kimyoviy tenglamalar.

4. Ettinchi sinf kimyo kursining birinchi nazariy mavzusi dastlabki kimyoviy tushunchalar bo`lib hisoblanadi. Unga atom molekulyar nazariya mohiyatining nazariy konsepsiyasi bayon etiladi. Bu mavzuning nazariy konsepsiyasini o`quvchiga birdaniga berish mumkin emas. Avvalo tushunchalar mohiyati shakllantiriladi. Keyin esa nazariy konsepsiya beriladi. Dastlabki kimyoviy tushunchalar tuzilishi va mazmuni o`zaro bog`langan bo`lib, ular o`z ichiga quyidagi tushunchalarni oladi.
3 va 4 savolga javoblar almashib qogan.
Download 14.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling