Moddaning agregat holati


Download 0.53 Mb.
bet6/12
Sana15.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1777112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Moddaning agregat holati

Lqayn=Kqayn·Tqayn
bunda Kqayn proportsionallik koeffitsiyenti bo’lib, ko’pchilik suyuqliklar uchun taxminan 21 — 22, agar bug‛lanish issiqligi kal/g hisobida olinsa Kqayn ≈21 ga teng; agar Lqaynjoullar bilan ifodalansa, Kqayn ≈87.9 ga barobar bo’ladi:
Lqayn:Tqayn≈87.9
ga teng. Bu tenglik Truton qoidasi deyiladi va amaliy hisoblashlarda ko’p foydalaniladi.
5. Gaz qonunlari vamolekulyar-kinetik nazariyasi

Gaz holatida moddaning zarrachalari (atomlar, molekulalar) orasidagi masofa ancha katta bo’ladi. Shu sababli ayrim zarrachalar orasidagi o’zaro ta'sir kuchlari juda kam bo’lib, gaz holatidagi moddani istalgancha siyraklashtirish, yoki, aksincha, suyuq yoki qattiq holatga o’tgunga qadar siqish mumkin. Modda gaz holatida ikki, uch va undan ko’p zarrachalardan tarkib topgan komplekslar hosil qilishi ham mumkin. Gaz modda suyuq holatga o’tkazilganda uning hajmi minglab marta kamayadi. Bunda gaz molekulalarining hajmi o’zgarmaydi, balki ular orasidagi masofa qisqaradi, xolos.
Gazlarda molekulalar orasidagi masofa katta va molekulalarning hajmi juda kichik bo’lganligi sababli gazlarga oid qonunlarni keltirib chiqarishda gaz molekulalari orasidagi o’zaro ta'sir kuchlari va molekulalarning hajmi hisobga olinmagan. Molekulalari orasidagi o’zaro ta'sir kuchini va molekulalarni hajmini hisobga olmasa ham bo’ladigan gazlar ideal gaz deb ataladi. Asosiy gaz qonunlari ana shunday ideal gazlar uchun keltirib chiqarilgan.
Gazlarga oid birinchi qonun gaz hajmining bosimga bog‛liqligini ifodalaydi: O’zgarmas haroratda berilgan miqdor gazning hajmi uning bosimiga teskari proportsional bo‛ladi, ya'ni
p·V=const

bunda, p — gazning bosimi, V gaz hajmi.
Bu qonunni birinchi marta 1662 yilda Boyl-Mariott ta'riflagani uchun Boyl-Mariott qonuni deyiladi.
Fizik kimyoda qonun-qoidalarni ifodalashning grafik usullaridan ham keng foydalaniladi. Bosimning hajmga bog‛liqligini diagrammada tasvirlasak, teng tomonli giperbola hosil bo’ladi (2-rasm).
2 rasmdagi giperbolalar turli haroratdagibir xil miqdor gazga taalluqlidir. Bu egri chiziqlar ideal gazning izotermalari deyiladi.
Gazlarga oid ikkinchi qonun Gey-Lyussak qonuni deyiladi va u o'zgarmas bosimda harorat o'zgarganda gazning hajmi qanday o'zgarishini ifodalaydi.

O'zgarmas bosimda berilgan miqdor gazning hajmi absolyut haroratga to'g‛ri proportsional bo'ladi. Bu qonunning matematik ifodasi quyidagicha:

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling