3. Material sarfini kamaytirishning iqtisodiyotda tejamkorlikni amalga oshirishdagi ahamiyati
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishi o’z navbatida mehnat buyumlarining ortishiga olib keladi. Agar xalq xo’jaligining ayrim tarmoqlarida (engil va oziq-ovqat) moddiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlarida tutgan salmog’i 80 foizni tashkil etishini nazarda tutsak, u holda material sarfini kamaytirishning naqadar xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’ramiz.
Bozor munosabatlari sharoitida tejamkorlik rejimini kuchaytirish, hamma turdagi resurslarni oqilona va tejab-tergab sarflash, ularnig nobud bo’lishini kamaytirishga sabot bilan erishish, resurslarni tejaydigan va chiqitsiz texnologiyaga o’tishni amalga oshirish, ishlab chiqarishning ikkilamchi resurslari va chiqitlaridan foydalanishni yaxshilash, ularni qayta ishlaydigan ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, ikkilamchi xom ashyoni to’plashni, shu jumladan aholidan to’plashni tashkil qilish va tayyorlov tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash lozim. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida sodir bo’layotgan xo’jasizlik, nobudgarchilik va tejamsizliklarga juda ham ko’p misollar keltirish mumkin.
Material sarfini kamaytirishning quyidagi yo’llari mavjud:
1. Mahsulotlarning konstruktsiyasini o’zgartirish va takomillashtirish.
2. Ishlab chiqarish jarayonlari va ishlab chiqarish dastgohlarining texnologiyasini takomillashtirish.
3. Eng maqbul bichish xaritalarini qo’llash orqali materiallarga ketadigan xarajat normalarini kamaytirish.
4. Ishlab chiqarishning ikkilamchi resurslari va chiqitlaridan foydalanishni yo’lga qo’yish.
5. Ishlab chiqarishda brakga aslo yo’l qo’ymaslik va x.k.lar.
Moddiy resurslarning assoiy qismini mehnat predmetlari tashkil qiladi. Bularga: xom ashyo, materiallar, yonilg’i va boshqa predmetlar kirib, ular har bir ishlab chiqarish tsiklida butunlay o’z qiymatini mahsluotga o’tqazadi. Bularning tahlili ham iqtisodiyotni o’nglashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |