Moddiy, madaniy, arxeologik meros ob`ektlarni muxofaza qilish va turizm


Download 25.86 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1806198
Bog'liq
Moddiy, madaniy, arxeologik meros ob`ektlarni muxofaza qilish va-fayllar.org


Moddiy, madaniy, arxeologik meros ob`ektlarni muxofaza qilish va turizm

Moddiy, madaniy, arxeologik meros ob`ektlarni


muxofaza qilish va turizm
Uy sahifam
Mening kurslarim
kun_tar_tar_2-k_1p_3-sem_mmamomqt
Mavzu: Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy aoslari va qonunchilik
sohasida amalga oshirigan ishlar.
Maruza

Maruza
Reja:

1. Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy aoslari .
2.Tarixiy-me’moriy yodgorliklarni muxofaza qilish va ulardan foydalanishning qonunchilik sohasida amalga oshirigan
ishlar.
Tarixiy-me’moriy yodgorliklar muxofazasi borasida maxsus tayanch rejalar ishlab chiqish imkoniyati ham paydo

bo‘ldi. Ularga muvofiq faqat qadimiy shaxarlarning emas, balki ayrim aholini punktlarning Bosh rejalarini ishlab


chiqishda ham tarixiy va madaniy yodgorliklar asosiy o‘rinni egallovchi ob’ektlar bo‘lib qoldi. Zamonaviy urbonik
jarayonining shiddatli ravishda kuchayishi sababli O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlarni batafsil rejalashtirish
loyihalarini ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ldi. Buxoro, Samarqand, Xiva, SHahrisabz shaharlari uchun shunday
loyihalar ishlab chiqildi. Muxofaza qilinadigan zonalar, tartibga solinadigan qurilishlar hamda landshaftni saqlab
qolish zonalarining chegaralari aniq belgilandi (ushbu masala 3.2. pargrafida yoritilgan).
SHu bilan bir qatorda tarixiy yodgorliklarni har taraflama himoya qilishning huquqiy asoslari yaratildi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 31 avgustdagi “Alohida korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishning ba’zi masalalari” to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra tarixiy, ma’naviy va madaniy meros ob’ektlari davlat
tasarrrufidan chiqarilishi, xususiylashtirilishi va sotib olinishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklar sirasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 64-moddasi va Jinoyat Kodeksining 132-
moddalarida bu borada javobgarlik belilab qo‘yildi. 1998 yil 29 avgustdagi “Moddiy boyliklarning olib chiqilishi va olib
kirilishi to‘g‘risida”gi hamda 2001 yil 30 avgustdagi “Moddiy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to‘g‘risida”gi qonunlarda madaniy meros ob’ektlarini muhofazasi qonunan mustahkamlandi.
2001 yil 30 avgustda qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi
qonun bu borada alohida ahamiyatga ega. CHunki, ushbu qonunga muvofiq nafaqat davlat ihtiyoridagi ob’ektlar,
balki xususiy xarakterdagi tarixiy ob’ektlarning huquqiy tartibi ham ishlab chiqildi. Jumladan, mazkur qonunning V bob
23 moddasiga ko‘ra, madaniy meros ob’ektining mulkdori o‘ziga qarashli bo‘lgan madaniy meros ob’ektining tarixiy,
madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda uni saqlab turish vazifasini o‘z zimmasiga oladi hamda 25
moddada madaniy meros ob’ekti hisoblangan mol-mulkdan foydalanishda cheklashlarga, uning saqlanishi, asralishi,
yanada targ‘ib qilinishi va foydalanilishi uchun qay darajada zarur bo‘lsa, shu darajada yo‘l qo‘yilishi alohida belgilab
berilgan. SHuningdek, ushbu qonun madaniy meros ob’ektining mulkdorini o‘ziga qarashli tarix va madaniyat
yodgorligiga xo‘jasizlarcha munosabatini va uning yaxshi saqlanishini ta’minlashini ham belgilab bergan.“Madaniy
boyliklarining olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonunda ellik yil muddat va undan ham oldinroq yaratilgan
madaniy boyliklar, davlat va jamoat muzeylarida, arxivlarda, kutubxonalarda va boshqa joylarda doimiy
saqlanayotgan madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emasligi alohida ta’kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining “Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza
qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish” deb nomlangan 64-moddasiga binoan, mazkur qoidalarni qasddan
buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab
bo‘lishi yoki Jinoyat kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan tarix yoki madaniyat
yodgorliklarini qasddan nobud qilish, buzish yoki ularga shikast etkazish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorida jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
SHuningdek, xuddi shunday harakatlar natijasida ko‘p miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish
haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanishi qayd etilgan.














2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga


tayangan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy yodgorliklar ilmiy-ishlab chiqarish bosh
boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi № 269-sonli "Madaniy meros
ob’ektlarini muxofaza kilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori
bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga aylantirildi.
SHu bilan birga, ushbu qaror ostida “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini
muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risida”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros
ob’ektlari Davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida” hamda “Madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy
ekspertizasi to‘g‘risida” Nizomlar tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi.
Ayni vaqtda, mustaqillik yillariga kelib, ko‘p asrlar davomida to‘planib kelgan madaniy meros yodgorliklari (o‘z ichiga
ayrim artefaktlardan tortib, yirik poytaxt shaharlari qoldiqlarini ham qamrab olganligini hisobga olib) moddiy
madaniyatning mavjud boy me’moriy qatlami ham soniga aniqlik kiritishni talab etadi. CHunki bu haqda rasmiy
idoralar turli hildagi raqamlarga tayanadi. Masalan, rasmiy idoralarning ma’lumotlariga ko‘ra: parlamentning
Qonunchilik palatasidagi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mitasining nazorat-tahliliy faoliyati
davomida (2005–2008 yillarda madaniy meros ob’ektlarini qo‘riqlash va ulardan foydalanishga oid qonunlar ijrosi
bo‘yicha) mamlakatdagi barcha me’moriy ob’ektlar soni haqida yakdillik yo‘qligidan dalolat beradi.
Arxeologiya institutining ma’lumotlariga qaraganda, ularning soni taxminan 8 500 tani tashkil etadi. Ammo Madaniyat
va sport ishlari vazirligi taqdim etgan ma’lumotnomaga ko‘ra, atigi 3 945 ta ob’ekt ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan
faqat 64 tasi bo‘yicha kadastr ishlari amalga oshirilgan.
YAngi Qonun va Qaror asosida qabul qilingan «Meros» Davlat dasturiga asosan O‘zbekistondagi madaniy meros
ob’ektlari ro‘yxati tuzildi va ularning umumiy soni 10 mingdan ortdi. SHu bilan birga, ularning aksariyat qismi davlat
muhofazasiga olindi. Agar 2006 yilgacha mamlakatimizda 7200 ga yaqin madaniy meros ob’ekti davlat
muhofazasiga olingan bo‘lsa, 2012 yilning boshiga kelib ularning soni 7570 tani tashkil qildi. SHundan 2330 tasi
qadimgi arxitektura yodgorliklari, 3945 arxeologik, 1138 tasi xaykaltaroshlik, monumental san’at asarlari, 157 diqqatga
sazovor joylar va 700 mingdan ortiq ko‘chma madaniy meros ob’ektlari hisoblanadi. SHuni alohida ta’kilash lozimki,
O‘zbekistonda mavjud arxitektura yodgorliklarining katta qismini masjidlar tashkil etadi. Hozirgi davrga kelib ularning
bir qismi ta’mirlangan bo‘lsa, qolgan qismi restavratsiya va konservatsiya qilish uchun tayyorlanish jarayonida.
YUqorida keltirilgan faktlar arxeologik ob’ektlarni hisobga olishga bir xil tizimli yondashuvning, ya’ni arxeologik
yodgorlik va me’moriy obidalarni hisobga olish, shuningdek ushbu faoliyatni tartibga soladigan barcha uchun
majburiy normativ hujjatning yo‘qligidan dalolat bermoqda.
XXI asrning dastlabki o‘n yilligida xalqaro miqyosda Termiz shahrining 2500 yilligi (2002 y.), SHahrisabz shahrining 2700
yilligi (2002 y.), Qarshi shahrining 2700 yilligi (2005 y.), Samarqand shahrining 2750 yilligi Marg‘ilon shahrining, 2000
yilligi (2007 y.) Toshkent shahrining 2200 yilligini (2009 y.) nishonlanishi shuningdek, Abduxoliq G‘ijduvoniy
tavalludining 900 yilligi (2003 y.), Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi (2005 y.) yubleylari o‘tkazilishi
qadimiy shaharlarimiz va muqaddas ziyoratgohlarning qiyofasiini tubdan o‘zgartirib yubordi.
To‘plangan empirik materiallar va aniqlangan faktlar – Respublikamiz mustaqilligi yillarida ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida bo‘lgani kabi, madaniy merosni asrash va uni kelajak avlodga etkazish borasida xalqaro hamkorlik ishlari
bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirilganligi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berdi.
Birinchi yo‘nalish – bu mamlakatimizning qator xalqaro nufuzli tashkilotlarga a’zo bilishi va ular bilan yaqin hamkorlikni
yo‘lga qo‘yilishi bilan ifodalanadi.
O‘zbekistonning xalqaro ma’naviy hamjamiyatga integratsiyalashuvi jarayonida 1992 yilda BMTga, so‘ngra 1993 yilda
fan, madaniyat va maorifning milliy tizimlarini o‘zida birlashtiruvchi, ayni paytda, xalqlarni butun insoniyatning boy
ma’naviy merosi bilan tanishtirish orqali ularni dunyo intellektual taraqqiyotining tajribasi bilan boyitadigan universal
xalqaro tashkilot – YUNESKOga a’zo bo‘lishi muhim ahamiyat qayt etdi.
Mamlakatimizning ushbu tashkilotlar a’zoligiga qabul qilinishi va o‘zaro hamkorlik jarayoni Respublikaning jahon
madaniy hamjamiyatiga integratsiyalashuvining huquqiy asosi hisoblangan bir qator xalqaro konvensiya va
deklaratsiyalariga qo‘shilishi bilan hamohang bordi. Jumladan, bilimlar tarqatish, iste’dodlarni kamol toptirish va turli
madaniyatlarni boyitishga yordam berish; xalqlar o‘rtasidagi tinch-totuv munosabatlar va do‘stlikni rivojlantirish
hamda ulardan har birining turmush tarzini yaxshi tushunishga ko‘maklashishni maqsad qilib olgan xalqaro madaniy
hamkorlik prinsiplari “Deklaratsiyasi”ga qo‘shilishi fikrimizning yorqin dalilidir.
SHuningdek, Respublikamiz tarixiy va madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi bir qator xalqaro ahamiyatga ega
bo‘lgan konvensiyalarga qo‘shildi, xususan:
1. 1993 yilda – 1972 yilda qabul qilingan “Madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish umumjahon konvensiyasi”ga;
2. 1996 yilda – 1954 yilda qabul qilingan “G‘arbiy mojarolar vaqtida madaniy boyliklarni muhofaza qilish haqida”gi
Gaaga konvensiyasiga;














Z. 1997 yilda – 1970 yilda qabul qilingan “Madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kelish, olib ketish va unga egalik


huquqini birovga topshirishni» ta’qiqlash va ogohlantirish chora-tadbirlari haqida”gi konvensiyasi kushilganligini
keltirishimiz mumkin.
Jumladan, 1972 yil 16 noyabrda YUNESKOning 17 Assambleyasining bosh konferensiyasida qabul qilingan
konvensiyaning 5 moddasining d punktida har bir davlat madaniy merosni aniqlash, muhofaza qilish, saqlash, qayta
tiklash va ommalashtirish kabi choralarini ko‘rishi zarurligi aniq qilib belgilangan.
Bu xalqaro konvensiyalar madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha shakllangan, har tomonlama keng qonunlar
majmui maqomiga ega bo‘lib, O‘zbekistonning ularga qo‘shilishi mamlakatdagi madaniy boyliklarning jahon
hamjamiyati tomonidan huquqiy himoya qilinishiga sharoit yaratdi. Jumladan, 1991 yilda Xivadagi "Ichan-qal’a", 1993
yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi, 2000 yilda SHahrisabzning Amir Temur va temuriylar davri me’morchilik
obidalari, 2001 yilda Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklari YUNESKO xalqaro tashkilotining maxsus qarorlari bilan
“Butunjahon madaniy merosi ro‘yxati”ga kiritildi, hamda hisoyasiga olindi.
Aslini olganda, O‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorlik aloqalari sobiq Ittifoq davrida, sobiq “Markaz” orqali yo‘lga
qo‘yilgan edi. Ushbu aloqalar 1980 yillar oxiriga kelib, ya’ni mustaqillik arafasida amaliy ko‘rinish xosil qildi. Xususan,
1987 yilda 10 mamlakat, shu jumladan Sobiq Ittifoq tashabbusi bilan, BMTning madaniy rivojlanish jahon miqyosidagi
dekadasi doirasida, YUNESKO Bosh Assambleyasining XXIV sessiyasida, «Ipak yo‘li – muloqot yo‘li» (SHelkovыy put –
put dialoga) mavzusida gumanitar loyihani amalga oshirish bo‘yicha rezolyusiya qabul qildi.
Unga asosan Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasi tarixini har tomonlama o‘rganish, SHarq va G‘arb o‘rtasidagi
madaniy aloqalarni yaqindan o‘rnatish maqsad qilib olingan edi. SHuningdek, ushbu loyiha doirasida “Buyuk Ipak
Yo‘li”ning tarmoqlari, savdo, xunarmandchilik, folklor-etnografik xususiyatlarini aniqlash va o‘rganish, shuningdek,
turizmni rivojlantirish, muzeylarni tashkil qilish kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish ham nazarda tutilgan.
Xullas ushbu loyiha ishlari 1980-yillar oxirlarida boshlanib, 1990-yillar boshlarida ham davom ettirildi. Loyiha doirasida
bir qancha ilmiy anjuman va seminarlar, “Buyuk Ipak Yo‘li” bo‘ylab qo‘shma xalqaro ekspeditsiyalar o‘tkazildi,
kinofilmlar, kitoblar yaratildi hamda ayrim me’moriy va arxeologik yodgorliklar ta’mirlandi.
Samarqand viloyatidagi moddiy yodgogliklar.
Arxeologik yodgorliklar- 975 ta
Arxetikturaviy yodgorliklar - 581 ta
Monumental yodgorliklar - 36 ta
Diqqatga sazovar joylar- 34 ta
Jami : 1626 ta.
SAMARQAND VILOYATIDA JAMI 1626 TA MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINING 267 TASIDA MOHOFAZA BELGILAR
MAVJUD:

Arxeologiya yodgorliklari 2 ta


Arxitektura yodgorliklari 253 ta
Monumental yodgorliklari 0 ta
Diqqatga sazovor joylar 12 ta
SAMARQAND VILOYATIDA JAMI 1626 TA MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINING SAQLANISH HOLATI:
338 tasining holati yaxshi
501 tasining holati qoniqarli
458 tasining holati qoniqarsiz
93 tasining avariya holatida
17 tasi o’zlashtirib yuborilgan
3 tasi ijaraga berilgan
216 tasi ro’yxatda mavjud emas.
This lesson is not ready to be taken.
×













PROUDLY MADE WITH
Bilan yasalgan 


by conecti.me


OLDINGI FAOLIYAT
← Topshiriq
...ga o'tish
KEYINGI FAOLIYAT
Seminar →

Aloqada bo'ling


https://t.me/mtsamduuz



Ma'lumot hisobotlarini saqlash sahifa



Mobil ilovani yuklab oling

Switch to the standard theme















http://fayllar.org
Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling