Moddiy nuqta kuzatilayotgan sharoitda kattaligi va shakli ahamiyatsiz boʻlgan harakati


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#197679


1 - savol.

Mexanik harakat - tashqi kuch taʼsirida jismning fazoda oʻz oʻrnini uzluksiz oʻzgartirishi. Mexanik

harakat tu-shunchasi fazo, vaqt, harakatlanuvchi jism, muhit va jismga beriladigan kuch (yoki

tezlik) ga bogʻliq. Jismning harakati boshqa biror jismga nisbatan belgilanadi. Mexanikada

Mexanik harakat kaysi jismga nisbatan tekshirilsa, ko-ordinatalar tizimi shu jism bilan bogʻlanadi.

Klassik mexanikada moddiy nuqta Mexanik harakat tizimining umumiy qonunlari I. Nyuton

tomonidan taʼriflangan. Mexanik harakatning birinchi qonuni inersiya qonuni hisoblanadi.

Moddiy nuqta - kuzatilayotgan sharoitda kattaligi va shakli ahamiyatsiz boʻlgan harakati

oʻrganilayotgan jism. Muayyan jismni Moddiy nuqta deb qabul qilish mumkin yoki mumkin

emasligi jismning oʻlchamlariga emas, balki masalaning shartlariga bogʻliq. Mac, oʻrtacha

radiusi 6371 km boʻlgan Yer shari Quyosh atrofidagi orbitasida har sekundda 29,75 km dan

yoʻl bosib, bir yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Bunday sharoitda Yer sharining kattaligi,

shakli va uning ichida sodir boʻlayotgan murakkab jarayonlar uning orbita boʻylab harakati

oʻrganilayotganda ahamiyatsiz boʻladi. Demak, Yerning Quyosh atrofidagi orbita boʻylab harakati

oʻrganilayotganda uni Moddiy nuqta deb qabul qilish mumkin. Ammo Yer sirtidagi biror transport

vositasining harakati oʻrganilayotgan boʻlsa, bunday sharoitda Yer sharining kattaligi va shakli,

albatta, eʼtiborga olinishi shart, yaʼni bu sharoitda Yerni Moddiy nuqta deb kabul qilish mumkin

emas. Moddiy nuqta tushunchasi fizika faniga oid juda koʻp hodisalarni tushuntirishda va

masalalarni hal etishda katta yordam beradi.

Qattiq jism — moddaning shakli turgʻun agregat holati. Bu holatda modda atomlarining issiqlik

harakati ularning muvozanat vaziyatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat boʻladi. Kristall va

amorf Q j.lar mavjud. Kristallarda atomlarning muvozanat vaziyatlari fazoda davriy joylashadi.

Amorf jismlard a atomlar tartibsiz joylashgan nuqtalar atrofida tebranadi. Qattiq jismning turgʻun

(eng kichik ichki energiyali) holati kristall holatdir. Termodinamik nuqtai nazardan amorf jism

metaturgʻun holatda boʻladi va vaqt oʻtishi bilan kristallanishi kerak. Tabiatdagi barcha moddalar

(suyuq geliydan tashqari) atm. Bosimida va T>0 K trada qotadi. Qattiq jism xossalarini uning

atommolekulyar tuzilishini va zarralari harakatini bilgan holda tushunish mumkin.

Fazo va vaqt, makon va zamon — borliqning umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil

etuvchi obʼyektlar va ulardagi tarkibiy nuk,talarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va mikyosini

ifoda etea, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi xrdisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va

davomiyligini ifodalaydi. F. va v.ning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilmaxil

nuqtai nazarni ilgari surgan. Ularni umumlashtirib 2 ga: substansial va relyatsion konsepsiyaga

ajratish mumkin. Substansial konsepsiyada F. va v.ning mutlaq jihatlari, relyatsio n konsepsiyada

esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi. Substansial yondashuv tarafdorlari (Demokrit,

Platon, Eronshaxriy, Zakariyo arRoziy, Beruniy, Patritsiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler va

boshqalar)ning fikricha, fazo—materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bogʻliq

boʻlmagan holda mavjud boʻlgan mustaqil substansiyadir; u moddiy obʼyektlarning joylashish

makoni, fazo mutlakdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy taʼsir koʻrsatadi; vaqt

munosabatlari hamda hisob sistemalarida bir xilda oʻtadi. F. va v.ni mustaqil sub. stansiya deb

qisoblaganliklari uchun ularning yondashuvi fanga substansial konsepsiya nomi bilan kirgan.

Relyatsion yondashuv vakillari (Aristotel, Avgustin, al-Kindiy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Faxriddin

Roziy, Nasriddin Tusiy, Dekart, Leybnits, Toland, Yum, Fixte, Kant, Gegel)ning fikricha, fazo—

moddiy dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon boʻlishi, jismlarning oʻzaro joylashish

oʻrni va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo juzʼiy holda ham, umumiy holda

ham moddiy dunyoning holatiga bogliq; materiya fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir,

vaqt esa materiyaning atributa (ajralmas xususiyati), u materiyadan tashqarida mavjud boʻlishi




mumkin emas, u nisbiydir. Fanda uzok, davr mobaynida fazoni vaqtdan ajratib tushunish

hukmronlik qilib keldi. Shu jixatdan vaqtga nisbatan dinamik va statistik qarashlar ham mavjud.

Dinamik qarash boʻyicha, vaqtning faqat hozirgi zamonigina real mavjud, oʻtmish oʻtib ketgan,

kelajak esa hali yoʻq. Statistik qarash vakillarining fikricha, vaqtning barcha lahzalari bir yoʻla,

yaxlit holda, bir vaqtda mavjuddir, vaqtning lahzalarini har bir subʼyekt oʻz boshidan kechiradi

va unga goʻyoki vaqt oqib oʻtayotgandek tuyiladi. 20-asr boshlarida A. Eynshteyn tomonidan

nisbiylik nazariyasining yaratilishi F. va v.ning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi, F. va v. sistemaning

harakat tezligi bn, vaqtfazo strukturasining modda zichligi bilan bogʻlikligi haqidagi fikrlar

tabiiyilmiy va nazariy isbotini topdi.

Bundan ilgariroq yaratilgan noyevklid geometriyasi tamoyillari bilan dunyo elektrodinamik

manzarasining bogʻlanishi fazoning strukturasi haqidagi tabiiyilmiy tasavvurlarni yanada

kengaytirdi. Fan yutuqlari F. va v.ning xususiyatlari mikro, makro va megadunyolarda birbiridan

farq qilinishini isbotladi. hozirgi zamon fanlari aniklab bergan F. va v.ning xususiyatlarini 2 turga

ajratish mumkin. 1turga tegishli oʻlchov asboblari (lineyka, ruletka, soat kabilar) bilan oʻlchash

mumkin boʻladigan, turli hisob sistemalarida turlicha namoyon boʻladigan nisbiy xususiyatlari

kiradi va ular metrik xususiyatlar deb ataladi. Bunday xususiyatlarga fazoning koʻlami, bir jinsliligi,

izotropliligi, egilganligi, vaqtning bir jinsliligi, bir xilligi, davomiyligi, anizotropligi va boshqa kiradi.

2turdagi xususiyatlari F. va v.ning tub mohiyatiga aloqador boʻlgan, barcha hisob sistemalarida

bir xilda namoyon boʻladigan, oʻzgarmas, fundamental xususiyatlardir. Ular topologik xususiyatlar

deb atalib, fazoning uzluksizligi (yoki diskretligi), oʻlchamliligi, tartiblanganligi, kompaktligida,

vaqtning esa uzluksizligi, bir oʻlchovliligi, orqaga qaytmasligi, chiziqli bogʻlanganligida va boshqa

da namoyon boʻladi.

F. va v.ning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini ifoda etea, topologik

xususiyatlari esa tub sifat jihatlarini aks ettiradi. Shu sababli falsafada F. va v.ning metrik

xususiyatlari — miqdoriy xususiyatlar, topologik xususiyatlari esa sifatiy xususiyatlar deb

ataladi. F. va v.ning metrik xususiyatlari oʻzgarganda voqeliqsa jiddiy strukturaviy oʻzgarishlar

roʻy bermasligi mumkin, topologik xususiyatlarning oʻzgarishi esa voqelikni, albatta, tubdan

strukturaviy oʻzgartiradi. F. va v.ni anglashda real, perseptual va konseptual F. va v.larni birbiridan

ajrata olish lozim. Obʼyektiv voqelikdagi real, jismoniy, fizik obʼyektlar, narsa va hodisalarning

oʻziga xos F. va v. aloqadorliklari real F. va v. deyiladi. Real F. va v. ning inson tasavvurida idrok

etilishi — perseptual F. va boshqa boʻlsa, real F. va v.ning matematik tenglama va hisobkitoblarda

modellashtirilishi — konseptu al F. va v.dir. Perseptual va konseptual F. va v. real F. va v.ning

inʼikosi ekanligini hisobga olish lozim, ularni aynanlashtirish kishini chalgitishi mumkin. Hozirgi

Davrda borliqning turli tashkiliy struktura darajalariga aloqador fizik, kimyoviy, geologik, biologik,

fiziologik, ijtimoiy (sotsiologik), psixologik F. va v. haqidagi konsepsiyalar ham yaratilmoqda.

Ularda olamning tuzilish jihatdan xilma-xilligi va birligi, koʻp qirraliligi va cheksizligi, murakkabligi

va nihoyasizligi asoslanmokda. 20-asrning oxiri — 21-asrning boshlarida nazariy fizika,

topologiya, chiziqli algebra, kvant fizikasi, relyativistik kosmologiya kabi fanlarning rivojlanishi

F. va v. haqidagi tasavvurlarni jiddiy oʻzgartirdi, F. va v.ning turlituman modellarini tadqiq qilishga

keng yoʻl ochildi. Bu tadquqotlar olamdagi yagona eng umumiy, universal va fundamental



aloqadorlik — F. va v. aloqadorligidir, deb xulosa chiqarishga asos berdi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling