Moddiy va issiqlik balanslari. Reja: Bug`latish to`g`risida umumiy tushunchalar


Korpuslarning maqbul sonini aniqlash


Download 332.5 Kb.
bet9/9
Sana19.06.2023
Hajmi332.5 Kb.
#1604493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-2-ma`ruza. Buglatish

Korpuslarning maqbul sonini aniqlash. Ko’p bosqichli bug`latish qurilmasida korpuslarning soni ortib borishi bilan 1 kg suvni bug`latish uchun zarur bo’lgan isituvchi bug`ning sarfi kamayib boradi. Biroq korpuslar sonining ortishi bilan haroratlarning yo’qotilishi ko’payadi. Issiqlik o’tkazish jarayonining yaxshi ketishi uchun har bir korpusda harorat­larning foydali farqi (isituvchi bug` va qaynayotgan eritma haroratlarining farqi) ma’lum qiymatga ega bo’lishi shart. Bu farq tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilmalar uchun kamida 5-70C va majburiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilmalar uchun kamida 3°C bo’lishi kerak.
Korpuslarning soni juda ko’payib ketsa, haroratlarning yo’qotilishining yig`indisi qurilmadagi haroratlarning umumiy farqiga teng yoki undan ham ortib ketishi mumkin. Bunda eritmalarni bug`latish mumkin bo’lmay qoladi.
Korpuslarning maqbul sonini texnikaviy-iqtisodiy hisoblashlar yo’li bilan aniqlash maqsadga muvofiq. Bunday hisoblashlar elektron hisoblash mashinalarida ham bajarilishi mumkin. 23.5-rasmda korpuslarning maqbul sonini grafik orqali topish ko’rsatilgan.

23.5-rasm. Bug`latish qurilmalarida korpuslarning maqbul sonini aniqlashga doir:
a — umumiy sarflar;b — isituvchi bug`ning qiymati; d — amortizasiya sarflari; e — mehnat sarfi.
Vertikal o’qda 1 kg suvni bug`latish qiymati berilgan, gorizontal ochqda esa korpuslarning soni ko’rsatilgan. Grafikdan ko’rinib turibdiki, korpuslarning soni ko’payishi bilan isituvchi bug`­ning qiymati kamaymoqda (b — egri chizig`i), amortizasiya sarflari esa ko’paymoqda (V — chiziq), qurilmani ishlatish bilan bog`liq bo’lgan mehnat sarfi birozgina o’zgarmoqda (g— chiziq).
1 kg suvni bug`latish bilan bog`liq bo’lgan umumiy sarflarni belgilovchi egri chiziqning (a) minimumiga tochg`ri kelgan korpuslarning soni, taxminan, maqbul deb olinadi. Odatda ko’p bosqichli bug`latish qurilmalaridagi korpuslarning soni 2 tadan kam va 5-6 tadan ortiq bo’lmaydi. Ko’pincha korpus­larning maqbul soni 3-4 ta bo’ladi.
Download 332.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling