Moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra


Download 75.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.03.2023
Hajmi75.42 Kb.
#1254840
  1   2
Bog'liq
Naflilik



Naflilik
Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar,
tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra,
ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va
xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir
shaxs ola-digan muayyan qoniqish.
Iqtisodiy nazariyaning asosiy
tushunchalaridan biri. N. darajasi —
subʼyektiv tushuncha, u shaxsning
manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga
bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun
muhimligi va ahamiyati ularning inson


uchun nafliligiga — ular qondiradigan
ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga,
darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har
qanday neʼmatlarning N. darajasi uning
tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq.
Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning
tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari
sifatini yaxshilash lozim. Masalan,
buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish
muddati 2-marta ortsa, uning nafliligi 2-
marta ortib, oldingisiga nisbatan 2-marta
koʻproq ehtiyojni qondiradi. Shuning
uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim
omili mahsulot sifati va uning N.
darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan
qoniqish yakka qoniqishdir, ammo
tovarlarni isteʼmol etishda umumiy


qoniqish ham paydo boʻladi. Umumiy N.
— isteʼmol qilinadigan boyliklarning
barcha tarkibiy qismlari boʻyicha
nafliligidir. Umumiy N. tovarlar guruhiga
daxldor va kishilar talabini tez
oʻzgartiradi. Umuman, tovarlar xilma-xil
boʻlganda N. pasayishga moyil boʻladi.
Tovarlarning naf keltirish xususiyati —
isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida
qoniqish hosil eta olishi, yaʼni haridorning
individual didiga qarab ehtiyojni qondira
olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik
yuqori boʻlsa, shunchalik narxning
qiymatdan uzilishi ham yuz beradi.
Ammo bunday hol kam uchraydi, chunki
tovarlar gʻoyat koʻp boʻlganidan ayrim


tovarlar nafliligi oʻta yuqori boʻlmaydi,
oʻrinbosar tovarlardagi N. uni tutib turadi.
Narxning tovar nafliligiga monand oshib
borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish
meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi
boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach,
tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan
soʻng, harid etilgan va isteʼmol qilingan
tovar nafligi pasayadi. Chunki, harid
narxining cheklanganligi tufayli haridor
oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil
qiladigan tovarlarni oladi. Bu N.ning
yuqori nuqtasi (maksimizatsiyasi)
deyiladi.


Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining
asosiy chegaralari tovarning narxi va
isteʼmolchining daromadi hisoblanadi.
Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi,
balki N.ning mazkur tovar narxi bilan
nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday
nisbat chamalangan (hisobga olingan)
meʼyoriy N. deyiladi. Jamiyat
rivojlanishida moddiy va maʼnaviy
neʼmatlarning N. juda muhim masala
boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida
obyektiv va subʼyektiv nuqtai nazarlarda
turadigan bir qancha N. nazariyalari
paydo boʻldi. N. muammosiga siyosiy
iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E.
Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger,
shuningdek, G.Gossen va boshqa katta


eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar
neʼmatlarni N.ga ega boʻlgani uchungina
qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli
boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir.
Kishilar muayyan tovarlarni
qadrlaganlarida uning faqat obʼyektiv
N.ni yoki subʼyektiv N.ni (uni isteʼmol
etishdan olinadigan qoniqishni, nafni)
hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning
mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy
mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni
muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini
ham hisobga oladilar, tovarni obʼyektiv N.
va ijtimoiy qiymat birligidan iborat
mahsulot sifatida kadrlaydilar.
Neʼmatning suʼyektiv qadr-qimmati uning
obʼyektiv qadr-qimmatining, obʼyektiv N.i


va ijtimoiy qiymati birligining insoniy
ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan
qadrlanadigan subʼyektiv ahamiyatidir
(yana qarang Meʼyoriy naflilik nazariyasi).
Samuelson P.A., Nordxauss V.D.,
Ekonomika, M., 2000.
Erlis Aliqulov
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyot
Manbalar



Download 75.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling