Model biror obyekt yoki obyektlar sistemasining obrazi yoki namunasi


Download 0.58 Mb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1392689
  1   2   3   4
Bog'liq
mat alg


model biror obyekt yoki obyektlar sistemasining obrazi yoki namunasi
Modelda obyektning faqat izlanadigan xossalari aks etadi

Agar biz xayolimizdagi nusxani, ya’ni abstrakt modelni «o‘z tilida» — m atematik simvollar va tegishli qonun-qoidalarga rioya qilgan holda bayon qilsak, bunday ko'rinishdagi model matematik model deyiladi.
— Har qanday obyektning har qanday modeli kompyuterda ishlatish darajasiga yetkazilgan bo‘lsa, bunday modelga matematik model sifatida qarasa bo‘ladi. Bunda albatta, o‘rganilayotgan real obyektning asosiy qonun-qoidalarini matematik tilda bayon qilinish tushuniladi.
Matematik model — real obyektning tasavvurimizdagi abstrakt ko‘rinishi bo‘lib, u matematik belgilar va ba’zi bir qonun-qoidalar orqali ifodalanadi.
Amaliyotda quyidagi modellardan foydalaniladi:
1. Fizikaviy modellar.
2. Geometrik modellar.
3. Matematik modellar.
4. Iqtisodiy-matematik modellar.
5. Biologik modellar.
6. Grafik modellar
1. Fizikaviy modellar originalning asosiy xossalarini aks ettirib, original bilan o'xshash qiyofaga ega. Fizikaviy modellar originaldan bir necha marta kichraytirilgan bo'ladi.
2. Geometrik modellar ham fizikaviy modellarga o‘xshash bo‘lib, ular originaldan bir necha marta kichraytirilgan bo‘ladi. Bu yerda ham matematik tushunchaning proporsionallik koeffitsiyenti nazarga olinadi.
3. Matematik modellar originalning asosiy xossalarini, cheklanishlarini son va harflar bilan ifodalaydi.
4. Iqtisodiy-matematik modellarda yordamida korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish masalalarini yechishiga cheklanish shartlari ifodalaniladi. Keyin esa cheklanishlarni nazarga olgan holda maqsad funksiya tanlanadi.
Determinatsiyalangan oddiy modellar — iqtisodiy masalalarni yangilash (o‘zgartirish) guruhining oddiy bir turi. Bu turdagi modellarga korxonalarning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini hisoblashda ishlatiladigan analitik talaffuzli modellar kiradi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling