Modellarning tasnifi Kibemetika fani «tirik mavjudodlar va mashinalar aloqasi hamda ularni boshqarish»
Download 95.15 Kb.
|
Modellarning tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqot ob’yektini tanlash.
Modellashtirish san’ati - iloji boricha soddaroq model qurib to'g'ri natijalar olishdir. SHuning uchun yangi masalalar qo'yilishida modellashtirish sanoati juda yaxshi samaralar beradi.
O’HMning afzalligi shundaki, yechimlar berilgan vaqt oralig'ida uzluksiz tarzda berib boriladi. Bundan tashqari O’HMda yechimlarni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan vaqt bo'yicha berish mumkin. Modellashtirish jarayonining bir qismini EHMda, bir qismini O’HM da bajarish model samaradorligini oshirish imkonini beradi. O’HM qurilmalarining murakkabligi unda yechiladigan masalalarning murakkabligiga to'g'ri proportsionaldir. O’HM va EHMdan bir vaqtda foydalanilganda masalaning dinamik xususiyatlari O’HMga yuklatilsa, boshqarish funktsiyalari, mantiqiy axborotlarni ishlab chiqish, ko'p o'zgaruvchili funktsiyalarni generatsiyalash, vaqt bo'yicha kechikish jarayonini modellashtirish kabi operatsiyalarni bajarish elektron hisoblash mashinaga yuklatiladi. Lekin O’HM va elektron hisoblash mashinasining bir vaqtda ishlashi hamma vaqt ham samara beravermaydi. Dinamik tizimlarni tuzilmaviy o'xshash modellashtirish printsipiga yaqin bo'lgan dasturga asoslangan raqamli modellashtirish uslubi ko'zlangan maqsadga tezroq olib keladi. Bunda modelga elementlarni va ularning qo'shilish shartlarini modellashtiruvchi tizim o'rnatiladi. Odatda bu elementlar tizimi O’HM operatsion elementlariga o'xshash tanlab olinadi. Bunda tillar tizimi funktsional bloklar dasturlari va bu dasturlarni tartibga solib turuvchi dasturlardan iborat bo'ladi. Dasturli-tuzilmaviy modelning kamchiliklaridan biri translyatorlar tufayli elektron hisoblash mashina ishlashi samaradorligining pasayishi, uning hotira zaxirasining yetishmay qolishidir. Bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun ko'p protsessorli elektron hisoblash mashinalar yaratilgan. Umumiy holda matematik model qurish jarayoni quyidagi algoritm bo'yicha bajariladi. Ilmiy tadqiqot ob’yektini tanlash. Bunda qaralayotgan ob’yektni modellashtirish zarurligi, dolzarbligi, iqtisodiy samara berishi, modellashtirish imkoniyatlari hisobga olinadi. Download 95.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling