Modellarning tasnifi Kibemetika fani «tirik mavjudodlar va mashinalar aloqasi hamda ularni boshqarish»


Download 95.15 Kb.
bet3/7
Sana14.10.2023
Hajmi95.15 Kb.
#1702342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Modellarning tasnifi

Modellashtirish – model asosida (matematik yoki fizik) yoki o`xshatish nazariyasini qo`llab yaratilgan qurilmada jarayon yoki voqea va hodisalarni urganish usuli hisoblanadi.
Murakkab boshqarish tizimlarini modellashtirishda topologiya, mantiq–dinamika, immitatsion modellashtirish va boshqa usullar qo`llanib kelinadi. Shulardan keng tarqalgani immitatsion modellashtirish usulidir.
Modellashtirishning asosiy masalalari
Modellashtirishning maqsadi quyidagi amaliy masalalarni yechishdan iborat:
murakkab ob’yekt o'zgaruvchilari orasidagi o'zaro ta’sirni tizimli tahlil qilish;
ob’yektni strukturaviy va ko'rsatkichli identifikatsiyalash;
jarayonlarni sifat jihatdan (to'liq bo'lmagan) yoki miqdor jihatdan (atroflicha) uzoq muddatli bashorat qilish;
qaror qabul qilish va rejalashtirish.
Malumki, biror jarayonni hisob ishlarini bajarib beruvchi standart dastur o'z ichiga bir necha modul-dasturni olishi mumkin. Bu modul - dasturlar aniq bir masalani yechishga mo'ljallangan bo'ladi. Unga beriladigan va undan olinadigan malumotlar tiplari, ko'rinishlari oldindan aniqlanib qo'yiladi. Modul-dastur prosedura yoki prosedura-funksiya ko'rinishida aniqlanilib, kompilyasiya qilinadi va foydalanuvchi yaratayotgan umumiy dasturning bosh qismida unit fayllari ro'yhatiga kiritib qo'yiladi (biz dasturlash tili sifatida Paskal tilidan foydalanganligimiz uchun barcha ko'rsatmalar shu tilga nisbatan aytiladi). Shunday qilib, dasturchi o'zining dasturlar kutubxonasiga ega bo'ladi va bu dasturlardan istalgan masalani yechish dasturida foydalanishi mumkin.
ADBni menyu prinsipida ishlashini tashkil etish dasturdan foydalanish unumdorligini keskin orttiradi. Bu holda asosiy menyuda yechiladigan masalalar sinfi ko'rsatilsa (3-rasm), menyu osti menyusida esa mos ravishda sanab o'tilgan masalalarga mos yechish usullari tanlanadi (4-rasm).





Yechish usullari menyusida zarur bo'lgan usul tanlangach, shu usulga mos kompilyasiya qilingan fayl o'z ishini davom ettiradi. Bu fayl standart holatda modulli prinsipda tuzilgan ishchi dasturni o'z ichiga oladi. Faylni ishlashi uchun zarur malumotlar berilgach, masalaning natijalari kompyuter ekraniga, printerga yoki ko'rsatilgan yo'l bo'yicha diskka yozilishi mumkin.
Murakkab masalalarni samarali yechishda asosiy elementlardan biri bu– qo‘llash uchun qulay ko‘rinishdagi modelni qurish va mos kelishidir
Model turli xil formada va tur darajada matematik ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Modelning murakkablik darajasini tanlash uni foydali va qo‘llashda rejalashtirishni aniqlaydi.
Matematik model tadqiq etilayotgan ob’ektda bo‘layotgan jarayonni qo‘yilgan aniqlik bo‘yicha ko‘rsatib beruvchi matematik ifoda ko‘rinishida bo‘ladi.
Ob’ekt, jarayon va tizimlarning xususiyatlarini ifodalashda sonli jadval va grafiklardan foydalanilsa, bunday ifodalar grafik modellar deyiladi.
Bir muncha murakkabroq xollarda matematik model ob’ekt kirish va chiqish o‘zgaruvchilari orasidagi bog`lanishni ifodalaydi va aniq tenglama ko‘rinishida beriladi. Bunday modellar analitik model deyiladi.
Matematik modellar tenglamaning ko‘rinishiga qarab chiziqli, nochiziqli, diskret, uzluksiz, diterminirlashgan, stoxastik va xokazo nomlar bilan nomlanishi mumkin. Lekin hech biri ob’ektni to‘liq tasvirlay olmaydi. Xar bir model ma’lum maqsad uchun xizmat qiladi.
Quyida bir qancha muqobil modellar guruhi keltirilgan:

  • -fizik (natural) va matematik (simvolli);

  • -statik va dinamik;

  • -diterminirlashgan va stoxastik;

  • - diskret va uzluksiz;

  • -chiziqli va nochiziqli;

  • -bir parametrli va ko`p parametrli;

  • -statsionar va nostatsionar.


Download 95.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling