Modellarning tasnifi Kibemetika fani «tirik mavjudodlar va mashinalar aloqasi hamda ularni boshqarish»


Download 95.15 Kb.
bet5/7
Sana14.10.2023
Hajmi95.15 Kb.
#1702342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Modellarning tasnifi

Statistik model (ehtimollikli) jarayonga tasodifiy o‘zgaruvchilarning ta’sirini ifodalaydi. Shuning uchun kirish va chiqish o‘zgaruvchilari orasida funksional bog‘lanish bo‘lmaydi, balki ehtimolli bog`lanish bo`ladi. Odatda ob’ekt xolati o`zgaruvchilari matematik kutilish, kirish o‘zgaruvchilari esa ehtimollikning taqsimoti kabi atamalar yordamida ifodalaniladi.
Uzluksiz model – ma’lum vaqt oralig‘ida ob’ekt o‘zgaruvchilarining uzluksiz o‘zgarishini ifodalaydi.
  .
Diskret model – ob’ekt o‘zgaruvchilarining diskret vaqtlardagi bog‘lanishini ifodalaydi.
bunda:   - ob’ektni modellashtirishning j-davr (bosqich, palla)ning boshlanish vaqti;   - j-davrning tugash vaqti, ya’ni ob’ ektning   vaqt momentidagi xolati,   vaqti momentidagi ma’lum bo‘lgan   qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Agar modelning o‘zgaruvchilari ko'rsatkichlarga bog'liq bo'lsa, model regression model deyilib, bunday modelni qurish jarayoni regression tahlil deyiladi. Modelning o‘zgaruvchilari ham, o'zi ham tasodifiy bo'lsa, bunday model korrelyatsion model deyilib, model qurish jarayoni korrelyatsion tahlil deyiladi.
Tizimlarni modelini qurish turlarini quyidagi strukturali ko`rinishda tasvirlash mumkin.

3 rasm. Tizimlarning modellash turlarining tasnifi.



  1. Boshqarish nazariyasiga asoslangan modellashtirish usullari.

Modelni olish usullari asosan quyidagilar:
1. Analitik usul
2. Tajriba usuli
3. Analitik – tajriba usuli
Boshqarish obyektining matematik modelining turlari.
Statik model
Dinamik model ob’ektning dinamik xususiyatlarini ifoda etadi va:
– differensial tenglamalar;
– ayirmali tenglamalar;
uzatish funksiyalari;
– chastotaviy funksiyalar va boshqa funksiyalar orqali beriladi.
O'zgaruvchilarning o'zaro ta’sirini tizimli tahlil qilish ob’yektni identifikatsiyalash ishidan oldin bajariladi. Bu narsa xususiyatli o'zgaruvchilar to'plamini topishga imkon beribgina qolmay, balki ularni chiquvchi miqdorlar va ta’sir etuvchi o`zgaruvchilarga ajratish imkonini ham beradi.
Identifikatsiyalashda chiquvchi miqdorlar berilgan bo'lib, hamma elementlarning tuzilmasini topish va ko'rsatkichlarni baholash talab etiladi. Identifikatsiyalash natijasida tekshirilayotgan ob’yektning qonuniyatlari ochiladi. Aniqligi kam bo'lgan ma’lumotlar bo'yicha identifikatsiyalashda ob’yektning ta’sir etish usuli aniqlanib, qisqa muddatli bashorat qilish masalasini yechish mumkin bo'ladi.
Inson sezgilari orqali faqat qisqa muddatli bashoratlar qilishi mumkin. Odamlarning ob-havoni hech qanday differentsial tenglamalarsiz bashorat qila olishlari shu bilan izohlanadi. Aniq bo'lmagan ma’lumotlar bo'yicha aniq miqdoriy bashorat qilish masalalari maxsus, o'zi boshqariladigan modellashtirish uslublari yordamida hal etiladi.
Matematik modellar qayta-qayta kuzatish natijalarini solishtirish yoki tajriba natijalarini ishlab chiqish bo'yicha qurilishi mumkin. Birinchi usul taqlidiy modellashtirish, ikkinchi usul tajriba yoki o'zi boshqariladigan modellashtirish usullari deb ataladi.
Taqlidiy modellashtirish uslubi avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan.
Axborotlar nazariyasiga asoslangan modellashtirishda ba’zi ehtimolli ta’sirlar ham hisobga olinadi. O'zi boshqariladigan modellashtirish uslubi axborotlar nazariyasiga asoslangan.
Matematik model qurishda avtomatik boshqarish nazariyasi va axborotlar nazariyasini bir vaqtda qo'llash qurilgan model aniqligini oshirish imkonini beradi. Umumlashgan uslub qo'llanilganda noaniq elementlar tajriba natijalari bo'yicha olinadi, aniq elementlar model muallifi tomonidan beriladi. Bunda model aniqligining oshishi qarama-qarshi farazlarning kamayishi hisobiga ro'y beradi.
Fizik jarayonlarning dinamik modellarini qurish bosqichlari quyidagilardan iborat:
ob’yektda kuzatish natijalarini hisobga olish. Bunda jadvalning maksimal
qadami ob’yektning shart-sharoiti bo'yicha aniqlanadi.
Model qurish uslubini tanlash.
Uzluksiz jarayonni diskret analog bilan almashtirish.
Model koeffitsiyentlarini baholash va moslashtirish.
Qurilgan model bahosining mezoni - amaliyotdir. Modellashtirish uslublari uning soddaligi, arzonligi, aniqligini oshirish imkoniyatlari bilan baholanadi.
Hozirgi davrda dinamik taqsimotlarni amalga oshirishda EHM, o'xshash hisoblash mashinalari (O'HM) va kompyuterlardan foydalanib, mashinada modellashtirish uslublari qo'llanilmoqda.
Kompyuterda modellashtirishda dinamik xususiyatlar displeyda, O'HM da esa ostsillografda hosil qilinadi. SHunday qilib, modellashtirish atamasi odam va hisoblash texnikasi orasidagi aloqa shaklini aks ettiradi.
Mashinada modellashtirish asosan avtomatik boshqarish tizimlarini tadqiqot qilishda keng tarqalgan. Bunday jarayonlar tuzilmaviy modellashtirish deyiladi.

Download 95.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling